Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети


O‘qituvchilarning darslarini tahlil qilish — samaradorlikka xizmat



Yüklə 5,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/126
tarix19.12.2023
ölçüsü5,1 Kb.
#185510
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   126
IUM qollanma Metodika bo\'yicha

O‘qituvchilarning darslarini tahlil qilish — samaradorlikka xizmat 
qiladi. 
O‘qituvchilarni o‘z ustida mustaqil ishlashlari, ijodiy izlanishlari orqali 
ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beradigan omillardan biri - muntazam 
ravishda o‘qituvchilarning darslarini tahlil qilishdir.
O‘qituvchi darsini 
kuzatish va tahlil qilish,
ularning pedagogik mahorati, 
ish tizimi, o‘quvchilarining o‘zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy 
layoqati yuzasidan xulosa chiqarish hamda o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba 
almashish imkonini beradi.
Dars tahlili kuzatish va o‘rganish shaklida olib boriladi.
Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish 
tuman (shahar) bo‘limi mudirlari, o‘rinbosarlari, metodistlari tomonidan 
haftasiga kamida
2
soat
, ta’lim muassasalari direktorlari, ularning o‘rinbosarlari 
tomonidan 
4
soat
, fan metodbirlashma rahbari tomonidan 
2
soat
, o‘qituvchilar 
tomonidan 
1
soat
o‘qituvchilar darslari kuzatilishi va tahlil qilinishi belgilangan.
Dars kuzatish va tahlil qilish orqali 
o‘quvchilarning umumiy
 
tayyorgarligi, bilim olishdagi faolliklari, fanga bo‘lgan qiziqishlari, o‘quv 
materiallari va jihozlar bilan mustaqil ishlay bilishlari, o‘qituvchiga bo‘lgan 
munosabatlari aniqlanib, tahlilga tortiladi. Bunda asosiy mezonlar sifatida 
o‘qituvchi tomonidan dars maqsadining to‘g‘ri qo‘yilganligi, o‘quv dasturi 
asosida dars jarayonini to‘
g‘
ri rejalashtirishi, materiallarini bilish darajasi, yangi 
mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy 
g‘
oyani ajratib olishi, ilmiylik
ko‘rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim 
va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni nazorat etishi, dars mobaynida vaqtdan unumli 
foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi 
jihatlar inobatga olinadi. 

Yüklə 5,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin