Xo‘sh, ta’lim beruvchi “Raqamli immigrant” ga “raqamli aborogen”
nimalarni o‘rgata oladi?
Turli xil avlod odamlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlashni,
moslashuvchanlikni;
O‘z hayotlarini qiymatli bo‘lishini ta’minlashni;
Tezkor qaror qabul qilishni orgatadilar.
“Raqamli immigrantlar” ta’lim berish jarayonida qanday tarbiyaviy
xislatlarni raqamli aborogenlarga o‘rgata oladi?
Maqsadga tezkor usulda erishishni;
Katta hajmdagi narsalarni yaratishda diqqatni jamlash va maqsadga to‘g‘ri
yo‘naltirish;
Mavjud institutlarni qaytadan maqsadlarini ko‘rib chiqish va ularni natijaga
to‘g‘ri yo‘naltirishni o‘rgatadilar.
Bu ikki avlod nafaqat qiziqishlari, dunyoqarashi, balki xarakterlari bo‘yicha
ham o‘zaro farq qiladilar.
Raqamli immigrantlarga xos bo‘lgan xususiyatlar: passiv, har bir harakati
maqsadga yo‘naltirilgan, uzoq o‘ylaydigan, diqqatli, yakka tartibda ishlash va
qaror qabul qilishni xush ko‘radi.
Raqamli aborogenlarga xos bo‘lgan xususiyatlar: faollikni yoqtiradi,
quvnoq, tarqoq fikrli, tez fikrini almashtiradi, qarorlarni tezkor qabul qiluvchi,
ko‘p vazifalilikni hush ko‘radilar.
Demak, informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda yangi davr
boshlandi. Bunda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari bilan birga ularning raqamli
dunyo aholisi ekanligini ham hisobga olish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: