6
2.1. Malakaviy amaliyot maqsadi va vazifalari
Bakalavriat yo„nalishlari bo„yicha mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo„lgan
talabalar amaliyoti - ilg„or xo„jalik subektlari,
aksionerlik jamiyatlari, qo„shma korxonalar,
qishloq xo„jaligi korxonalari, muassasalar va tashkilotlarda o„tkaziladi.
Amaliyotning maqsadi bо„lib amaliyot о„tiladigan korxona (tashkilot)ning
ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish holati va boshqaruv tizimini tahlil qilish orqali malakaviy amaliyot
hisobotini yoritish uchun zarur amaliy ma‟lumotlarni yig„ish hisoblanadi.
Ushbu maqsadga
erishish uchun quyidagi vazifalar bajariladi:
korxonaning tashkil topish va rivojlanish tarixi о„rganiladi, unga ijtimoiy-
iqtisodiy tavsif beriladi;
korxonada boshqaruvning tashkiliy strukturasi о„rganladi;
korxonaning bо„linmalari va ularga bajariladigan funksiyalar о„rganiladi
(marketing, moliya, buxgalteriya, kadrlar, ishlab chiqarish bо„limlari va boshqalar);
korxona faoliyatining samaradorligini baholaydigan
ijtimoiy-iqtisodiy va
moliyaviy kо„rsatkichlar tahlil qilinadi (foyda, mahsulot tannarxi, baho,
rentabellik, mehnat
unumdorligi, debitorlik va kreditorlik qarzlari, mehnatga haq tо„lash va boshqalar);
korxonada xodimlar faoliyatini tashkil etish о„rganiladi (ma‟muriy
boshqaruv
xodimlari, asosiy va yordamchi ishlab chiqarish xodimlari, injener-texnik xodimlar);
korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish о„rganiladi
(texnologik jarayon, ishlab chiqarish operatsiyalari va boshqalar);
korxonada mahsulotni sotish va marketing xizmatini tashkil etish о„rganiladi;
korxona faoliyatini tashkil etish va boshqarishda yangiliklardan oydalanish
о„rganiladi (ishlab chiqarishni tashkil
etishning yangi usullari, yangi texnologiyalar va
boshqalar);
korxona faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarishga tо„sqinlik
qilinadigan
sabablar kо„rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: