7
birinchi uchta misoli (1-3) to’plam (guruh) larni ifodalasa, keyingi ikkitasi (4-5) obyektlar to’plamini, keyingisi (6)
operatsiyalar to’plamini va so’nggisi (7) hodisalar to’plamini ifodalaydi. Shuni unutmangki,
har bir guruh o’z ichiga
bosh to’plamning barcha birliklarini qamrab oladi
.
2
Bosh to’plamni o’rganishda, biz to’plam birligining bir yoki bir qancha tavsifiga yoki xususiyatlariga
diqqatimizni jalb qildiq. Biz bunday tavsifnomani
o’zgaruvchan
deb ataymiz. Masalan, biz hozirgi davrda AQShdagi
ishsizlarning yoshi, jinsi va ta’lim olgan yillari soni to’g’risidagi o’zgaruvchan ma’lumotlarga qiziqishimiz mumkin.
O’zgaruvchan ko’rsatkich
– bu bosh to’plamdagi alohida eksperimental (yoki kuzatiladigan) birliklarning tavsifnomasi
yoki xususiyatidir.
O’zgaruvchan
deb atalishi ushbu dalildan kelib chiqadiki, ya’ni har qanday muayyan tavsifnoma bosh
to’plamdagi birliklar orasida farqlanishi mumkin.
Muayyan o’zgaruvchini o’rganishga uning uchun raqamli tassavvurni olish imkoniyatiga ega bo’lish foydalidir.
Ammo ko’p hollarda raqamli tassavvurni olish har doim ham imkoniyat bo’lmaydi, shuning uchun statistik tadqiqotlarda
o’lcham muhim yordamchi rolni bajaradi.
Biz, masalan, ro’yhatdagi saylovchilarga savol berib, prezidentning unumdorligini 1 dan 10 gacha shkala bo’yicha
baholab, o’lchashimiz mumkin. Yoki biz Amerikaning ishchi kuchi yoshini o’lchash uchun har bir xodimga “Siz necha
yoshdasiz?” deb shunchaki so’rab o’lchashimiz mumkin. Boshqa holatlarda o’lchash sekundomer, tarozi va krontsirkullar
kabi asboblardan foydalanishni taqozo etadi.
Agar biz o’rganishni xohlaydigan bosh to’plam kichik bo’lsa, unda bosh to’plamning har bir birligi uchun
o’zgaruvchanlikni o’lchash mumkin. Masalan, abiturentlarni qabul qilish uchun siz GPAni o’lchayotgan bo’lsangiz, bu
hech bo’lmaganda agar har bir GPA olsa amalga oshadi. Qachonki, biz bosh to’plamning har bir birligi uchun
o’zgaruvchanlikni o’lchasak, uni bosh to’plamni
ro’yhatga olish
deb ataladi. Odatda, ko’p holatlarda bosh to’plam juda
katta bo’lib, minglab birliklar sonidan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Bosh to’plamning shunday guruhlari uchun
ro’yhat o’tkazish juda ko’p mehnat va ko’p mablag’ sarf qilishni taqozo etadi. Shuning uchun muqobil ravishda oqilona
ish yuritib, bosh to’plam birliklarining bir qismini tanlash va o’rganish zaruriyati paydo bo’ladi.
Tanlama
– bosh to’plam birliklaridan maxsus usullar bilan tanlab olingan qismini ifodalaydi.
Yuqorida zikr etilgan ta’riflar xulosaviy statistika muammollarining beshtasidan to’rttasiga aniqlik kiritadi: bosh
to’plam, bir yoki bir necha qiziqtiruvchi o’zgaruvchilar, tanlanma va xulosa.
Dostları ilə paylaş: