Oliy matematika, statistika va ekonometrika



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/237
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204711
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   237
statistika

Portfel investitsiyalari 
18 
14
Ishlab chiqarish moliya uskunalari 
(zaxiradan tashqari) va IASO (ishchilar tomonidan 
aktsiyalarni sotib olish optsionlari) 

0
Boshqa investitsiyalar 
20 
22
Zaxira aktivlari 
8
Aktivdagi jami o’zgarishlar va majburiyatlar 
 
57 
47
Sof kreditlash (+) yoki sof 
qarz (-) 
10 
Xatolar va to’ldirilmagan kataklar 



84 
mamlakatga to’lanishi lozim bo’lgan sanoat bilan bog’liq soliqning har qanday to’lovi xuddi rezident tomonidan boshqa 
mamlakatdan olinishi lozim bo’lgan subsidiyalar kabi to’lov balansining birlamchi daromadlari hisobida o’z aksini 
topadi. O’z mamlakati uchun mo’ljallangan mutanosib yozuvlar, MTHda birlamchi daromadlarning taqsimoti hisobida 
ko’rsatiladi, xorijiy mamlakatlar uchun esa – boshqa mamlakatlar qismida, shuningdek to’lov balansi hisobida 
ko’rsatiladi. 
Transchegaraviy operatsiyalar sharoitida renta to’g’risida savol to’g’ilishi mumkin, lekin bu juda ham kam 
holatda uchraydi, chunki er rezidentlar mulki hisoblanadi; zarur hollarda esa, shartli rezidentlik birligini yaratish orqali 
erishiladi. Xalqaro hisob-kitobda renta qo’llaniladigan misollardan biri xorijiy baliqchilik flotiliyalariga hududiy suvlarda 
baliqchilik bilan shug’ullanish uchun qisqa muddatli huquqlar berilishi hisoblanadi. Xalqaro hisob-kitoblarda 
“investitsiyaviy daromad” nomli atama keng tarqalgan bo’lib, ushbu atama rentadan boshqa mulkdan foyda olish 
tushunchasini anglatadi. Shunday qilib, investitsiyaviy daromad moliyaviy aktivdan foydalanish mahsuli hisoblanadi, 
investitsiyaviy daromad komponentlari esa moliyaviy aktiv va majburiyatlar bilan mutanosiblikda yoziladi, bu esa 
daromad normalarini hisoblashga yordam beradi. To’lov balansi bo’yicha qo’llanma TBQ-6 da foiz hisobi MTH kabi 
tarzda hisoblanadi, bunda egri tarzda hisoblanadigan moliyaviy vositachilik xizmatlari (UFPIK) alohida qayd etilib, 
moliyaviy xizmatlar importi va eksporti sifatida hisobga olinadi. 
To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalash
korxonalarining o’rni juda muhimdir va u ham pul oqimi, ham xalqaro hisob-
kitob o’rnini belgilovchi ko’rsatikichlarda o’z aksini topadi. D qismida idetifikatsiya va to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalash 
korxonlari yanada kengroq muhokama qilinadi. 
Oldin 7.136-7.139 bandlarda ko’rsatilganidek, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalash korxonalariga nisbatan shunday 
qoida qo’llaniladiki, unga ko’ra taqsimlanmagan daromad to’g’ridan-to’g’ri investorga investitsion daromad shaklida 
beriladi. Ushbu ulush korxonadagi investor ulushiga to’g’ri keladi.
To’g’ridan-to’g’ri ulush korxonaning to’liq daromadi, olinishi lozim bo’lgan joriy transfertlar va qo’shimcha 
mulkdan olinuvchi daromadga teng bo’ladi, bu summadan to’lanishi lozim bo’lgan mulkdan olinadigan daromad, nafaqa 
huquqlaridagi o’zgarishlar yig’indisi, to’lanishi lozim bo’lgan joriy transfertlar ayiriladi (reinvestitsiya qilinadigan 
daromad hisobidan tashqari). Shu’ba korxonalardan olinadigan har qanday reinvestitsiya qilinadigan daromad mulkdan 
olinadigan va to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalash korxonalari tomonidan olinadigan daromad tarkibiga kiritiladi. 
Reinvestitsiya qilinadigan daromad manfiy ahamiyatga egadir, masalan, agar korxona zarar ko’rganda, 
dividendlar xolding foydasidan taqsimlansa, yillik dividend to’lanadigan kvartalda ushbu ko’rsatkich manfiy tusga ega 
bo’ladi. Ammo dividendlar oldingi dividend va daromadga nisbatan noproportsional tarzda bo’lsa, oshib ketgan 
ko’rsatkich korporatsiya kapitali qismini mulkdor tomonidan olib qo’yish sifatida aks ettirilishi lozim. 
To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalash korxonalari, ya’ni 100 foiz norezident mulkida bo’lgan korxonalar uchun 
reinvestitsiya qilingan daromad taqsimlanmagan daromadga teng bo’lishi lozim, korxona tejagan pul miqdori nolga teng 
bo’ladi. 
Ikkilamchi daromad
moddalari sifatida joriy transfertlar qo’llaniladi. Ushbu moddalar hisobi MTHdagi ikkilamchi 
taqsimot hisobi moddalari bilan bir hil hisoblanadi. Ularning ayrimlari xalqaro hisob-kitob uchun muhim hisoblanadi, 
xususan, xalqaro hamkorlik doirasidagi joriy transfertlar va chet elda ishlovchi jismoniy shaxslar tomonidan o’z 
mamlakatlariga yuboriladigan pul o’tkazmalari. 
Chet elga yuboriladigan shaxsiy transfertlar uy xo’jaligidan boshqa uy xo’jaligiga nisbatan yuboriladigan pul 
o’tkazmalarni anglatadi; ular ma’lum qiziqish uyg’otadi, chunki chet elda o’zoq muddatli kontrakt asosida ishlovchi ko’p 
miqdordagi ishchilarga ega ayrim davlatlar uchun xalqaro moliyalashtirishning muhim manbasi hisoblanadi. Shaxsiy 
transfertlar o’zoq muddatli kontrakt asosida faoliyat yurituvchi ishchilar, ya’ni o’z rezidentlik mamlakatini o’zgartirganlar 
tomonidan pul o’tkazmalarni anglatadi. 
Boshqa ishchilar, jumladan chegaraviy va mavsumiy ish bilan shug’ullanuvchi, o’z rezidentliklariga ega 
bo’lishmaydi va o’z mamlakatlari rezidenti bo’lib qolishadi. Transfertlar o’rniga ularning xalqaro iqtisodiy operatsiyalari 
mehnat uchun to’lov, soliq va xizmat safari uchun chiqimlarni o’z ichiga oladi. Shaxsiy pul o’tkazmalari shaxsiy 
transfert, mehnat to’lovi, uy xo’jaliklari o’rtasidagi kapital transfertlarni o’z ichiga oladi va ushbu pul miqdoridan soliq va 
xizmat safari uchun chiqimlar ayirib tashlanadi. Ushbu mavzu TBQ-6da “Pul o’tkazmalari” nomli 5 ilovada keltirilgan.
Sug’urta mablag’lari, xususan qayta sug’urtalash bilan bog’liq pul aylanmalari xalqaro miqyosda juda muhim 
hisoblanadi. Ushbu pul aylanmalari MTHdagi kabi ham moliyaviy xizmat uchun to’lovga nisbatan, ham sug’urtalash va 
qayta sug’urtalash bo’yicha birlashtirilmagan alohida to’lovlarga nisbatan bir hil tartibda hisoblanadi.
Muvozanatlovchi moddalar tarkibi to’lov balansida MTHdagi shunga o’xshash boshqa tarkiblardan farqlanadi, 
bunda har bir hisob o’zining muvozanatlovchi moddasini va boshqa bir hisobga o’tadigan yana bir moddaga ega bo’ladi. 
Misol uchun, birlamchi daromad hisobida o’zining muvozanatlovchi moddasi (birlamchi daromad saldosi), shuningdek 
umumiy saldosi mavjud bo’ladi. Birlamchi daromad bilan tashqi operatsiyalar bo’yicha saldo birlamchi daromad 
saldosiga teng bo’ladi va VND qo’shiladigan element hisoblanadi. Joriy operatsiyalar bo’yicha saldo boshqa dunyoning 
milliy iqtisodiyot birliklari bilan bog’liq operatsiyalarga oid tejalgan pul miqdorlariga mos keladi. 
Kapital bilan bog’liq 
va halqaro iqtisodiy operatsiyalar hisobi
yig’indisi MTHga nisbatan chegaralangan hisoblanadi. Kapital bilan bog’liq 
operatsiyalar moddalari o’z ichiga ishlab chiqilmagan nomoliyaviy aktiv va kapital transfertlarni olish va chiqarib 
tashlashni oladi. Unda ishlab chiqilgan aktivlarni to’plashga oid operatsiyalar mavjud emas, chunki oldin ta’kidlab 
o’tilganidek, ekportdan oxirigacha foydalanish milliy iqtisodiyot uchun manfaat keltirmaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin