“malakaviy amaliyot”



Yüklə 418,99 Kb.
səhifə2/10
tarix16.06.2023
ölçüsü418,99 Kb.
#131456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Amaliyot dasturi 2022 Turizm 4-kurs

II. UMUMIY QOIDALAR


2.1. Malakaviy amaliyot maqsadi va vazifalari


Bakalavr malakaviy amaliyoti mutaxassislarni tayyorlashda Davlat ta’lim standartiga, xususan o‘quv rejaga muvofiq tarzda tashkil etiladi va u ta’lim jarayonining bevosita ishlab chiqarish sharoitida amalga oshiriladigan tarkibiy qismi hamda davomi hisoblanadi.
Malakaviy amaliyotning asosiy maqsadi–talabalarni bevosita ta’lim standarti talablariga muvofiq mustaqil ishlashga tayyorlash, o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash, jamoada korxonachilik va tarbiyaviy ishlar olib borish bo‘yicha tajriba hosil qilish, korxonaning tashkiliy bo‘linmalari tuzilishini va funktsional masalalarini o‘rganish, yo‘nalishlarni shakllantirish va tadbiq etishning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini egallash hamda kelgusida kursi bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun zarur bo‘lgan materiallarni to‘plash hisoblanadi.
Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha) yo‘nalishi bo‘yicha 4-bosqich talabalarining malakaviy amaliyotini tashkil etishda ularning mehmonxona va mehmonxonalar faoliyatini boshqarish tizimi, marketing faoliyatini tashkil etish, boshqaruvda axborotlar tizimi, turizm resurslari, turizm marshrutlari, turizm maxsulotlarini ishlab chiqarish, sayyoxlik ob’yektlarini aniqlash, turizm maskanlariga turistlarni jalb qilish, turizmning narxsiyosati bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirishga ham alohida e’tibor qaratish zarur.
Malakaviy amaliyotdan kutiladigan natija hamda uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Talabada mutaxassislik bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.

  2. Xo‘jalik yurituvchi subyektda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘lamini va tizimini o‘rgatish.

  3. Amaliyot obyekti va boshqa subyektlar o‘rtasidagi hujjatlar aylanishini o‘rgatish.

  4. Amaliyot obyektida mavjud tartib-qoidalar va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rgatish.

  5. Amaliyot obyektida qaror qabul qilish va mustaqil ishlashga o‘rgatish.

  6. Amaliyot obyekti va umumiy tarmoq darajasida iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish.

  7. Ijtimoiy-siyosiy, korxonachilik va tarbiyaviy ishlar olib borish sohasida kerakli bilimlarni egallash.

Malakaviy amaliyotning bosh maqsadi talabalarga bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida ishlab chiqarish korxonasining tarkibi, vazifasi, amaliyotdagi me’yoriy hujjatlar, yo‘riqnomalar va boshqa qonuniy hujjatlarni hamda korxonalarning moliyaviy holatini o‘rganishdan iborat.
Malakaviy amaliyotining asosiy vazifasi – Namangan viloyatidagi mehmonxonalar salohiyatini o‘rganish, yangi mehmonxonalar trendlar sonini oshib borishini o‘rganish, mehmonxonalarning imkoniyatlarini o‘rganish. Namangan viloyatining har bir tumanlar kesimida salohiyatini o‘rganish, yalpi ichki mahsulotdagi ulushini tahlili, viloyatning xizmatlar sohasida salohiyatini yuksaltirish imkoniyatlari, mehmonxona xizmatlari sifati va sonini oshirish masalasi o‘rganishdan hamda shu ma’lumotlar asosida hisobot yozish uchun materiallar to‘plashdan iborat.



Yüklə 418,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin