o‘quvchilarda axborotga ishlov berish, uzatish va undan
foydalanish jarayonlari haqidagi bilimlar asoslarini mustaxkam va ongli
o‘zlashtirib olishlarini ta’minlash;
o‘quvchilarga dunyoning zamonaviy-ilmiy ko‘rinishini shakllantirishda
axborot jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida axborot va
kommunikatsion texnologiyalarning rolini ochib berish;
hayotida kompyuterlardan ongli va ratsional foydalanish ko‘nikmalarini
shakllantirish;
Informatika va axborot texnologiyalari predmetining pedagogik funksiyalari
insonning umumiy ta’lim olishidagi asosiy vazifalarini hal etishdagi qo‘shadigan
o‘ziga hos qissasi bilan aniqlanadi.
1. O‘quvchilar tomonidan informatika va axborot texnologiyalari asoslarini
egallash va ularni tafakkurini rivojlantirish. Bu vazifa informatika va axborot
texnologiyalari o‘qituvchisi oldida turgan birinchi vazifadir.
2.
Ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish. Bu muhim vazifani hal
etishda butun pedagogik jamoa barcha o‘quv predmetlarini o‘qitish jarayonida
ishtirok etadi.
3.
Milliy mafkura ruhida tarbiyalash.
4.
O‘quvchilarni amaliy faoliyatga, mehnatga, ta’lim olishni davom
ettirishga tayyorlash.
Yuqoridagi masalalardan hech biri boshqalaridan ajratilgan holda, alohida
hal etilmasligi lozim. Ular bir butunlikda bir-biri bilan chambarchas bog‘liq holda
amalga oshirilishi lozim. O‘quvchilar tomonidan informatika asoslarini
mustahkam egallashlari asosidagina ularning tafakkurini tarbiyalash va ilmiy
dunyoqarash asoslarini yaratish mumkin. Ikkinchi tomondan, mantiqiy fikrlashga
o‘rgatish bilangina, o‘quvchilarning informatika va axborot texnologiyalarini fan
sifatida uning o‘ziga xos tomonlarini chuqur tushunishlariga erishish mumkin.
Bundan tashqari informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish jarayonida
amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini to‘g‘ri hal etishga erishish uchun kursining
ilmiyligini oshirish lozim. Faqatgina to‘g‘ri va chuqur xulosalar qila olsagina,
o‘quvchilar har bir masalani echishga tanqidiy va ijodiy yondasha oladilar, yangi
muammolar oldida o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymaydilar va turli shart-sharoitlarda
unumli faoliyat ko‘rsata oladilar. SHuningdek, amaliy ish o‘quvchilarning
dunyoqarashini oshirishi va uni yangi faktlar bilan boyitishi bilan bir qatorda,
informatika va axborot texnologiyalaridan bilim darajalarini oshiradi, chuqur,
to‘liq va mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: