“malakaviy amaliyot”


Korxonani ishlab chiqarish jarayoni va bo‘linmalari faoliyatida ishtirok etish



Yüklə 418,99 Kb.
səhifə5/10
tarix16.06.2023
ölçüsü418,99 Kb.
#131456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Amaliyot dasturi 2022 Turizm 4-kurs

Korxonani ishlab chiqarish jarayoni va bo‘linmalari faoliyatida ishtirok etish

Bu mavzu bo‘yicha talaba korxona faoliyatini va rivojlanish istiqbolini o‘rganadi. Korxonasining ishlab chiqarish jarayoni bilan umumiy tanishadi. Talaba korxona qaysi turdagi mahsulot ishlab chiqarishiga, korxonaning asosiy bo‘limlari va bu korxonada foydalanilayotgan asosiy asbob-uskuna, texnika-texnologiyalar kabi muhim masalalarga e’tibor qaratishi lozim.


Ushbu mavzuga oid quyidagi hujjatlar amaliyot hisobotiga ilova qilinadi:

  1. Korxona Nizomi;

  2. Korxonaning ishlab chiqarish dasturi;

  3. Ishlab chiqarish fondlari tarkibi;

  4. Korxona texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari:

  5. Moliyaviy hisobot shakllari;

  6. Audit tekshiruvi dalolatnomalari.



Korxonaning boshqaruv tizimi va boshqarish jarayoni haqida nazariy ko’nikmalarni mustahkamlash
Korxonaning boshqaruv tizimi va boshqarish jarayoni bilan tanishish. Bu mavzuni o‘rganishda talaba korxona bo‘limlarining tarkibiy tuzilishi, jumladan kadrlar bo‘limi, ishlab chiqarish bo‘limi va tsexlar, buxgalteriya bo‘limi, rejalashtirish va iqtisodiyot bo‘limlari, ta’minot va marketing bo‘limlari faoliyati, ish rejalari va bo‘lim vazifalari, funktsiyasi, huquq va majburiyatlarini yoritishi lozim.
Ushbu mavzuga oid quyidagi xujjatlar amaliyot hisobotiga kiritiladi:

  1. Korxonaning mansab yo‘riqnomalari;

  2. Korxonaning tarkibiy boshqaruv tuzilishi.



Korxonaning iqtisodiy va ishlab chiqarish rejalari, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarish samaradorligi haquda nazariy ko’nikmalarni mustahkamlash.
Talaba korxona bo‘limlari faoliyatining mazmuni bilan tanishishi, bo‘limlarning tuzilishi va ish tartibini hamda ichki tartib qoidalarni o‘rganib chiqishi lozim ayniqsa, ishlab chiqarish, sotish, rejalashtirish bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishishda ushbu bo‘limlarning huquqiy mavqeyi, faoliyat olib borish tartibi majburiyatlarniuning alohida xodimlari o‘rtasida taqsimlanishi va bo‘limlari ish rejasi bilan tanishlari muhimdir.
3.1. Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, ish haqi va mehnat rejasining tahlili. Korxonada yangi texnikadan foydalanishda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish va normallashni alohida xususiyatlari va mashinalarni ish unumi normasi.
3.2.Iqtisodiy bo‘lim faoliyati.
3.3.Mahsulot sifati nazoratini kompleks boshqarish marketing xizmati faoliyati. Xalqaro standartlar, korxona va davlat standarti.
3.4. Xarajat, foyda va samaradorlik. Korxonaning iqtisodiy rag‘batlantirish jamg‘armasi. Korxonadagi ishlab chiqarish, mahsulot turlari va sifati, mahsulotga harajatlar miqdori, hamda korxona hisobidagi foyda miqdori, korxona va mahsulot samaradorligini aniqlash va ularni tahlili. Korxona aylanma mablag‘larini rejalashtirish. Tashqi iqtisodiy faoliyati. Shartnoma asosida mahsulot sotish hisobiga qo‘shimcha foyda va undan foydalanish.
3.5. Korxona faoliyatining texnik-iqtisodiy tahlili.
Quyidagi tartibda bajariladi:
3.5.1. Mahsulot hajmi bo‘yicha vazifalarni bajarish tahlilini natural, shartli natural, qiymat ko‘rsatkichlari hamda sifati, turlari bo‘yicha tahlili.
3.5.2. Korxona uzluksiz ishlash faoliyati.
3.5.3. Xom-ashyodan foydalanishni natural va qiymat ko‘rsatkichlari.

  • Xomashyo sifati, mahsulot sifati va tannarxiga ta’siri va uning samaradorligi.

  • Chiqindilardan to‘liq foydalanish tajribasi.

  • Xomashyodan foydalanishni yaxshilash borasida tadbirlar va ularning bajarilish taxlili.

3.5.4. Mashina, asbob-uskuna va jihozlardan foydalanish tahlili. Korxona quvvati va undan foydalanish. Mashina va dastgohlardan foydalanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularning tahlili. Korxona quvvati va mashinalardan foydalanishda ta’sir etuvchi omillar va ularning tahlil. Korxonaning ishchilar bilan ta’minlanganligi, ularni tizimi, malakasi (ishlagan yili, xizmat ko‘rsatish normasi, tarmoq hisobidagi qabul qilingan normasi).
3.5.5. Ish haqi va mehnat rejasi bajarish omillarini tahlili.

  • Korxonada ishlovchilar tarkibi tahlili;

  • Mehnat unumdorligining natural, qiymat ko‘rsatkichlari; texnologiya darajasi, uzilishlar soni, xizmat ko‘rsatish me’yori, ishchilar malakasi va boshqa omillar;

  • Mehnatni tashkil etish, mehnatga haq to‘lashni yangi usullari va ularni mehnat unumdorligini o‘sishiga ta’siri;

  • Ish haqini tashkil etish: qancha va nima hisobiga tejalgan yoki ko‘p sarflangan, ularni mahsulot tannarxiga ta’siri;

3.5.6. Mahsulot tannarxi va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq harajatlar. Mahsulot turlari bo‘yicha tannarxi va uni tahlili.
3.5.7. Korxona faoliyati natijalari va samaradorligi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar bo‘yicha xarajatlar tahlili, mahsulot sifati. Korxona samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar va ularning tahlili.
3.5.8. Korxonaning iqtisodiy ahvoli.
3.5.9. Yangi texnika va texnologiyani joriy etish samaradorligi.
Talaba ushbu bo‘lim bo‘yicha hisobotga quyidagilarnii lova qiladi.
a) yuqoridagi barcha punktlar bo‘yicha tahliliy materiallar;
b) har bir bo‘limning funktsional vazifalari;
c) har bir bo‘lim ish rejasi va uning bajarilishi tahlili;



Yüklə 418,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin