Oliy o‘quv yurtlarida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etishga bo‘lgan texnologik yondashuvning mazmuni usmanova Umida Aybekovna, Andijon davlat pedagogika instituti Erkin izlanuvchi (DSc) Annotatsiya


Tahlil va natijalar (Analysis аnd results)



Yüklə 83,5 Kb.
səhifə5/7
tarix20.09.2023
ölçüsü83,5 Kb.
#145477
1   2   3   4   5   6   7
13. Pedagogika. У.Усманова мақола 888

Tahlil va natijalar (Analysis аnd results). Demak, bugungi kun axborotlashtirilgan jamiyat sari dadil qadam qo‘yib borilishi bilan o‘ziga xos xarakterga egadir. Shu bilan bir qatorda, axborotlashtirish axborot jarayonlarini rivojlantirish vosita va sharoitlarining butun majmui bo‘lib, tegishli texnik asosni yaratish, tashkiliy-iqtisodiy islohotlarni ishlab chiqishni o‘z ichiga oluvchi kompyuterlashtirishga kengroq yondashishni nazarda tutadi. Shu asosda turli xil ijtimoiy tizimlar faoliyat yuritishining axborotli asoslari yaratiladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, 70-yillargacha kompyuterlashtirish keng rivoj topmaganligi sababli, jamiyatni axborotlashtirish hayotiy ehtiyoj emas edi. Beshinchi avlod EHMlarining paydo bo‘lishi, bu sohadagi ishlarni jonlantirib yubordi. Endigi haët nafaqat axborotlar, axborot texnologiyalari, balki axborot tizimlarini yaratishni taqozo etmokda va ulardan bilimlar bazasi, vazifalar, mantiqiy xulosalarni yechuvchi mashina kabi xizmat tizimlarini ham o‘z ichiga olishni talab qilmoqda. Bu talablarni hal qilish esa ijtimoiy texnologik islohotlarga bog‘liq.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, oliy o‘quv yurtlarida talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga yo‘naltirish maqsadli, texnologik jarayon sifatida amalga oshirilishi lozim.
Xususan, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etishda ham axborot texnologiyalari qator afzalliklarga ega. Jumladan tadqiqot mavzusi yuzasidan zarur tahliliy adabiyotlar, ilmiy manbalar, tadqiqot yo‘nalishlariga oid tegishli jadval,chizma, sxema, shakl va boshqa qator ilmiy materiallarni izlash, foydalanish, nusxa ko‘chirish borasida axborot texnologiyalari katta qulayliklarga ega. Shuningdek, kompyuter yordamida topilgan materiallarni bir tildan ikkinchi tilga o‘girish imkoniyatlarining mavjudligi vaqtni tejash, bajariladigan ishni jadallashtirish, yangi axborotlar va yangiliklarni qisqa muddatlarda qabul qilish, tarixiy materiallarni suratga olingan shakllaridan foydalanish, keng hajmdagi hisoblash ishlarini sifatli va tez bajarish, tabiiy fanlar bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlarining elektron shakllaridan foydalanish va boshqa qator imkoniyatlar tadqiqot, izlanish, tajriba-sinov ishlarini bajarishda ilmiy-ijodiy faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilar uchun keng imkoniyatlar yaratib bermoqda.

Yüklə 83,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin