Oliy matematika, statistika va ekonometrika


Tashqi savdoda tovarlar importi va eksporti, uni statistik o‘rganish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/237
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204711
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   237
statistika

Tashqi savdoda tovarlar importi va eksporti, uni statistik o‘rganish
 
TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT STATISTIKASI
24
 
Avvalambor, eksport va import haqida va uni hisobga olish to‘g‘risida gap ketganda, tashqi savdo hisobini olib 
borish haqida gapirish lozim. Bojxona xodimlari tomonidan tashqi savdoni rasmiylashtirishda bojxona deklarasiyalari, 
tovar va xizmatlarga berilgan yo‘l qog‘ozlari, tovarlar va xizmatlar hisobi va ularning shartnoma pasportlari 
rasmiylashtiriladi. Bojxona chegaralari kesib o‘tsada, ammo tashqi savdo hisobiga olinmaydigan tovar va xizmatlar 
quyidagilardan iboratdir: 
1.
To‘g‘ridan – to‘g‘ri tranzit (omborlarda saqlanganlaridan tashqari). 
2.
Jismoniy va yuridik shaxslarning, xorijlik fuqarolarning hamda diplomatik missiyalarning shaxsiy yuki. 
3.
Bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga joriy ijaralarni hisobga olgan shartnomadagi tovarlar. 
4.
Qaytayotgan taralar(konteynerlar, shisha idishlar) va namunalar. 
5.
Muomaladagi oltin tangalar va boshqa tangalar, muomalada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar va banknotlar. 
6.
Vaqtinchalik olib kirilayotgan yoki olib chiqib ketilayotgan tovarlar: 
6.1. Teatr bezaklari. 
6.2. Sport inventarlari. 
6.3. Mashinalar. 
6.4. Auksion, yarmarka va ko‘rgazmalarga olib kelingan tovarlar. 
6.5. Kinofilmlar ijarasi. 
7.
Transport vositalari va boshqa uskunalar ta’miri. 
8.
Tovarlarni olib kelmasdan reeksport qilish. 
9.
Nomoddiy xizmatlar qiymati. 
10.
Tovar va xizmatlarni kafolatli etkazib berish. 
Statistika tovarlar importi deganda quyidagilar tushuniladi: 
1.
Ichki iste’mol va qayta ishlash maqsadidagi tovarlar. 
2.
Uzoq muddatdagi reeksportni ko‘zlab olib kelingan tovarlar. 
3.
Tegishli bojxona omborlarida qayta ishlash uchun olib kellingan tovarlar. 
Birinchi kategoriyadagi tovarlar bojxona qo‘mitasi tomonidan olib boriladigan ichki iste’mol uchun olib kirilayotgan 
mahsulotlarni mamlakat hududiga qo‘yish bilan bog‘liq ommaviy tadbirlardir. O‘zbekiston importida ushbu tovarlar 
ulushi o‘ta yuqoridir. 
Eksport haqida gap borganda esa: 
24
http://www.mfer.uz/uz/export/statistics/ 
ТSО
E
I

 


80 
1.
Mamlakat hududida ishlab chiqarilgan, qazib olingan yoki etishtirilgan mahsulotlar. 
2.
Bojxona nazorati ostida qayta ishlangan mahsulotlar. 
3.
Belgilangan bojxona omborlariga olib kelingan tovarlar. 
4.
Ichki iste’mol uchun import qilingan, ammo iste’mol qilinmay qolgan mahsulotlar. 
Statistika tovar va xizmatlar import va eksportini o‘rganishda bir necha usullardan foydalanadi. Bunday usullar 
jumlasiga statistikaning umumiy usullaridan dinamika ko‘rsatkichlari, indekslar usuli, grafik va jadvallar usullari, tarkib 
va salmoqni ifodalovchi ko‘rsatkichlar, shu bilan birga balans usullari bilan keng foydalaniladi. Tashqi savdo balansi 
mamlakat uchun ma’lum muddatda tashqi savdo holatini yaqqol ko‘rsatib beradi. Shu bilan birga tashqi savdo balansi 
mamlakat tashqi savdosi istiqbolini va tashqi savdoga tegishli chora-tadbirlar manbai ekanligini hisobga olishi lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin