Oliy matematika, statistika va ekonometrika



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/237
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204711
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   237
statistika

8-MAVZU 
 
TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT STATISTIKASI 
REJA: 
15.1.
 
Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida tushuncha 
15.2.
 
Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi metodologiyasi va uning vazifalari 
15.3.
 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tavsiflovchi ko’rsatkichlar 
15.4.
 
Tashqi savdoda tovarlar importi va eksporti, uni statistik o‘rganish 
15.5.
 
Tashqi savdoda baholarning shakllanish xususiyatlari 
15.6.
 
Milliy hisoblar tizimida tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi 
 
Tayanch so’z va iboralar
: tashqi iqtisodiy faoliyat, tashqi savdo, tashqi savdo saldosi, eksport, import, tashqi 
savdo aylanmasi, eksport kvota, import kvota.
 
Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida tushuncha 
Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasining asoschisi deb haqli ravishda belgiyalik olim Adolf Ketleni (1796-1874) 
hisoblash mumkin. Chunki u birinchilardan bo‘lib to‘plangan statistik ma’lumotlarga statistik usullar yordamida ishlov 
berishni qo‘lladi. U, shuningdek, ilk bor Belьgiyada Markaziy statistik komissiyani tashkil qilishda taniqli matematik 
olimlar bilan hamkorlik qildi. A. Ketleni matematik bo‘lgani uchun u o‘z tahlillarida matematik tamoyillariga suyanadi. 
Ushbu holat statistika vujudga kelishida, boshqa mamlakatlarda statistik tashkilotlarning shakllanishida o‘z ifodasini 
topdi. Chet el mamlakatlarida hozirgi kunda TIF statistikasi matematikaning alohida qismi sifatida tashkil topdi. 
XX asr boshiga qadar chet el mamlakatlarida statistik tashkilotlarning yagona va shakllangan muassasa shakli mavjud 
emas edi. Statistika aksariyat hollarda sug‘urta tashkilotlarida nisbatan rivoj topgan. Ular o‘z ish faoliyatlarida 
mijozlarning sug‘urta stavkalarini aniqlashda, asosan vafot etish jadvallaridan keng foydalanishgan. Turli davlat va 
xususiy tashkilotlar iqtisodiy, hududiy, demografik, boshqaruv, tijorat to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash uchun statistik 
kuzatishlar o‘tkazib turganlar. Bunday ishlarni amalga oshirish markazlashtirilmagan edi. Statistik tahlillar olib boriluvchi 
ob’ektlar, ko‘rsatkichlar, to‘plash usullari va ma’lumotlarga ishlov berish ham bir yagona reja asosida amalga 
oshirilmasdi. Shu sababli, muayyan vaziyatda qulay va oson bo‘lgan statistika usullaridan foydalanish keng quloch 
yozgan edi. Natijada to‘plangan ma’lumotlarga ishlov berish, ularni o‘zaro taqqoslashda bir qancha muammolar paydo 
bo‘lar edi.
TIF statistikasi sohasida ayrim olimlar olib borgan ishlari tahsinga va e’tiborga loyiq. Masalan, Buyuk 
Britaniyalik Florens Naytingeyl (1820-1910) o‘zining tibbiyot sohasidagi ishlarida statistika usullaridan keng ko‘lamda 
foydalandi va ulardan foydalanishni siyosatchilar, huquqshunoslar va ishbilarmonlar o‘rtasida targ‘ib qilishga e’tibor 
berdi. 
Statistika rivojiga ingliz olimi Karl Pirson (1857-1936) ham ma’lum darajada hissasini qo‘shdi. Uni biz «Pirson mezoni» 
bo‘yicha yaxshi bilamiz. 
Statistikada korrelyatsion usulning ravnaqida ingliz Frensis Galьtonning (1822-1911) xizmatlari kattadir. 
Keyinchalik statistika rivojiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan olimlardan biri Ronald Fisher (1890-1962) bo‘ldi.
21

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin