Informatika fanidan ta’lim mazmunining minimal hajmi. Informatika o‘quv fani bo‘yicha majburiy o‘rta ta’limning barcha bosqich
bitiruvchilariga qo‘yiladigan majburiy talablar quyidagilardir:
Bilishi kerak bo‘lgan tushunchalar: Axborot,
ma’lumot va bilim
haqida.
Axborotli jarayonlar. Axborotning sifat ko‘rsatkichlari. Axborot miqdorining
o‘lchov birliklari: bit, bayt, kilobayt, megabayt, gigabayt, terabayt, petabayt.
Axborotni tasvirlash, saqlash, qayta ishlash va uzatish. Axborot texnologiyalari
haqida. Axborot texnologiyalari turlari. Axborot texnologiyalarining ichki va
tashqi
omillari.
Axborot
uzatish
usullari
va
vositalari.
Axborot
texnologiyalarining axborotlashgan jamiyatdagi o‘rni. Axborot tizimlari haqida.
Axborotlashgan jamiyat. Axborot madaniyati. Jamiyatni axborotlashtirishning
xuqukiy asoslari. Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizlari.
Jamiyatning axborot resurslari, ta’limiy axborot resurslar. Internet, axborot
xavfsizligi, axborotlardan foydalanishda xuquq va ahloqiy normalar. Kasbiy
faoliyatda axborotning roli va ahamiyati (turli kasbiy sohalar misolida).
Mulьtimedia texnologiyalari. Office dasturlar paketi va uning tarkibi. Hujjat
tayyorlash. Matn muharrirlari. Taqdimot va uni yaratish. Ma’lumotlar ombori.
Elektron jadval muharrirlari. Grafik ob’ektlar va ularni kompyuterda tasvirlash
usullari. Sistemali dasturlar, amaliy dasturlar. Kompyuterda masalalar echish
texnologiyalari. Algoritmlash asoslari. Dasturlash asoslari. Veb-dizayn.
Tushuntirishi kerak bo‘lgan axborotli jarayonlar. Axborotni
yig‘ish,
qayta ishlash, saqlash va uzatish. Axborot tasvirlash. Axborotni kodlash.
Axborotli model. Axborotni qayta ishlash vositalari. Axborot texnologiyalari
Ta’limiy axborot resurslar. Internet. Mulьtimedia texnologiyalari. Hujjat
yaratish. Elektron pochta.