Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

 
o‘qitishning metodik tizimi
o‘qituvchi
o‘quvchi


Informatika va axborot texnologiyalarida nimani va qanday o‘qitish kerak degan 
savolga javob olish uchun, avvalo ushbu fan rivojining hozirgi bosqichda o‘qitish 
vazifalarini aniq belgilab olish lozim. Ushbu vazifalar barcha umumilmiy fanlar 
uchun umumiydir. SHuning bilan birga uzluksiz ta’lim tizimida informatika va 
axborot texnologiyalarini o‘qitish konsepsiyasi va davlat ta’lim standartlariga asosan 
bu vazifalarni Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishdagi o‘ziga xos 
tomonlarini tahlil etish lozim. O‘qitish mazmunini aniqlashda Informatika va 
axborot texnologiyalarining fan va ikkinchi tomondan o‘quv predmeti ekanligi 
haqidagi tasavvurlardan kelib chiqish kerak.
Informatika va axborot texnologiyalari fani va o‘quv predmeti bir-biridan 
avvalambor mazmunining hajmi va chuqurligi bilan farq qiladi. Informatika va 
axborot texnologiyalari o‘quv predmeti o‘quvchilarda informatika haqida bir butun, 
yaxlit bilimlar tizimini hosil qiladigan va kelajak amaliy faoliyatlarida zarur 
bo‘ladigan ma’lumotlarnigina oladi. Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv 
predmeti sifatida o‘quv dasturlari va darsliklarda o‘z aksini topadi. Informatika va 
axborot texnologiyalarini o‘qitish uslubiyotining hususiyatlaridan biri o‘quvchilarni 
fanning mazmunini va unga xos ilmiy izlanish usullarini egallash, amaliy bilimlar va 
ish ko‘nikmalarini olishning usul va yo‘llarini belgilash lozim. Bularga o‘quv 
materialini o‘rganish usullari hamda zamonaviy pedagogik va psixologik tadqiqotlar 
asosida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish shakllari kiradi. Informatika va axborot 
texnologiyalaridan mashg‘ulotlarni samarali o‘tkazish uchun tegishli material baza, 
ya’ni maxsus jihozlangan informatika xonasi bo‘lishi lozim. Xavfsizlik 
texnologiyalar konfiguratsiyasining samaradorligi zamonaviy talablarni hisobga 
olgan holda ushbu masalalarni birlashtirish informatika va axborot texnologiyalarini 
o‘qitish uslubiyotining yana bir masalasini tashkil etadi. 

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin