Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

bilimlarni egallash
;



kompyuter va axborot­kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) 
vositalari yordamida turli ko‘rinishdagi axborotlar bilan ishlay olish 
ko‘nikmalariga ega bo‘lish
;



ijodiy va intellektual qobiliyatlarini AKT vositalari yordamida 
rivojlantirish
;



axborotlarni tanqidiy tahlil qilishni; axbortlarni uzatishda huquqiy va 
ahloqiy jihatlarini inobatga olgan holda mas’uliyatni 
tarbiyalash
;



kundalik hayotida, individual va hamkorlikda amalga oshirilayotgan 
loyihalarni bajarishda, o‘quv faoliyatida AKT vositalaridan foydalanish 
malakalarini
shakllantirish
.

O‘rta ta’limda informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitilishining 
vazifalari
quyidagilardan iborat:

axborot, kompyuter, axborot texnologiyalari, kompyuterning dasturiy 
ta’minoti, kompyuterda masalalar echish texnologiyalari, algoritmlash va 
dasturlash asoslari, yangi axborot texnologiyalarining jamiyatimizning ijtimoiy 
va iqtisodiy taraqqiyotidagi muhim ahamiyati va inson faoliyatining turli 
jabhalariga ijobiy ta’sirini ilmiy ravishda o‘rganadigan usullar haqidagi 
bilimlarga ega bo‘lishi;



axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uzatishda turli texnik vositalardan va 
amaliy dasturlardan foydalana olishi;



axborot jarayonlari natijalarini xulosalashda turli texnik vositalarning 
imkoniyatlaridan foydalanilishi, ularning ishlash prinsipini tushuntirish, amaliy 
masalalarni kompyuterda echishlardan foydalana olish ko‘nikmalariga ega 
bo‘lishi;



Amaliy masalalarni echishda, boshqa fanlarga oid yangi bilimlarni 
mustaqil ravishda egallash, turli manbalar (darslikdan, ilmiy-ommabop 


adabiyotlardan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati va 
ma’lumotnomalardan, elektron ishlanma va darsliklardan, Internet sahifalaridan 
va h.k.)dan fanlarga oid ma’lumotlar bilan ishlay olish;



axborotni tahlil qilish va baholash, bir turdagi axborotni ikkinchi turga 
aylantirish va shu kabi masalalarni echa olishi;



axborot texnologiyasi orqali axborot makonni o‘rganish mumkinligiga 
bo‘lgan ishonch, insoniyatni bundan keyingi rivojlanishi uchun fan va 
texnologiyalar yutuqlaridan kerakli darajada foydalanish, fan va texnika 
ijodkorlariga hurmat bilan qarash, informatika va axborot texnologiyalari 
ta’limiga umumbashariy madaniyat elementi sifatida qarashni tarbiyalash;



kundalik hayotda uchraydigan va hayotiy faoliyatining havfsizligini 
ta’minlashda egallagan bilim va ko‘nikmalaridan foydalana olish.

Bugungi hayotimizning har bir jabhasi, har bir soha va barcha faoliyat turlari 
bevosita axborot texnologiyalari bilan bevosita bog‘liqdir. SHunday ekan
axborot texnologiyalarni yaratish va ularni boshqarishga oid bilim, ko‘nikma va 
layoqatning har bir insonda shakllanishi fundamental ahamiyat kasb etadi. Ta’lim 
tizimini axborotlashtirish – texnologik va ijtimoiy bilimlarni uzatish jarayonini 
tezlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida o‘qitish va o‘qish 
sifatini oshirish bilan birga insonni turli ijtimoiy muhitga moslashuvini 
osonlashtirish imkoniyatlarini yaratadi.
Aynan shu sabab ta’lim mazmunini, fanlardan Davlat ta’lim standartlarni, 
o‘quv dasturlarni takomillashtirish – informatika va axborot texnologiyalari 
faniga oid kompetentlilikni (AKT­ kompetentlilikni) kiritishni taqozo etadi.
Kompetensiya – ko‘zlangan natijalarga erishish uchun bilim, ko‘nikma va 
malakalarni qo‘llay olish qobiliyatini namoyish etishni bildiradi.
AKT kompetentlilik- insonlar uchun muhim kompetensiya hisoblanib
kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va Internet imkoniyatlaridan 
foydalangan holda turli muammo va masalalarni hal etishda namoyon bo‘ladi 
(
Evropa davlatlari uchun ishlab chiqilgan
“Umumevropa
AKT­kompetentligi 
2.0” dan
).

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin