77
Ishlab chiqarishning xalqaro kooperatsiyalashuvi xalqaro mehnat taqsimotining asosiy rivojlanish yo’nalishlaridan
hisoblanadi. Bunday kooperatsiyaning asosi bo’lib ishlab chiqarish kuchlarining o’sish darajasi va mamlakat ichida yoki
tashqarisida bo’lishidan qat’iy nazar alohida korxonalar o’rtasida barqaror xo’jalik aloqalarining shakllanishidir.
Xalqaro iqtisodiy aloqalarda davlatlararo kapital migratsiyasi, uni taqsimlash barqaror o’sishni faol omili bo’lib
xizmat qiladi. Iqtisod baynalmilallashgan sari kapital faoliyati milliy doiradan chiqib xalqaro mazmun kasb etadi.
Mamlakatlararo kapital eksporti yuz beradi.
22
TIF statistikasi ham o‘z ob’ektini xususiy metodlari yordamida o‘rganadi. Ular quyidagilardan iborat:
1.
Ommaviy statistik kuzatish metodi;
2.
Kuzatish ma’lumotlarini jamlash va guruhlash;
3.
Turli umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni (masalan, mutlaq va nisbiy miqdor, o‘rtacha miqdor, indeks va
hakozo)hisoblash;
4.
Tanlanma kuzatish usuli, statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklar ko‘rinishida ifodalash.
Ushbu metodlardan foydalanish ushbu qo‘llanmaning tegishli mavzularida keng yoritiladi.
Ommaviy hodisa va jarayonlar har xil sohalarda kuzatiladi va turli tuman bo’ladi, ularning kechish sharoitlari
ham, tuzilishi ham turlichadir. Demak, bunday hodisa va jarayonlar ko‘pgina shakllarga va turlarga ega. Ayniqsa, ijtimoiy
hayotdagi hodisa va jarayonlar o‘zining murakkabligi va o‘zaro bog‘lanishlarga egaligi bilan ajralib turadi. Shu sababli
statistik qonuniyatlar ham ularda har xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi va turli jihatlarini ta’riflaydi. O‘z-o‘zidan
ravshanki, ularni qandaydir yagona bir usul yordamida o‘rganib bo‘lmaydi. Buning uchun maxsus usullar, yo‘llar
majmuasi, bilim vositalari zarur.
Umuman olganda, uslubiyat so‘zi quyidagi lug‘aviy ma’nolarga ega:
1) bilimning ilmiy metodlari haqidagi ta’limot;
2) biror narsani nazariy tekshirish va amaliy bajarish usuli, vositasi;
3) ayrim fan tarmoqlarida qo‘llanadigan usullar, metodlar, yo‘llar, vositalar majmuasi;
4) ishlash va boshqarishdagi o‘ziga xos uslub, ya’ni maxsus yo‘llar, usullar majmuasi.
Statistika uslubiyati deganda ommaviy hodisa va jarayonni
ilmiy tekshirish va boshqarish, unda namoyon
bo‘ladigan qonuniyatlarni o‘rganish va ulardan amaliy foydalanish jarayonida qo‘llanadigan o‘ziga xos uslub, ya’ni
usullar, metodlar, yo‘llar, vositalar majmuasi tushuniladi. Ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy nisbatlarini
aniqlash, ularda namoyon bo‘ladigan qonuniyatlarni oydinlashtirish maqsadida amalga oshiriladigan statistik tadqiqotlar
bir necha bosqichlarga, ular esa fazalarga bo‘linadi. Bosqich va fazalar o‘zining maqsadi, vazifalari va xususiyatlari bilan
bir biridan ajralib turadi. Shuning uchun har bir faza va bosqichda o‘ziga xos tekshirish usullari, yo‘llari,
vositalari
qo‘llanadi. Shu bilan birga o‘rganilayotgan soha va masalaning harakteriga qarab, unga mos keladigan u yoki bu usul
(yoki usullar to‘dasi) aniq tekshirishda, uning muayyan fazasi va bosqichida asosiy, etakchi qurol sifatida ishlatiladi.
Keng va to‘la ma’noda statistik tadqiqot ikkita bosqichdan tashkil topadi:
Tasviriy statistika bosqichi
Analitik statistika bosqichi.
Birinchi bosqichda quyidagi asosiy maqsad va vazifalar ko‘zlanadi: o‘rganilayotgan ob’ektlarni
spesifikasiyalash, ular haqida ma’lumotlar to‘plash va qayta ishlash, ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy
me’yorlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni
hisoblash, ularni ko‘rkam va ixcham shaklda va zarur xollarda so‘z bilan
tavsiflash. Ikkinchi bosqichda esa ko‘rsatkichlarni statistik tahlil qilish, ular orasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlarini
aniqlash va baholash, o‘rganilayotgan ob’ektlar taqsimotlaridagi qonuniyatlarni oydinlashtirish, ilmiy gipotezalarni
ishonchlilik jihatdan baholash va statistik xulosalarni chiqarish va hokazolar asosiy maqsad va vazifalar hisoblanadi.
U yoki bu bosqichning har bir fazasida ommaviy hodisa va jarayonlarni tekshirishning turli usullari, vositalari,
yo‘llari qo‘llanadi. Masalan, ob’ektlarni spesifikasiyalash fazasida ularni oddiy yoki murakkab tasniflash, elementar yoki
ierarxik birlashmalarini
tuzib guruhlashlar, ikkilamchi (qayta) guruhlashning turli yo‘llari, klaster tahlil yo‘llari va
hokazolar ishlatiladi. Statistik kuzatish jarayonida ishlab chiqarish yoki laboratoriya sharoitida tajriba sinovlar o‘tkazish,
hisobot yoki maxsus tekshirishlar va ro‘yxatlarni amalga oshirish, anketa yoki tanlama usullarda kuzatish va boshqalar
qo‘llaniladi. Hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganishda analitik guruhlash, parallel qatorlarni tuzish, ularning
egri chiziqlarini diagrammalarda tasvirlash, balans usuli, korrelyasion va regression tahlil usullari, dispersion tahlil
usullari, ko‘p o‘lchovli tahlil usullari (omilli tahlil, bosh komponent usuli va h.k.) va boshqa usullardan foydalaniladi.
Bundan buyon so‘z asosiy usullar ustida boradi.
Statistika nazariyasi statistik tadqiqotning ikkala bosqichi va ularning barcha fazalariga tegishli umumiy
nazariyadir. U mazkur tekshirishning umumiy qoidalarini, uslubiyatini, ya’ni unda qo‘llanadigan usullarni o‘rganayotgan
ommaviy hodisalarning mohiyati bilan bir butunlikda yoritadi.
Statistika ommaviy hodisa va jarayonlarni miqdoriy jihatdan o‘rganayotganda
matematik usullardan ham
foydalanadi. Jumladan, bir qator statistika metodlari algebra va sonlar nazariyasiga – to‘plamlar nazariyasi, algebraik
sistemalar, chiziqli tenglamalar va tengsizliklar sistemalari hamda matritsalar, vektor va Evklid fazolari,
determinantlar
va hokazolarga tayanadi. Odatda, statistika nazariyasi va matematik statistika ikkita mustaqil fan sohalari sifatida
qaraladi. Bunday zid qo‘yish ularning matematik apparatidagi farqlarga asoslanadi. Statistika nazariyasi elementar,
matematik statistika esa murakkabroq matematik yo‘llardan foydalanadi.
22
X.Shodiyev,I.Habibullayev tahriri ostida. Statistika. (daslik). Toshkent.:2013 yil.356-374 betlar.
78
Ammo mazkur xususiyat ularni alohida fanlar sifatida qarash uchun asos bo‘la olmaydi, chunki stististika
nazariyasi va matematik statistika yagona fandir. Birinchidan statistikada sodda usullar o‘rniga murakkab, takomillashgan
matematika vositalarini qo‘llanilishi, umuman, ilm-fan taraqqiyotidan kelib chiqadi va uning oqibati hisoblanadi. Bu
jarayon nafaqat statistika taraqqiyotini, balki matematika taraqqiyotini ham aks ettiradi.
Ikkinchidan, statistikada qo‘llaniladigan barcha matematik vositalar, ular qanday ko‘rinishda bo‘lmasin, ya’ni
arifmetik, algebraik yoki biror oliy matematik analiz bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘z mazmunini matematikaning tarkibiy
qismi bo‘lmish ehtimollar nazariyasidan oladi va u tomonidan ochiladigan qonuniyatlarga asoslanadi.
Ehtimollar nazariyasi ommaviy hodisalarni sifat
mohiyatidan ajralgan holda, umumnazariy jihatdan butunlay
musaffo tasodifiy sonlar qatori sifatida qarab muhim xossalarini o‘rganadi. Statistika esa hatto ommaviy hodisalarning
umumiy qonun va qoidalarini tadqiq qilayotganda ham ularning birgina miqdoriy xususiyatlariga tayanmasdan, balki
vujudga kelish mexanizmiga asoslanadi, yuzaga chiqish sabablarini hisobga oladi. Statistika
kursidan matematika
usullarini chiqarib tashlashga urinish, ulardan sun’iy ravishda yangi o‘quv predmeti sifatida – matematik statistikani
shakllantirishga harakat qilish statistika nazariyasining asosiy boyligini hech qanday asossiz musodara qilish bilan
barobardir.
TIF statistikasi faqat fan bo‘lib qolmasdan, shuningdek amaliy faoliyatning muhim sohasi hamdir.
TIF statistikasi doim ommaviy mashg‘ulotlarga asoslanadi. Kerakli paytda u o‘zining boshlang‘ich kuzatishini
ham tashkil etadi. Ommaviy boshlang‘ich ma’lumotlarni umumlashtirayotganda statistika maxsus usullardan foydalanadi
va pirovard natijada umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni aniqlab, hodisa va voqealar to‘plamiga umumiy baho beradi.
Statistika har xil o‘lchov birliklaridan foydalanadi. Jumladan, ko‘rsatkichlarni pulda, naturada, shartli natura va mehnat
birliklarida ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: