Oliy matematika, statistika va ekonometrika



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/237
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204711
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   237
statistika

 
 
 
 
Bu munosabatlar quyidagi shakllarda bo’ladi:
 
-
xalqaro savdo-sotiq; 
-
ishlab chiqarish kooperatsiyasi; 
-
kapital migratsiyasi; 
-
ishchi kuchi migratsiyasi
-
o’zaro to’lovlar va hisob valyuta operatsiyalari va boshqalar. 
Savdo-sotiq xalqaro iqtisodiy munosabatlarda etakchi o’rinda turadi va bu jahon bozorida o’z ifodasini topadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi metodologiyasi va uning vazifalari
Bugungi kunda jahon savdosiga faqatgina yuqori o’sish sur’atlarigina emas, balki tarmoq va hududiy tuzilishidagi 
o’zgarishlar ham xosdir. Bu o’zgarishlarni ikkita holat bilan izohlash mumkin. 
Birinchidan, xalqaro savdo tarkibida xom ashyo, yonilg’i, oziq-ovqat mahsulotlarining hissasi kamaymoqda. Ilm 
talab sohalarining mahsulotlari va xizmatlarining hissasi esa ortib bormoqda.
Ikkinchidan, tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoridagi o’rinlar nisbati o’zgarmoqda. Jahon yalpi eksportida 
AQSh hissasining pasayishi va aksincha, Yaponiya, Germaniya, yangi industrial davlatlar hamda ayrim rivojlanayotgan 
davlatlar hissalarining ortib borishida namoyon bo’lmoqda. 
21
http://economical.uz/tag/tashqi-iqtisodiy-faoliyat/ 
Tashqi iqtisodiy aloqa
- bu turli mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy 
munosabatlar bo’lib, iqtisodiy naf ko’rish maqsadida olib boriladi.


77 
Ishlab chiqarishning xalqaro kooperatsiyalashuvi xalqaro mehnat taqsimotining asosiy rivojlanish yo’nalishlaridan 
hisoblanadi. Bunday kooperatsiyaning asosi bo’lib ishlab chiqarish kuchlarining o’sish darajasi va mamlakat ichida yoki 
tashqarisida bo’lishidan qat’iy nazar alohida korxonalar o’rtasida barqaror xo’jalik aloqalarining shakllanishidir. 
Xalqaro iqtisodiy aloqalarda davlatlararo kapital migratsiyasi, uni taqsimlash barqaror o’sishni faol omili bo’lib 
xizmat qiladi. Iqtisod baynalmilallashgan sari kapital faoliyati milliy doiradan chiqib xalqaro mazmun kasb etadi. 
Mamlakatlararo kapital eksporti yuz beradi.
22
TIF statistikasi ham o‘z ob’ektini xususiy metodlari yordamida o‘rganadi. Ular quyidagilardan iborat: 
1.
Ommaviy statistik kuzatish metodi; 
2.
Kuzatish ma’lumotlarini jamlash va guruhlash; 
3.
Turli umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni (masalan, mutlaq va nisbiy miqdor, o‘rtacha miqdor, indeks va 
hakozo)hisoblash; 
4.
Tanlanma kuzatish usuli, statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklar ko‘rinishida ifodalash. 
Ushbu metodlardan foydalanish ushbu qo‘llanmaning tegishli mavzularida keng yoritiladi. 
Ommaviy hodisa va jarayonlar har xil sohalarda kuzatiladi va turli tuman bo’ladi, ularning kechish sharoitlari 
ham, tuzilishi ham turlichadir. Demak, bunday hodisa va jarayonlar ko‘pgina shakllarga va turlarga ega. Ayniqsa, ijtimoiy 
hayotdagi hodisa va jarayonlar o‘zining murakkabligi va o‘zaro bog‘lanishlarga egaligi bilan ajralib turadi. Shu sababli 
statistik qonuniyatlar ham ularda har xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi va turli jihatlarini ta’riflaydi. O‘z-o‘zidan 
ravshanki, ularni qandaydir yagona bir usul yordamida o‘rganib bo‘lmaydi. Buning uchun maxsus usullar, yo‘llar 
majmuasi, bilim vositalari zarur. 
Umuman olganda, uslubiyat so‘zi quyidagi lug‘aviy ma’nolarga ega: 
1) bilimning ilmiy metodlari haqidagi ta’limot; 
2) biror narsani nazariy tekshirish va amaliy bajarish usuli, vositasi; 
3) ayrim fan tarmoqlarida qo‘llanadigan usullar, metodlar, yo‘llar, vositalar majmuasi; 
4) ishlash va boshqarishdagi o‘ziga xos uslub, ya’ni maxsus yo‘llar, usullar majmuasi. 
Statistika uslubiyati deganda ommaviy hodisa va jarayonni ilmiy tekshirish va boshqarish, unda namoyon 
bo‘ladigan qonuniyatlarni o‘rganish va ulardan amaliy foydalanish jarayonida qo‘llanadigan o‘ziga xos uslub, ya’ni 
usullar, metodlar, yo‘llar, vositalar majmuasi tushuniladi. Ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy nisbatlarini 
aniqlash, ularda namoyon bo‘ladigan qonuniyatlarni oydinlashtirish maqsadida amalga oshiriladigan statistik tadqiqotlar 
bir necha bosqichlarga, ular esa fazalarga bo‘linadi. Bosqich va fazalar o‘zining maqsadi, vazifalari va xususiyatlari bilan 
bir biridan ajralib turadi. Shuning uchun har bir faza va bosqichda o‘ziga xos tekshirish usullari, yo‘llari, vositalari 
qo‘llanadi. Shu bilan birga o‘rganilayotgan soha va masalaning harakteriga qarab, unga mos keladigan u yoki bu usul 
(yoki usullar to‘dasi) aniq tekshirishda, uning muayyan fazasi va bosqichida asosiy, etakchi qurol sifatida ishlatiladi. 
Keng va to‘la ma’noda statistik tadqiqot ikkita bosqichdan tashkil topadi: 

Tasviriy statistika bosqichi 

Analitik statistika bosqichi. 
Birinchi bosqichda quyidagi asosiy maqsad va vazifalar ko‘zlanadi: o‘rganilayotgan ob’ektlarni 
spesifikasiyalash, ular haqida ma’lumotlar to‘plash va qayta ishlash, ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy 
me’yorlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni hisoblash, ularni ko‘rkam va ixcham shaklda va zarur xollarda so‘z bilan 
tavsiflash. Ikkinchi bosqichda esa ko‘rsatkichlarni statistik tahlil qilish, ular orasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlarini 
aniqlash va baholash, o‘rganilayotgan ob’ektlar taqsimotlaridagi qonuniyatlarni oydinlashtirish, ilmiy gipotezalarni 
ishonchlilik jihatdan baholash va statistik xulosalarni chiqarish va hokazolar asosiy maqsad va vazifalar hisoblanadi. 
U yoki bu bosqichning har bir fazasida ommaviy hodisa va jarayonlarni tekshirishning turli usullari, vositalari, 
yo‘llari qo‘llanadi. Masalan, ob’ektlarni spesifikasiyalash fazasida ularni oddiy yoki murakkab tasniflash, elementar yoki 
ierarxik birlashmalarini tuzib guruhlashlar, ikkilamchi (qayta) guruhlashning turli yo‘llari, klaster tahlil yo‘llari va 
hokazolar ishlatiladi. Statistik kuzatish jarayonida ishlab chiqarish yoki laboratoriya sharoitida tajriba sinovlar o‘tkazish, 
hisobot yoki maxsus tekshirishlar va ro‘yxatlarni amalga oshirish, anketa yoki tanlama usullarda kuzatish va boshqalar 
qo‘llaniladi. Hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganishda analitik guruhlash, parallel qatorlarni tuzish, ularning 
egri chiziqlarini diagrammalarda tasvirlash, balans usuli, korrelyasion va regression tahlil usullari, dispersion tahlil 
usullari, ko‘p o‘lchovli tahlil usullari (omilli tahlil, bosh komponent usuli va h.k.) va boshqa usullardan foydalaniladi. 
Bundan buyon so‘z asosiy usullar ustida boradi. 
Statistika nazariyasi statistik tadqiqotning ikkala bosqichi va ularning barcha fazalariga tegishli umumiy 
nazariyadir. U mazkur tekshirishning umumiy qoidalarini, uslubiyatini, ya’ni unda qo‘llanadigan usullarni o‘rganayotgan 
ommaviy hodisalarning mohiyati bilan bir butunlikda yoritadi. 
Statistika ommaviy hodisa va jarayonlarni miqdoriy jihatdan o‘rganayotganda matematik usullardan ham 
foydalanadi. Jumladan, bir qator statistika metodlari algebra va sonlar nazariyasiga – to‘plamlar nazariyasi, algebraik 
sistemalar, chiziqli tenglamalar va tengsizliklar sistemalari hamda matritsalar, vektor va Evklid fazolari, determinantlar 
va hokazolarga tayanadi. Odatda, statistika nazariyasi va matematik statistika ikkita mustaqil fan sohalari sifatida 
qaraladi. Bunday zid qo‘yish ularning matematik apparatidagi farqlarga asoslanadi. Statistika nazariyasi elementar, 
matematik statistika esa murakkabroq matematik yo‘llardan foydalanadi. 
22
X.Shodiyev,I.Habibullayev tahriri ostida. Statistika. (daslik). Toshkent.:2013 yil.356-374 betlar. 


78 
Ammo mazkur xususiyat ularni alohida fanlar sifatida qarash uchun asos bo‘la olmaydi, chunki stististika 
nazariyasi va matematik statistika yagona fandir. Birinchidan statistikada sodda usullar o‘rniga murakkab, takomillashgan 
matematika vositalarini qo‘llanilishi, umuman, ilm-fan taraqqiyotidan kelib chiqadi va uning oqibati hisoblanadi. Bu 
jarayon nafaqat statistika taraqqiyotini, balki matematika taraqqiyotini ham aks ettiradi. 
Ikkinchidan, statistikada qo‘llaniladigan barcha matematik vositalar, ular qanday ko‘rinishda bo‘lmasin, ya’ni 
arifmetik, algebraik yoki biror oliy matematik analiz bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘z mazmunini matematikaning tarkibiy 
qismi bo‘lmish ehtimollar nazariyasidan oladi va u tomonidan ochiladigan qonuniyatlarga asoslanadi. 
Ehtimollar nazariyasi ommaviy hodisalarni sifat mohiyatidan ajralgan holda, umumnazariy jihatdan butunlay 
musaffo tasodifiy sonlar qatori sifatida qarab muhim xossalarini o‘rganadi. Statistika esa hatto ommaviy hodisalarning 
umumiy qonun va qoidalarini tadqiq qilayotganda ham ularning birgina miqdoriy xususiyatlariga tayanmasdan, balki 
vujudga kelish mexanizmiga asoslanadi, yuzaga chiqish sabablarini hisobga oladi. Statistika kursidan matematika 
usullarini chiqarib tashlashga urinish, ulardan sun’iy ravishda yangi o‘quv predmeti sifatida – matematik statistikani 
shakllantirishga harakat qilish statistika nazariyasining asosiy boyligini hech qanday asossiz musodara qilish bilan 
barobardir. 
TIF statistikasi faqat fan bo‘lib qolmasdan, shuningdek amaliy faoliyatning muhim sohasi hamdir. 
TIF statistikasi doim ommaviy mashg‘ulotlarga asoslanadi. Kerakli paytda u o‘zining boshlang‘ich kuzatishini 
ham tashkil etadi. Ommaviy boshlang‘ich ma’lumotlarni umumlashtirayotganda statistika maxsus usullardan foydalanadi 
va pirovard natijada umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni aniqlab, hodisa va voqealar to‘plamiga umumiy baho beradi. 
Statistika har xil o‘lchov birliklaridan foydalanadi. Jumladan, ko‘rsatkichlarni pulda, naturada, shartli natura va mehnat 
birliklarida ifodalaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin