darsga kundalik tayyorgarligi eng asosiy vazifalardandir.
Darsga tayyorgarlik ko‘rish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim:
1-bosqich: Taqvim-mavzu rejadagi yangi mavzu va unga ajratilgan vaqt
(soat) aniqlashtirib olinadi.
2-bosqich: DTS va o‘quv dasturidan o‘tilayotgan mavzu yuzasidan
o‘quvchida qanday tushunchalar (bilim, ko‘nikma va malakalar) shakllantirilishi
lozimligi aniqlashtirilib, shu asosida dars maqsadlari belgilab olinadi.
3-bosqich: Mavzu asosida darsda foydalaniladigan texnik vositalar,
elektron
manbalar, slaydlar, ko‘rgazmali va didaktik materiallar, adabiyotlar o‘rganib
chiqiladi hamda dars ishlanmasi (konspekti) yoziladi.
Dars ishlanmasi (konspekt)ning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: Sana, sinf (parallel sinflar uchun bitta mavzu bo‘yicha alohida-alohida dars
ishlanmasi(konspekt)ni yozish shart emas, bitta mavzuga bitta dars ishlanmasi
yozilsa kifoya. 5-«A», «B» sinflar deb ko‘rsatiladi),
fan nomi yoziladi.
Darsning mavzusi (taqvim-mavzu reja asosida).
Dars maqsadi (darsga qo‘yilgan maqsad
45
daqiqa davomida
bajariladigan
(erishiladigan), aniq, hayotiy (real) va dars yakunida baholanadigan (o‘lchamli)
bo‘lishi maqsadga muvofiq):
SHuningdek, dars maqsadida rivojlanishi kekrak bo‘lgan
tayanch va
fanga oid kompetensiyalar ko‘rsatilishi lozim.
Bunda tayanch
kompetensiyalar
quyidagicha ifodalanishi mumkin.
I. TK-tayanch kompetensiya 1.
TK1-kommunikativ kompetensiya
2.
TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi
3.
TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
4.
TK4- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
5.
TK5- Milliy va umummadaniy kompetensiya
6.
TK6- Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor
bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi