Olimpiada masalalari


Barcha raqamlardan tarkibida raqamlari takrorlanmaydigan nechta uch xonali son tuzish mumkin? 174



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə29/34
tarix30.03.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#91326
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Olimpiada masalalari

173. Barcha raqamlardan tarkibida raqamlari takrorlanmaydigan nechta uch xonali son tuzish mumkin?
174. 20 ta odamdan tashkil topgan majlis raislikka ikkita odamni saylamoqda, ulardan bittasi – rais, ikkinchisi – kotib bo‘lishi lozim. Buni nechta usul orqali amalga oshirish mumkin?
175. “Dasturchi” so‘zidagi harflardan 4 ta harfdan iborat bo‘lgan nechta har xil so‘z tuzish mumkin?
176. 0, 1, 2, ..., 9 raqamlari yordamida nechta har xil to‘rt xonali son yozish mumkin?
177. 3, 5, 7, 11, 13, 17, 19, 23 sonlari orqali nechta to‘g‘ri kasr tuzish mumkin?
178. 5 –, 8 –, 12 – va 15 – burchaklilarning barcha diagonallari sonini aniqlang?
179. Har birining tarkibida 100 ta qilichboz bo‘lgan sport tashkilotlaridan musobaqada ishtirok etish uchun bittadan qilichboz tanlab olish kerak. Buni nechta usul orqali amalga oshirish mumkin?
180. Bitta odamda informatikaga doir 7 ta kitob, boshqasida 9 ta kitob bor. Nechta usul bilan ular ikkitadan kitob almashishi mumkin?
181. Informatika bo‘yicha olimpiadada rag‘bat sifatida bitta kitobning 3 ta nusxasi, ikkinchisining ikkita nusxasi va uchinchisining bitta nusxasi ajratilgan. Agar olimpiadada 20 ta kishi ishtirok etgan bo‘lsa va hech birlariga bir varakayiga ikkita kitob berilmasa, u holda rag‘batlar nechta usul orqali taqdim etilishi mumkin?
182. Ikkitasi o‘zaro parallel bo‘lgan va kesishish nuqtasining har biridan ko‘pi bilan ikkita to‘g‘ri chiziq o‘tadigan 8 ta tog‘ri chiziq nechta nuqtada kesishadi?
183. Paskal uchburchagining o‘n birinchi qatoridagi chetki to‘rtta hadlari yig‘indisini hisoblang.
184. Bitta aylanada yotadigan 4 ta nuqtadan nechta vatar o‘tkazish mumkin?
185. AB kesmada beshta nuqta berilgan: C, D, E, F, K. AB kesmasini hisobga olgan holda, nechta har xil kesma hosil bo‘lgan?
186. 8 ta o‘quvchidan iborat guruhni uchta va beshta o‘quvchidan iborat bo‘lgan ikkita qism guruhga nechta usul bilan ajratish mumkin?
187. Har xil o‘lchovdagi 6 juft qo‘lqop bor. Har biri har xil o‘lchovda bo‘lgan, bittasi o‘ng qo‘lga va boshqasi chap qo‘lga mo‘ljallangan qo‘lqoplarni nechta usul bilan tanlab olish mumkin?
188. Beshta har xil rangdan tashkil topgan mato bor. Shundan har xil rangli uchta gorizontal chiziqdan tashkil topgan bayroqni nechta usulda hosil qilish mumkin?

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin