Nazorat savollari 1.
Test topshiriqlari va uning asosiy shakllari:
2.
Test topshiriqlarini tuzish metodikasi.
3.
Ochiq javobli va yopiq javobli test topshiriqlarini tuzishda nimalarga e’tibor
qaratiladi?
4.
Bitta tanlov javobli va ko‘p tanlov javobli test topshiriqlarining farqli
tomonlarini ayting.
5.
Informatika va AT fanidan test o‘tkazishning avzallik va kamchiliklari
nimada?
4-AMALIY MASHG‘ULOT: Dars ishlanmalarni ishlab chiqish metodikasi Ishdan maqsad: Tinglovchilar dars ishlanmasi va dars rejasini
shakllantirish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Dars ishlanmalarini yaratish
bo‘yicha uslubiy tavsiyalar. Darsning tafsilotlarini bayon qilish ketma-ketligini
bajarish.
O‘qituvchining darsga tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi ikki
bosqichdan iborat:
1.
O‘qituvchining o‘z fani yuzasidan
umumiy tayyorgarligi. 2.
O‘qituvchining har bir darsga
kundalik tayyorgarligi. O‘qituvchining
umumiy tayyorgarligi muntazam amalga oshirib
boriladigan jarayon bo‘lib, o‘quv yili boshlanishi oldidan quyidagilarni qamrab
oladi:
davlat ta’lim standarti (DTS), o‘quv dasturi, o‘quv reja hamda ularga
berilgan tushuntirish xatlarini o‘rganib chiqish;
o‘zi dars beradigan o‘quv faniga oid yangi ilmiy va metodik
adabiyotlarning mazmuni bilan tanishish;
tegishli ko‘rgazma materiallarni, o‘quv-jihozlarini o‘rganish, ularni
qo‘llay bilish;
ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, tahlil qilish orqali o‘z
bilimini kengaytirish;
kompyuter texnikasidan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirib, bu
boradagi mahoratini oshirish, elektron darsliklar, matn muharrirlari, “Ziyonet”
axborot ta’lim portaliga joylangan ma’lumotlardan samarali foydalanish
kabilardir.
O‘qituvchining