13-mavzu. Milliy boylik statistikasi Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy boylik tushunchasi va uni o’rganishning ijtimoiy -iqtisodiy
ahamiyati hamda statistikaning vazifalari.
MHT bo’yicha aktiv va passivlar balansi ko’rsatkichlari. Gudvill va marketing aktivlari, mineral resurslar
energetic foydali qazilmalar. Moliyaviy aktivlar, ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarilmagan nomoliyaviy aktivlar,
aholining mulki.
Asosiy kapital tushunchasi, ularni tarkibi va baholash turlari (boshlang’ich, qoldiq va tiklash qiymatlari bo’yicha).
Asosiy kapitalning eskirishi va amortizatsiya ajratmalarini hisoblash usullari. Asosiy fondlarning balanslari. Asosiy
fondlarning holati, harakati va ulardan foydalanish ko’rsatkichlari.
Moddiy aylanma kapital statistikasi, ularning tarkibi, baholash, aylanuvchanlik tezligi va bir marta aylanishning
davomiyligi ko’rsatkichlarini statistik o’rganish. Aylanma kapital mavjudligi, unga bo’lgan talabni qondirish darajalarini
statistik o’rganish. Salmoqli sarf, ularning tarkibi va indekslari. Ishlab chiqarish sig’imi va uning o’zgarishini statistik
o’rganish.
Qimmatbaho boyliklar (tsennosti)ni statistik o’rganish.
14-mavzu. Moliya bozori statistikasi Moliya bozorini statistik o’rganishning ijtimoiy -iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Davlat moliyasi statistikasi.
Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari ko’rsatkichlari, byudjet defitsiti (profitsiti)ni statistik o’rganish.
Pul muomalasining ijtimoiy -iqtisodiy mohiyati va statistikaning vazifalari. Pul-kredit statistikasining metodologik
asoslari (Xalqaro standart). Pul bazasi. Kredit va qarz. Pul muomalasi statistikaning asosiy ko’rsatkichlari.
Bank statistikasi ko’rsatkichlarini hisoblash va tahlil qilish metodlari.
Sug’urta va sug’urta bozorini statistik o’rganish.
Investitsiya statistikasi. Investitsiyani loyihaviy va haqiqiy samaradorligini xarakterlovchi statistik ko’rsatkichlar
va ularni tahlil qilish usullari.
Investitsiya jarayonini ijtimoiy-iqtisodiy ekspertiza qilishning statistik usullari. Investitsiya risklarini statistik
baholash usullari.
Qimmatli qog’ozlar va valyuta bozorining statistik ko’rsatkichlarini hisoblash va tahlil qilish uslubiyoti.