b) tarbiyaviy maqsad
-
dars jarayonida o‘quvchilarda qaysi axloqiy
sifatlar shakllantirilishi asosida belgilanadi. TKlar shakllantiriladi
s) rivojlantiruvchi maqsad
-
dars natijasida o‘quvchilarda qaysi
bilimlar va
axloqiy fazilatlar rivojlantirilishi asosida belgilanadi. FK1, FK2..va TKlar
shakllantiriladi;
Dars turi:
yangi tushuncha,
bilimlarni shakllantiruvchi;
o‘quvchilarning
bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantiruvchi; umumlashtiruvchi; o‘quvchilar
egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni tahlil, nazorat qiluvchi kabi dars turlari
bo‘lishi mumkin.
Darsda foydalaniladigan metodlar:
bunda an’anaviy,
zamonaviy,
interfaol
metodlardan
o‘tilayotgan mavzuning o‘quvchilar
tomonidan samarali
o‘zlashtirilishiga xizmat qiladiganini oqilona tanlash lozim.
Darsda foydalaniladigan jihozlar:
texnik vositalar,
slaydlar,
ko‘rgazmali
va didaktik materiallar.
Darsni tarkiban quyidagi qismlarga ajratish mumkin:
tashkiliy qism;
o‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash);
yangi mavzuni tushuntirish;
yangi mavzuni mustahkamlash;
o‘quvchilarni baholash;
uyga vazifa berish.
Dars ishlanmasini tayyorlashda o‘qituvchi darsning har bir qismini e’tiborga
olishi maqsadga muvofiq.
Dars ishlanmasi (konspekt) hamma o‘qituvchida bo‘lishi shart. Lekin dars
ishlanmasi
qanday mazmunda, hajmda va necha varaqdan iborat bo‘lishi
o‘qituvchining dars o‘tishdagi o‘ziga xos yondashuvidan kelib chiqqani ma’qul.
Bunda hamma o‘qituvchi uchun bir xil chegara, cheklov o‘rnatib bo‘lmaydi.
Agarda
o‘qituvchi dars berayotgan o‘quvchilarning o‘zlashtirish
samaradorligi yuqori bo‘lsa, ular turli ko‘rik-tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan
bo‘lsa, o‘qituvchining dars jarayoniga maktab ma’muriyati va hududiy xalq ta’limi
boshqaruvi idoralari xodimlari tomonidan halaqit berishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dars ishlanmasi (konspekti) qo‘lyozma shaklida yoki kompyuterda yozilishi
mumkin. Dars ishlanmasini kompyuterda yozish uchun esa o‘qituvchi, albatta, o‘zi
kompyuterda ishlashni bilishi lozim.
Direktorning o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
har bir
o‘qituvchining dars ishlanmasini ko‘rib, tasdiqlash jarayonida ularda darsga kirish
uchun quyidagi eng muhim(minimum) hujjatlar bo‘lishini nazorat qiladi:
— dars ishlanmasi (konspekti);
— taqvim-mavzu reja;
— o‘quv dasturi;