1.3. Statistik ilovalarning turlari “Statistika” ko’pchilik odamlar uchun “raqamli tasvir” degan ma’noni anglatadi.
Statistika – bu ma’lumotlar to’g’risidagi fandir. U raqamli ma’lumotlarni to’plash, tasniflash, umumiylashtirish,
tizimlashtirish, tahlil qilish, taqdimot va talqin qilishni o’z ichiga oladi.
Ma’lumotlar ko’p hollarda ularning xususiyatlarini baholash maqsadida qaysidir ma’lumotlar majmuasidan
tanlanadi. Biz bu jarayonni tanlanma deb nomlaymiz. Misol uchun, siz onlayn tarzda ma’lum bir mahsulot harid
qilayotgan
barcha mijozlarning o’rtacha yoshini hisoblash uchun Internetda ushbu mahsulotni harid qilayotgan mijozlarni
yoshini to’plashingiz mumkin. Shunda o’z baholashlaringizni tegishli yosh guruhi uchun veb-saytida maqsadli reklama
uchun foydalanishingiz mumkin. Shunga e’tibor beringki, statistika ikkita xilma-xil jarayonni o’z ichiga oladi: (1)
ma’lumotlar to’plamini tasvirlash va (2) tanlanma asosida ma’lumotlar to’plami to’g’risida xulosalar (baholashlar,
yechimlar, prognozlar va h.k.) ni ta’riflash. Shunday qilib, statistikaning qo’llanilishini ikkita asosiy sohaga bo’lish
mumkin:
tasviriy statistika va
analitik statistika .
1.4. Statistikaning asosiy unsurlari Statistik usul (metod) lar
esperimental birliklarning bosh to’plamini o’rganish, tahlil qilish va bilim olish uchun
foydalidir.
Masalan, bosh to’plam o’z ichiga (1) AQShdagi
barcha yollangan xodimlarni, (2) Kaliforniyada
barcha ro’yhatdagi saylovchilarni, (3) OITS xastaligidan
har bir aziyat chekayotganlarni, (4) muayyan yig’ish liniyasidan o’tgan
yili ishlab chiqarilgan
barcha avtomobillarni, (5) United Airlines ga texnik xizmat ko’rsatish obyektidagi ehtiyot
qismlarning
butun zaxirasini, (6) ma’lum yil davomida Makdonalds restoranining darchasidan yo’lovchilar tomonidan
jami qilingan xaridlarni, yoki (7) ta’til mavsumi davomida shtatlar orasidan o’tadigan avtomagistralning muayyan
qismida sodir bo’ladigan
barcha halokatlar to’plamini oladi. E’tiboringizni shularga jalb qilsangiz, bosh to’plamning