86
Tayanch so’z va iboralar
: aholi
daromadlari va xarajatlari, shaxsiy daromad, firma daromadi, ish haqi,
1.Aholi daromadning shakllanishi va tarkibi
Shaxsiy daromad
ayrim kishi yoki oila daromadidir. U YaIM ni taqsimlash orqali hosil bo’ladi.
Bozor qoidasiga binoan har bir kishi ishlab topgan daromadini oladi. Masalan:
-
ishlab topish qoidasiga binoan ish kuchi egasi ish haqi oladi;
-
kapital egasi foyda ko’radi;
-
ko’chmas mulk egasi
renta tegadi;
-
menejerga ham foyda, ham ish haqi tegadi;
-
puldor foiz oladi;
-
aktsiyador divident oladi.
Bu daromadlar birlamchi daromadni tashkil qiladi. U quyidagicha hisoblanadi:
BD = MBOD + MKD + DBD
Bu yerda: MBOD – mehnat bilan olingan daromad (ya’ni, ish haqi, menejer, tadbirkor daromadi); MKD – mulkdan
kelgan daromad (foyda, renta, foiz, dividend); DBD – davlatning birlamchi daromadi (ishlab chiqarishga va importga
soliq).
Ishlovchining qo’liga tegishiga qarab ish haqi ikki turga:
-
umumiy (brutto);
-
sof (netto) ish haqiga bo’linadi.
Daromad
Shaxsiy
daromad
Firma
daromadi
Davlat
daromadi
Dostları ilə paylaş: