Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

1.
 
Informatika va axborot texnologiyalarining rivojlanish tarixi va 
taraqqiyot bosqichlari.


Asrlar davomida insonning faoliyati tabiatdagi o‘simliklar, hayvonlar, 
quyosh energiyasi kabi tayyor mahsulotlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lib 
kelgan. Lekin vaqt o‘tishi bilan inson faqat tayyor maxsulotlarni olishni 
o‘rganibgina qolmasdan, tabiatga ta’sir qilishni ham o‘rganib oldi.
Insonlar erga ishlov bera boshladilar, turli hayvonlarni qo‘lga o‘rgatib, 
ko‘paytira boshladilar, zavod va fabrikalar, gidroelektrostansiyalar, temir yo‘llar 
va kosmik trassalar qura boshladilar.
Buning natijasida bir paytlar o‘rmonlar va dengizlar bilan qoplangan ona 
zaminimiz bo‘lgan erda yangilanishlar paydo bo‘ldi. Uning nomini akademik 
V.I.Vernadskiy 
noosfera
deb atadi.
Noosferani yaratish bilan birgalikda inson materiya turlari va xossalaridan 
foydalandi. Lekin bu jarayonning turli bosqichlarida materiyaning har bir 
kategoriyasi bir hilda o‘zlashtirilmadi. Boshlang‘ich paytda 
moddani
o‘zlashtirishga e’tibor ko‘proq qaratilgan bo‘lsa, keyinchalik 
energiyani
o‘zlashtirishga va nihoyat, 
axborotni
o‘zlashtirishga imtiyoz berildi.
Fanda, ya’ni tabiatni o‘rganish, u to‘g‘risidagi bilimlarni to‘plash va 
o‘rganishda shunday davrlar borligi ma’lumki, ular materiyaning ma’lum bir 
turini rivojlanishi bilan bog‘liqdir. SHu sababli noosferaning uchta tashkil 
etuvchilarini ajratib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Bular:

texnosfera,



ergosfera,



infosfera.

Texnosferaning paydo bo‘lishi moddani o‘rganish bilan, ergosferani paydo 
bo‘lishi energiyani o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lsa, infosferaning paydo bo‘lishi 
esa axborotni o‘rganish bilan bog‘liqdir.
Texnosfera va ergosferani o‘rganish ximiya, fizika, matematika va boshqa 
fanlar orqali amalga oshiriladi.
Insoniyatning tabiatni o‘zlashtirishdagi tajriba va bilimlarini to‘plashi 
axborotni o‘zlashtirish bilan birgalikda kechadi. Aynan mana shu jarayon 
infosferaning paydo bo‘lishiga olib keldi. Demak infosferaning paydo bo‘lishi 
axborotni o‘rganish bilan bog‘liq ekan.
Axborot lotincha “informatio” so‘zidan olingan bo‘lib, tushuntirish, biror 
narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki xodisa haqida ma’lumot ma’nosini 
anglatadi.
Inson yashaydigan dunyo turli moddiy va nomoddiy ob’ektlar, shuningdek 
ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va o‘zaro ta’sirlardan, ya’ni jarayonlardan tashkil 
topgan. Sezish a’zolari, turli asboblar va xokazolar yordamida qayd etiladigan 
tashqi dunyo dalillari 
ma’lumotlar
deb ataladi. Ma’lumotlar aniq vazifalarni hal 
etishda zarur va foydali deb topilsa- 
axborotga
aylanadi. Demak ma’lumotlarga u 
yoki bu sabablarga ko‘ra foydalanilmayotgan yoki texnik vositalarda qayta 
ishlanilayotgan, saqlanayotgan, uzatilayotgan belgilar yoki yozib olingan 


kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma’lumotlardan biror narsa 
to‘g‘risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug‘ilsa, 
ma’lumotlar axborotga aylanadi.
Demak amaliyotda foydali deb topilgan, ya’ni foydalanuvchining bilimlarini 
oshirgan ma’lumotlarnigina axborot deb atasa bo‘ladi.
Masalan, qog‘ozga telefon raqamlarini ma’lum tartibda yozib, birovga 
ko‘rsatsangiz, u buni biror axborot bermaydigan ma’lumot sifatida qabul qiladi. 
Biroq ana shu har bir telefon raqami qarshisiga muayyan korxona yoki tashkilot 
nomi, uning faoliyat turi yozib qo‘yilsa, avvalgi ma’lumot axborotga aylanadi.
Ma’lum vazifalarni hal etish natijasida yangi ma’lumotlar-bilimlar, ya’ni 
tizimlashtirilgan haqqoniy yoki sinovdan o‘tgan xabarlar paydo bo‘ladi. Ular 
qonunlar, nazariyalar hamda tassavur va qarashlarning boshqa jamligi sifatida 
umumlashgan bo‘lgan. Keyinchalik bu bilimlar o‘zga vazifalarni hal etish yoki 
oldingisini aniqlashtirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar tarkibiga kiradi.
Inson o‘z hayotida tug‘ilgan kunidan (ta’bir joiz bo‘lsa, xatto ona qornida 
dastlabki paydo bo‘lgan kunidan) boshlab doimo ma’lumotlar bilan ish ko‘radi. 
Ularni o‘zining sezgi a’zolari orqali qabul qiladi.
Kundalik turmushimizda biz axborot deganda atrof muhitdan, (tabiatdan 
yoki jamiyatdan) sezgi a’zolarimiz orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday 
ma’lumotni tushunamiz. Tabiatni kuzata turib, insonlar bilan muloqotda bo‘lib, 
kitob va gazetalar o‘qib, televizion ko‘rsatuvlar ko‘rib biz axborot olamiz. 
Matematik-olim axborotni yanada kengroq tushunadi. U axborot qatoriga fikr 
yuritish orqali xulosa chiqarish natijasida hosil bo‘lgan bilimlarni ham kiritadi. 
Boshqa soha xodimlari ham axborotni o‘zlaricha talqin etadilar. SHunday qilib, 
turli sohalarda axborot turlicha tushunilar ekan. Lekin axborotlarning umumiy 
tomonlari ham borki, u ham bo‘lsa beshta muhim hossaga ega bo‘lishligidir.
Bular axborotni 

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin