66
Shunday qilib, mehnat haqi, renta to’lovlari, ushbu yilda ishlab chiqarilgan YAIM hisobiga olingan foydadan foizlarning
umumiy hajmini hisoblash uchun SIMdan biznesga bilvosita soliqlar chegirib tashlanishi kerak.
Shu zayilda olingan ko’rsatkich milliy daromad (MD) deb yuritiladi. Resurslarni etkazib beruvchilar nuqtai
nazaridan MD joriy ishlab chiqarishda qatnashish hisobiga olingan daromadlarni ifodalaydi. Kompaniyalar nuqtai
nazaridan MD ishlab chiqarish omillari yoki resurslar narxlarini o’lchovi bo’lib hisoblanadi: MD ushbu yildagi ishlab
chiqarish hajmini yaratishga sarflangan iqtisodiy resurslarning bozor narxlaridagi qiymatini ifodalaydi.
MDni shuningdek YAIM tarkibidagi daromadlar yig’indisi sifatida aniqlash mumkin, biroq bunda YAIMdan farqli
o’laroq, unga amortizatsiya ajratmalari va biznesga bilvosita soliqlar qo’shilmaydi.
Shaxsiy daromad
(olingan daromad) va MD (ishlab topilgan daromad) shu bilan farqlanadilarki, mehnat bilan
ishlab topilgan daromadning bir qismi - ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar (ijtimoiy sug’urtaga soliqlar), korporatsiyalar
foydalariga soliqlar va korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydalari – amalda uy xo’jaliklariga etib bormaydi. Bundan
farqli o’laroq, uy xo’jaliklari ixtiyoriga kelib tushgan daromadlarning bir qismi – masalan, transfert to’lovlari – mehnat
natijasi bo’lib hisoblanmaydi. Transfert to’lovlariga quyidagilar kiradi: qarilik va baxtsiz xodisalarni sug’urtalash
bo’yicha to’lovlar; ijtimoiy dasturlarga asoslangan ishsizlik bo’yicha to’lovlar; faxriylarga turli to’lovlar, masalan,
mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha
nafaqalar; ishsizlik bo’yicha nafaqalar va xususiy nafaqalar (pensiyalar);
iste’molchilarga davlat tomonidan foiz to’lovlari.
Nima sababdan biz davlat qimmatbaho qog’ozlari bo’yicha foiz to’lovlarini joriy ishlab chiqarishda ishlab
topilmagan daromad sifatida qaraymiz? Axir xususiy kompaniyalarning qimmatli qog’ozlari bo’yicha foizlari MDga
ishlab topilgan daromad tarzida qo’shiladi-ku.
Bunday istisnoning sababi nima? Sababi – davlat qarzining asosiy qismi, odatda, urushlar, mamlakat mudofaasini
ta’minlash hamda ishlab chiqarishning pasayishi bilan uzviy bog’liqlikda bo’lganligidadir.
Aeroportlar va magistral yo’llar qurilishi bilan bog’liq bo’lgan hukumat kamomadidan farqli o’laroq, harbiy
xarajatlar va ishlab chiqarishning pasayib ketishi bilan bog’liq bo’lgan kamomad iqtisodiyot
uchun ishlab chiqarish
aktivlarini (xizmatlarni) yaratmaydi. Shunday qilib, bunday qarz uchun to’langan foiz qandaydir ishlab chiqarish va
daromadlar hajmining oshishini ifodalamaydi. Huddi shunday mulohaza iste’mol bo’yicha qarzdorlikka foiz
to’lovlarining transfert to’lovlariga kiritilishi uchun asos bo’lishi mumkin.
Ishlab topilgan daromadni o’lchaydigan MDdan haqiqatda olingan shaxsiy daromad ko’rsatkichiga o’tishda
MDdan
ishlab topilgan, lekin olinmagan uch turdagi daromadlar chegiriladi hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi
bo’lib hisoblanmaydigan daromadlar qo’shiladi:
MD(ishlab topilgan daromad) - ijtimoiy sug’urtaga badallar - korporatsiyalarning foyda solig’i -
korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi + transfert to’lovlari = Shaxsiy daromad (olingan daromad).
Ixtiyordagi daromad (ID)ni aniqlash uchun shaxsiy daromaddan individual soliqlarni ayirish lozim. Individual
soliqlarga jismoniy shaxslar to’laydigan daromad solig’i, shaxsiy mulkka soliq va vorislik uchun soliqlar kiradi. Ularning
ichida etakchi o’rinni jismoniy shaxslar to’laydigan daromad solig’i egallaydi.
ID –uy xo’jaliklari oqibatda foydalanishlari mumkin bo’lgan daromaddir. Uy xo’jaliklari IDning bir qismini
iste’mol tovarlari va xizmatlarini
xarid qilish uchun sarflasalar, undan ortib qolgan boshqa qismini jamg’arib boradilar.
Dostları ilə paylaş: