Oliy matematika, statistika va ekonometrika



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/237
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204711
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   237
statistika

 
 
Shu sababli turli joylarda rentaning daromad sifatidagi ahamiyati ham har xil bo’ladi. Mulk egalarining o’z 
mulkini muqoil ishlatishdan olgan renta daromadlari quydagicha hisoblanadi: 
SR = MR • (S+X) 
Bu yerda: SR – sof renta; MR – mutloq renta; S – erga soliq; X – yerning holatini saqlash va yaxshilash uchun sarflangan 
harajatlar. 
 
16.2. Aholini turmush darajasini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar 
Aholining turmush darajasi 
sotsial iqtisodiy tushuncha bo’lib, u kishilarning moddiy va ma’naviy - ma’rifiy 
ehtiyojining qondirilishi hamda turmush sharoitining yaxshilanish darajasini tavsiflaydi. Moddiy ehtiyojlarga kishining 
oziq - ovqat, kiyim - kechak, turar - joy, yoqilg’i, maishiy va kommunal xizmat ko’rsatishni yaxshilash kabilarga bo’lgan 
ehtiyojlari kiradi. Ma’naviy - ma’rifiy ehtiyojlarga kishilarning bilimi, malakasi va ma’naviy - ma’rifiy saviyasini 
oshirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish kabilarga bo’lgan ehtiyojlari kiradi. 
Aholining sotsial turmush sharoiti – bu jamiyatning hamma a’zolariga mehnat qilish, dam olish, har tamonlama 
jismoniy va madaniy taraqqiyotni ta’minlash hamda mehnat qilish qobiliyatini saqlashni kafolatlash, vaqtinchalik ish 
qobiliyatini yo’qotganlarni sotsial ta’minot, pensiya va nafaqalar bilan ta’minlash, nisbatan kam daromadli oilalarning 
bolalariga nafaqalar berish yo’li bilan amalga oshiriladi. 
Mazkur “turmush darajasi” tushunchasidan, biz bu kategoriyaning naqadar murakkab va ko’p qirrali mazmuniga 
ega ekanligiga ishonch hosil qildik. Demak, u qandaydir bitta ko’rsatkich bilan emas, aholi daromadi va turmushning turli 
qirralarini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanishi lozim. Bu tizim quyidagi asosiy bo’limlarni o’z ichiga 
oladi: 
-
umumlashtiruvchi sintetik ko’rsatkichlar; 
-
aholining moddiy ehtiyojlarini qondirish darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar; 
-
aholining ma’rifiy - ma’naviy darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. 
-
aholining sotsial sharoitini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. 
Bu ko’rsatkichlar natural va qiymat ko’rinishida ifodalanib, aholi turmush darajasini miqdor va sifat tomonlarini o’zida 
aks ettiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin