Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

Axborotlashgan jamiyat 

 
jamiyatning ko‘pchilik a’zolari axborot,
 
ayniqsa 
uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va 
amalga oshirish bilan band bo‘lgan jamiyatdir.
Axborotlashgan jamiyatga o‘tishda kompyuter va telekommunikatsiya 
axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga 
keladi.
Axborotlarni qayta ishlash, saqlash va uzatish insoniyat rivojlanishining har 
bir bosqichida turli ko‘rinishlarda rivojlanib borib, turli ko‘rinishlarga ega 
bo‘lgan. Inson tajribasi va bilimini orttirishda, axborot almashinishda til va nutq 
vositachi vazifasini bajargan. Ularning og‘zaki xikoyalarida yig‘ilishi xotirada 
saqlanishi va avloddan avlodga o‘tib borishi, insoning tabiy imkoniyatlari 
tufaylidir. Rivojlanishning taraqqiyot bosqichlari rivojlangan sari, insonlarning 
axborot to‘plashi, qayta ishlashi va ularni uzatishi o‘zgarib borgan.
Axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va ularni uzatish bosqichma-
bosqich amalga oshirilgan.
I – bosqich. YOzuvning paydo bo‘lishi, saqlanishi va avloddan avlodga 
o‘tishidir. YOzuv paydo bo‘lishi bilan inson birinchi marta qayta ishlash 
texnologiyasidan quvvat oldi.
II- bosqich. (XVI) asr o‘rtalarida kitob bosib chiqarilishining yaratilishi bilan 
bog‘lik, ya’ni madaniyatning rivojlanishiga olib keldi. Kitob nashr etish fanning 
rivojlanishi bilan birga soha bilimlarining jadal rivolanishiga olib keldi. Mehnat 
jarayonida, stanoklarda, mashinalarda ishlash orqali orttirilgan bilimlarni yangi 
fikrlash manbai va ilmiy yo‘nalishlarga tadbiq etildi.
III- bosqich. (XIX) asr oxirlari. Elektr energiyasi paydo bo‘lishi bilan birga 
telefon, telegraf, radio orqali ko‘p miqdordagi axborotlarni uzatish va qabul qilish 
imkoniyati yaratildi.
IV - bosqich. Axborot revolyusiyasining bo‘lishi bilan xarakterlandi. Bu 
bosqichning boshlanishi XX asrning 40-yillariga, ya’ni universal EXM larning 
yaratilishi davriga to‘g‘ri keldi. 70-yillarda axborot texnologiyasining yadrosi 
bo‘lgan mikrotexnologiya va shaxsiy kompyuterlar yaratildi. Hisoblash 
texnikasining rivojlanishi evolyusiyasida mikroprotsessor yo‘nalishi paydo 
bo‘ldi.
V – bosqich. (XX) asr oxiri. Boshqarish tizimlarini osonlashtirish maqsadida 
axborot texnologiyalari qayta ishlandi. Axborotlarni mazmunli qayta ishlash 


negizida shunday algoritm va modellar borki, ular bizga boshqaruv tizimini 
o‘rganish imkoniyatini beradi.
Kompyuterlarning paydo bo‘lishi – bu insoniyatning ulkan yutug‘i 
hisoblanadi, Axborotlarni xotirasida yig‘ib ularni tez qayta ishlash imkoniyatiga 
ega, lekin axborotlarni qayta ishlashdan maqsad nima ekanligini bilmaydi.
ХХ
asr oxirida har xil modellar ishlab chiqildi (matematik, mantiqiy va b.) 
va texnik boshqarish algoritmlari (avtomatlashtirilgan va avtomatik ishlab 
chiqarish) va ijtimoiy tizimlar. Har qanday ishlab chiqarish asosida boshqarishsiz 
amalga oshmaydigan maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar yotadi. XX asr oxiriga 
kelib, mantiqiy axborot ishlab chiqarishlar ko‘payib qoldi. Boshqaruvchining 
aqliy imkoniyatlari boshqarishning effektini oshishiga olib keldi.
Beshinchi bosqichning asosiy mazmuni shuni bildiradiki, ya’ni nafaqat 
boshqarish faoliyatidagi effektning keskin ko‘tarilishi, balki undagi ishchi 
kuchlarining ortishi ham inobatga olindi. SHunday qilib texnologiyaning yangi 
turi – axborot texnologiyalari ma’lumotning va mahsulotning qaerdan kelishi bu 
axborot hisoblanadi.
Model so‘zi lotincha “modulus” so‘zidan olinib, o‘lchov, me’yor degan 
ma’nolarni bildiradi. Modelь deganda biror ob’ekt yoki ob’ektlar tizimining 
obrazi yoki namunasi tushuniladi. Masalan, Erning modeli deb globusni, osmon 
va undagi yulduzlar modeli deb planetariy ekranni, har bir odamning modeli 
sifatida esa pasportidagi suratini olish mumkin.
Model tuzish jarayoni modellashtirish deb ataladi. Modellashtirish deganda 
biror ob’ektni ularning modellari yordamida tadqiq qilish mavjud predmet va 
hodisalarning modellarini yasash va o‘rganish tushuniladi.
Modellashtirish uslubidan hozirgi zamon fanlari keng foydalanmoqda. U 
ilmiy-tadqiqot jarayonini engillashtiradi, ba’zi hollarda esa murakkab ob’ektlarni 
o‘rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum ob’ekt, olisda joylashgan 
ob’ektlar, juda kichik hajmdagi ob’ektlarni o‘rganishda modellashtirishning 
ahamiyati beqiyosdir. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya, 
iqtisodiyot fanlarida ob’ektning faqat ma’lum xususiyat va munosabatlarini 
aniqlashda ham foydalaniladi.
Modellarni tanlash vositalariga qarab ularni uch guruhga ajratish mumkin: 
abstrakt, fizik va biologik.
Narsa yoki ob’ektni xayoliy tasavvur qilish orqali formula va chizmalar 
yordamida o‘rganishda qo‘llaniladigan modelь abstrakt modelь hisoblanadi. 
Abstrakt modelni matematik modelь deb atasa ham bo‘ladi. SHuning uchun 
abstrakt modelni matematik va matematik-mantiqiy modellarga ajratiladi.
Fizik modellar o‘rganilayotgan ob’ektni kichiklashtirib yasash yordamida 
tadqiqot o‘tkazishda qo‘llaniladigan modelь hisoblanadi. Fizik modellarga 
ob’ektlarning kichiklashtirilgan maketlari, turli asbob va qurilmalar, trenajyorlar 


va boshqalar misol bo‘ladi. Fizik modellardan samolyot, kema, avtomobilь, 
poezd, GES va boshqa ob’ektlarni o‘rganish yoki ularni yaratishda qo‘llaniladi.
Biologik model turli tirik ob’ektlar va ularning qismlari – molekula, hujayra, 
organizm va boshqalarga xos biologik tuzilish, funksiya va jarayonlarni 
modellashtirishda qo‘llaniladi. Biologik model odam va hayvonlarda uchraydigan 
ma’lum bir holat yoki kasallikni laboratoriyada hayvonlarda sinab ko‘rish 
imkonini beradi.
Matematik model deb, o‘rganilayotgan ob’ektni matematik formula yoki 
algoritm ko‘rinishida ifodalangan xarakteristikalari orasidagi funksional 
bog‘lanishga aytiladi.
Kompyuterlar yaratilgandan boshlab matematik modellashtirish jarayoni 
alohida ahamiyatga ega bo‘lib kelmoqda. Matematik modellashtirishdan 
murakkab texnik, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarni yaratish hamda ularni 
kompyuterlar yordamida qayta ishlashda keng miqyosda foydalanib kelinmoqda. 
Buning natijasida ob’ekt, ya’ni haqiqiy tizim ustida emas, balki uni 
almashtiruvchi maematik model ustida tajriba o‘tkazila boshladi.
Kosmik kemalarning harakat traektoriyasi, murakkab muhandislik 
inshootlarini yaratish, transport magistrallarini loyihalash, iqtisodni rivojlantirish 
va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan ulkan hisoblashlarning kompyuterda bajarilishi 
matematik modellashtirish uslubining samaradorligini tasdiqlaydi.
Matematik model tuzish to‘rt bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich – modelning asosiy ob’ektlarini bog‘lovchi qonunlarni 
ifodalash.
Ikkinchi bosqich – modeldagi matematik masalalarni tekshirish. Uchinchi 
bosqich – modeldan olingan nazariy natijalarni amaldagi kuzatish 
natijalariga mos kelishini aniqlash.
To‘rtinchi bosqich – o‘rganiladigan ob’ekt haqidagi ma’lumotlarni jamlash, 
tahlil qilish va rivojlantirish.

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin