Bitta javobli test: bu testning qiyinligi javob variantlarining ko‘pligiga
bog‘liq.
2.
Ko‘p javobli test: bu test turi yordamida bir necha ma’lumotlar
yuzasidan o‘quvchi fikrini aniqlash mumkin.
3.
“To‘g‘ri-noto‘g‘ri” ko‘rinishdagi test :
bunda anketa savoli
ko‘rinishiga
mos test turi, javob varianti faqat ikkita bo‘ladi;
4.
YOpiq test :
bunda javob varianti o‘quvchi tomonidan kiritiladi;
5.
O‘zaro moslik o‘rnatish :
bunda bir necha savollar o‘zaro javoblari
bilan
birlashtiriladi;
6.
Javoblarni tartiblash: savolning ushbu turida javob
variantlari o‘zaro
tartiblanadi;
7.
Sonni kiriting: savolning javobi sifatida o‘quvchi sonni
kiritishi kerak;
8.
Bo‘sh joylarni to‘ldiring: matndagi bitta yoki bir necha bo‘sh
joylarni
kerakli so‘z bilan to‘ldirish talab etiladi;
9.
Javoblari keltirilgan savol: savolning bo‘sh qismlarida
javoblar
variantlari keltirilgan bo‘ladi, ushbu javob variantlardan to‘g‘risini belgilash
mumkin.
10.
So‘zlar banki :
Matnning bo‘sh joylariga berilgan so‘zlardan
keraklilarini
tanlab joylashtiriladi. Savolni qiyinlashtirish uchun so‘zlar sonini bo‘sh joylar
sonidan ko‘paytirish mumkin.
11.
Faol hududni aniqlovchi savol :
Savolda rasmdagi qaysidir
maydonni
belgilash vazifasi joylashtirilgan bo‘lib, ushbu rasmdagi hudud o‘quvchi
tomonidan javob berish jarayonida tanlanadi.
1.
Bitta javobli test: bu test turida javob variantlarini
keraklicha “Dobavitь” tugmasi yordamida ko‘paytirish mumkin. Savolga tasvir,
ovozli fayl va video fayl qo‘shish, javob variantlariga tasvirli fayllarni ilova qilish
mumkin. “Udalitь” tugmasi yordamida javob variantlarini o‘chirish mumkin