Oliy o‘quv yurtlarida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etishga bo‘lgan texnologik yondashuvning mazmuni usmanova Umida Aybekovna, Andijon davlat pedagogika instituti Erkin izlanuvchi (DSc) Annotatsiya


Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)



Yüklə 83,5 Kb.
səhifə4/7
tarix20.09.2023
ölçüsü83,5 Kb.
#145477
1   2   3   4   5   6   7
13. Pedagogika. У.Усманова мақола 888

Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology).
Ilmiy tadqiqot jarayoniga texnologik yondashuv tadqiqot usulini qo‘llash va unda axborotlarni qayta ishlash texnologiyasidan foydalanish mazkur soha bo‘yicha o‘ziga xos innovatsion yondashuv bo‘lib, uning yordamida tadqiqot jarayonida ijobiy sifat o‘zgarishi va yuqori samaradorlikka erishiladi.
Zamonaviy ta’lim jarayonida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish hamda samarali amaliy natijalarga erishish,shaxs intellektual taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. XXI asrning “Intellektual - akl-zakovat asri” deb nomlanishi ham bu boradagi ishlarning keng hajmli, misli ko‘rilmagan darajada tezkor rivojlanishi kerakligini taqozo etmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda kompyuterlar va axborot tizimlari, internetning umumjahon tarmog‘i, multimediali animatsion texnologiyalardan unumli foydalanishning vosita va uslublarini yaratish hamda joriy etish zaruratini tug‘diradi. Shu sababli axborotlashtirishning eng so‘nggi bosqichi deb nom olgan “Axborotlashgan jamiyat sari asri” yangi bilimlar ishlab chiqish uchun texnologiyalar, uslublar, texnik vositalarni yaratish bilan bog‘liq axborot sanoatini yuzaga keltirmoqda.
Texnologiya deb, ma’lum bir muayyan maqsadga yoki maqsadlar tizimiga erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar ketma-ketligidan iborat bo‘lgan yaratuvchilik faoliyatiga aytiladi. Boshqacha aytganda, texnologiya manbalardagi sifat o‘zgarishiga olib keluvchi jarayondir. Ular uch xil: axborotli, uskunaviy va ijtimoiy nuqtai nazarlarni qamrab oluvchi moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi. Axborotli nuqtai nazar moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarishning tamoyillari va usullarining bayon qilinishi, uskunaviy ishlab chiqarish jarayonida qo‘llaniladigan mehnat qurollari, ijtimoiy soha xodimlari va ular mehnatini tashkil qilishni anglatadi.
Demak, insoniyatning axborot ishlab chiqarish bo‘yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar axborotlashgan jamiyatning intellektual salohiyati sifatini ham belgilar ekan. Bunday jarayonlar axborotlashtirish sanoatini muntazam rivojlantirishni ta’minlovchi ilmiy-texnik asos hamdir.
Axborot texnologiyalari jarayonlarni boshqarishdagi asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Ular ilmiy xodim tomonidan tayyorlangan ma’lumotlarni tizimlarga ajratish va qayta ishlash hamda kerakli maqsadlar bo‘yicha qayta ishlangan ma’lumotlarni uzatish algoritmlarini o‘z ichiga oladi. Shu boisdan ham axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanish ilmiy tadqiqotchilar mehnati samaradorligini oshiradi.
Axborot texnologiyalari asosida faoliyat ko‘rsatish quyidagi vazifalarni hal etishning samaradorligini ta’minlaydi: manba va unda kechadigan jarayon to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash; jarayonlar kechishi haqidagi davriy yangilinayotgan ma’lumotlarni muntazam olib turish va ular asosida oraliq nazoratlar olib borish; ixtiyoriy joriy so‘rovlarga o‘sha paytning o‘zida javob olish, rasmiylashtirish va boshqarishga kerakli tuzatishlar kirita olish.

Yüklə 83,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin