1-ILOVA: MAVZU BAYONI Kitobxonlarga masofadan xizmat ko’rsatish deganda adabiyotlarni, hujjatlarni, turli axborot manbaalarini elektron pochta yordamida kitobxonlarga yetqazib berish tushuniladi. Bazida kitobxonlarda kutubxonaga borib undan foydalanish imkoniyati bo’lmaydi. Shunday vaqtlarda AKMning masofadan ko’rsatiladigan xizmatlari ayni muddaodir.
Kutubxona xizmatlari axborot va masofaviy xizmatlari tarzida bo’lishi mumkin:
• Axborot kutubxona xizmati ariza beruvchilarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan, kutubxona organining faoliyati to’g’risidagi axborotni e’lon qilish va boshqacha tarzda tarqatish yo’li bilan ko’rsatiladigan elektron kutubxona xizmatidir.
• Masofaviy kutubxona xizmati ariza beruvchiga ariza beruvchi va elektron kutubxona xizmati ko’rsatuvchi kutubxona organi o’rtasida ikki tomonlama elektron hamkorlik yo’li bilan ko’rsatiladigan elektron kutubxona xizmatidir.
Kutubxonalardagi kutubxona xizmatlari Yagona interaktiv kutubxona xizmatlari portali orqali ko’rsatilmasada, har bir muassasa o’z web sayotida bu xizmatlarni tashkil qilmoqda. Bunda foydalanuvchi masofadan turib kutubxona fondi va kataloglari bilan tanishishi hamda buyurtmalar berishi mumkin. Bundan tashqari kutubxonalar o’zaro almashinuvi va yig’ma kataloglar tayyorlash jarayonida qatnashishi uchun ham bu xizmatdan foydalanadilar.
2-ILOVA: MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR
Nazorat savollar: 1. AKM va kutubxonadа hisоb vа hisоbоtning аhаmiyati nimаdа?
2. Hisоb vа hlsоbоtning vаzifаlаri qаndаy?
3. Nеchtа hisоb turlаri bоr?
4. Hisоb shаkllаri qаndаy bo’lаdi?
TEST SAVOLLARI: 1.Ziyouz portali qachon tashkil topgan?
A)1959-yil
B)1965-yil
C)1967-yil
D)1911-yil
2.O‘z-nda qancha ommaviy kutubxonalar bor?
A)6565
B)6576
C)6556
D)6666
3.O‘zining harakteriga ko‘ra mavzuga bag’ishlangan sharhlar necha xil bo‘ladi?
A)2
B)3
C)5
D)8
4.Arab istilosi vaqtida qaysi fors shohi o‘z kutubxonasini asrab qola bilgan?
A)Kserks II
B)Kir I
C)Yazdigard III
D)Kirder I
5.1944-yildan buyon nashr etilgan qancha nomdagi necha ming nusxa adabiyotlarning bibliografik ma’lumotlari kompyuterga kiritildi?
A)17 nomdagi 70000 nusxa
B)18000 nomdagi 60000 nusxa
C)18000nomdagi 650000 nusxa
D)18000 nomdagi 70000 nusxa
6.Kutubxona kechalariga tayyorgarlik qachon boshlanadi?
A)Kechadan 1 hafta oldin
B)2 hafta oldin
C)3-4 hafta oldin
D)5 hafta oldin
7.Qadimgi dunyo kutubxonalari nechanchi asrda va qayerda paydo bo‘lgan?
A)eramizdan oldingi 3-2 ming yillikda Mesopatamiyada
B)eramizdan oldingi 5-4 ming yillikda Misrda
C)eramizdan oldingi 8-6 ming yillikda Rimda
D)eramizdan oldingi 5-3 ming yillikda Yunonistonda