O‘qituvchilarning darslarini tahlil qilish — samaradorlikka xizmat qiladi. O‘qituvchilarni o‘z ustida mustaqil ishlashlari, ijodiy izlanishlari orqali
ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beradigan omillardan biri - muntazam
ravishda o‘qituvchilarning darslarini tahlil qilishdir.
O‘qituvchi darsini
kuzatish va tahlil qilish, ularning pedagogik mahorati,
ish tizimi, o‘quvchilarining o‘zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy
layoqati yuzasidan xulosa chiqarish hamda o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba
almashish imkonini beradi.
Dars tahlili kuzatish va o‘rganish shaklida olib boriladi.
Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish
tuman (shahar) bo‘limi mudirlari, o‘rinbosarlari, metodistlari tomonidan
haftasiga kamida 2 soat , ta’lim muassasalari direktorlari, ularning o‘rinbosarlari
tomonidan
4 soat , fan metodbirlashma rahbari tomonidan
2 soat , o‘qituvchilar
tomonidan
1 soat o‘qituvchilar darslari kuzatilishi va tahlil qilinishi belgilangan.
Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o‘quvchilarning umumiy
tayyorgarligi, bilim olishdagi faolliklari, fanga bo‘lgan qiziqishlari, o‘quv
materiallari va jihozlar bilan mustaqil ishlay bilishlari, o‘qituvchiga bo‘lgan
munosabatlari aniqlanib, tahlilga tortiladi. Bunda asosiy mezonlar sifatida
o‘qituvchi tomonidan dars maqsadining to‘g‘ri qo‘yilganligi, o‘quv dasturi
asosida dars jarayonini to‘
g‘
ri rejalashtirishi, materiallarini bilish darajasi, yangi
mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy
g‘
oyani ajratib olishi, ilmiylik,
ko‘rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim
va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni nazorat etishi, dars mobaynida vaqtdan unumli
foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi
jihatlar inobatga olinadi.