Oliy matematika, statistika va ekonometrika



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/237
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204711
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   237
statistika

8.14.
 
COCACOLA. XLS faylida Coca-Cola kompaniyasining 1988 yildan to 2015 yillar oralig’idagi real sof 
yillik daromadlari to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Shu ma’lumotlar asosida: 
a.
Vaqtli qatorlar grafigini tuzing. 
b.
Kvadratli trend tenglamasini tuzing va grafikda aks ettiring. 
c.
2016 va 2017 yillar uchun prognoz qilinayotgan daromadlar miqdori nimaga teng? 
d.
15.12 masalasida foydalanilgan iste’mol narxlari indeksi yordamida joriy daromadlarni 100/CPI indeksiga 
ko’paytirib, real daromadlar jadvalini to’ldiring. Aniqlangan real daromadlar 1996-1998 yillar narxlaridadir. 
e.
Vaqtli qatorning modifikatsiyali trend modelini tuzing. 
f.
Real daromadlarning chiziqli trend tenglamasini tuzing va grafikda tasvirlang. 
g.
Real daromadlarning kvadratli trend tenglamasini tuzing va uning grafikda tasvirlang. 
h.
Real daromadlarning eksponentsial trend tenglamasini tuzing va grafigini tuzing. 
i.
2016 va 2017 yillar uchun prognoz qilinayotgan real daromadlar miqdori nimaga teng? 
j.
3 va 9 masalalarni solishtiring. Ular o’rtasidagi farqni tushuntiring. Ko’rsatilgan davr uchun real va joriy 
daromadlarning o’zgarishini tavsiflang. 
8.15.
 
Quyida keltirilgan ma’lumotlar 1992 yildan to 2015 yillar orasidagi Dou-Djons (Dow Jones Industrial 
Average) indekslari qiymatini o’z ichiga oladi. 
Shu ma’lumotlar asosida quydagilarni baniqlang: 
a.
Vaqtli qatorlar grafigini tuzing. 
b.
Chiziqli trend tenglamasini tuzing va uning grafigini chizing. 
c.
Kvadratli trend tenglamasini tuzing va grafikda aks ettiring. 
d.
Eksponentsial trend tenglamasini tuzing va uning grafikda tasvirlang. 
e.
Qaysi model aniqroq? 
f.
Trendning eng ma’qul modelidan foydalanib, 2016 yil uchun Dou-Djons indeksi miqdorini bashoratlang . 
Bashorat qilingan miqdorni to’g’riligini haqiqiy ma’lumot (internet yoki bibliotekada olingan ma’lumot asosida) bilan 
solishtirib ko’ring. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin