Shu sababli turli joylarda rentaning daromad sifatidagi ahamiyati ham har xil bo’ladi. Mulk egalarining o’z
mulkini muqoil ishlatishdan olgan renta daromadlari quydagicha hisoblanadi:
SR = MR • (S+X)
Bu yerda: SR – sof renta; MR – mutloq renta; S – erga soliq; X – yerning holatini saqlash va yaxshilash uchun sarflangan
harajatlar.
16.2. Aholini turmush darajasini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar Aholining turmush darajasi sotsial iqtisodiy tushuncha bo’lib, u kishilarning moddiy va ma’naviy - ma’rifiy
ehtiyojining qondirilishi hamda turmush sharoitining yaxshilanish darajasini tavsiflaydi. Moddiy ehtiyojlarga kishining
oziq - ovqat, kiyim - kechak, turar - joy, yoqilg’i, maishiy va kommunal xizmat ko’rsatishni yaxshilash kabilarga bo’lgan
ehtiyojlari kiradi. Ma’naviy - ma’rifiy ehtiyojlarga kishilarning bilimi, malakasi va ma’naviy - ma’rifiy saviyasini
oshirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish kabilarga bo’lgan ehtiyojlari kiradi.
Aholining sotsial turmush sharoiti – bu jamiyatning hamma a’zolariga mehnat qilish, dam olish, har tamonlama
jismoniy va madaniy taraqqiyotni ta’minlash hamda mehnat qilish qobiliyatini saqlashni kafolatlash, vaqtinchalik ish
qobiliyatini yo’qotganlarni sotsial ta’minot, pensiya va nafaqalar bilan ta’minlash, nisbatan kam daromadli oilalarning
bolalariga nafaqalar berish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Mazkur “turmush darajasi” tushunchasidan, biz bu kategoriyaning naqadar murakkab va ko’p qirrali mazmuniga
ega ekanligiga ishonch hosil qildik. Demak, u qandaydir bitta ko’rsatkich bilan emas, aholi daromadi va turmushning turli
qirralarini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanishi lozim. Bu tizim quyidagi asosiy bo’limlarni o’z ichiga
oladi:
-
umumlashtiruvchi sintetik ko’rsatkichlar;
-
aholining moddiy ehtiyojlarini qondirish darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar;
-
aholining ma’rifiy - ma’naviy darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar.
-
aholining sotsial sharoitini tavsiflovchi ko’rsatkichlar.
Bu ko’rsatkichlar natural va qiymat ko’rinishida ifodalanib, aholi turmush darajasini miqdor va sifat tomonlarini o’zida
aks ettiradi.