Oliy matematika, statistika va ekonometrika


Kambag’allik va uning chegarasini aniqlash usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/237
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204711
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   237
statistika

 
Kambag’allik va uning chegarasini aniqlash usullari 
Kambag’allik shunday holatki, bunday vaziyatda inson o’zining asosiy ehtiyojlarini qondirish imkoniga ega bo’lmaydi. 
Aholi va oilalarning bu qatlami pul mablag’lari, mulk va boshqa resurslar bilan nisbatan kam ta’minlanganligi sababli 
ularning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari past darajada qondirilgan bo’ladi. Statistika amaliyotida kambag’allikni 
tavsiflash maqsadida quyidagi usullar qo’llaniladi: 

statistik usul, ya’ni daromad darajasi bo’yicha aholining taqsimotini aniqlash; 

normativ usul, ya’ni me’yordagi iste’mol savatchasini hisoblab chiqish. 
Birinchi usulda tegishli hukumat tashkilotlari mamlakat bo’yicha har bir kishi va oilaning o’rtacha daromadlarini 
aniqlab chiqadi. Aynan shu o’rtacha daromad kambag’allik chegarasi deb yuritilib, daromad darajasi undan past 
bo’lganlar kambag’allar, yuqorilari esa nisbatan boylar deb yuritiladi. Masalan, ayrim davlatlarda kambag’allik chegarasi 
mazkur mamlakat bo’yicha o’rtacha daromaddan ikki baravar kam bo’lgan daromad deb taxmin qilinsa, boshqalarida esa 
u o’rtacha daromadning 2/3 qismiga teng kelishi lozim, deb hisoblanadi. Biroq, aksariyat ko’pchilik mamlakatlarda, shu 
jumladan O’zbekistonda ham boshqa - normativ usul qabul qilingan. 
Normativ usulda kambag’allik darajasi tarkibi eng zarur bo’lgan oziq-ovqatlar, iste’mol buyumlari va xizmatlar 
to’plamidan iborat bo’lgan eng kam “iste’mol savati” qiymati asosida aniqlanadi. U quyidagicha hisoblanadi: dastlab oziq 
- ovqat mahsulotlari to’plamining qiymati, so’ngra oila byudjeti ma’lumotlari asosida kam ta’minlangan oilalarning 
umumiy xarajatlarida nooziq - ovqat mahsulotlar va xizmatlarning salmog’i aniqlanadi. Bu salmog’ eng arzon narxlarda 
eng kam iste’mol savati qiymatida hisoblanib boshlang’ich hisob - kitoblarga qo’shiladi. 
Iste’mol savatining qiymat ifodasi eng kam iste’mol byudjeti deb ataladi. Eng kam iste’mol byudjetiga yoki ko’pincha 
uning ma’lum bir qismiga (masalan 50 foizga) mos keluvchi daromad kambag’allik chegarasi (KCh) hisoblanadi. Davlat 


91 
kambag’allik chegarasidan past darajada yashovchi aholiga ma’lum miqdorda moddiy yordam ko’rsatadi. Aslida ham 
ijtimoiy himoyalashning barcha asosiy choralari aholining aynan shu toifasiga, shuningdek, ish haqi, nafaqalar, 
pensiyalar, stipendiyalarning eng kam miqdorini belgilashga qaratilgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin