3. Yangi adabiyotlarning electron katalogini yaratish bo’limi Respublikamizdagi mavjud bolalar kutubxonalarning bolalar uchun yangi adabiyotlar va internet sinflari bo’limlari va elektron katalogini yaratish bo‘limi “Kutubxona fondlarini jamlash tartibi haqidagi Nizom”ga muvofiq tashkil etilgan. Adabiyotlar bolalar o‘qishiga rahbarlik qiluvchilar uchun va barcha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallab jamlanadi. Kitob jamlashga yordam tariqasida jamlangungacha va joriy jamlash kartotekasi yuritilmoqda. Bo‘lim vaqtli matbuot nashrlariga obuna bo‘lishni tashkil qilib, 43 dan ortiq nomdagi vaqtli matbuot nashrlari kartotekasini yuritadi.
Bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda KBK tuzumi bo‘yicha bolalar adabiyotlariga kutubxonachilik bibliografik ishlov beriladi. Bo‘lim tomonidan quyidagi kataloglar yuritilmoqda:
Barcha kutubxona uchun alifboli katalog;
Bosh katalog;
2 - 3 sinf o‘quvchilari uchun tizimli katalog;
4 - 7 sinf o‘quvchilari uchun tizimli katalog;
8 - 10 sinf o‘quvchilari uchun tizimli katalog;
Bolalar o‘qishiga rahbarlik qiluvchilar uchun tizimli katalog;
Sarlavhalar katalogi;
Elektron nashrlar katalogi;
Lotin yozuvidagi nashrlar katalogi.
Bo‘lim xodimlari kutubxona fondini bolalar uchun chop etilgan yaxshi va sifatli kitoblar bilan to’qislash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining nashriyot-matbaa ijodiy uylari bilan, “Sharq” NMAK bilan shartnoma asosida ishlamoqdalar. Yangi chiqqan nashrlarning mavzulari axborotnomalari, mavzular rejalari tahlil etilib, kutubxonada yo‘q nashrlarga buyurtma beradilar. Vaqtli matbuot nashrlarini o‘z vaqtida qayd etib, kutubxona bo‘limlariga tarqatadilar. Yangi kelgan adabiyotlarning ko‘rigini tashkil etadilar.
Xayoriya jamg‘armalari, turli nodavlat tashkilotlar va homiylar tomonidan ham kitoblar olinib, kitob fondi boyitilmoqda.
Yangi adabiyotlarni saqlash bo‘limi: Respublikamizda mavjud bolalar kutubxonasi fondida kitob va boshqa nashrlar mavjud. Kitobxonlarning yoshlarini hisobga olgan holda, bolalar kutubxonalari uchun KBK (Kutubxona bibliografik klassifikatsiya) jadvali asosida joylashtirilgan.
Bundan tashqari bolalar o‘qishiga rahbarlik qiluvchilar (pedagoglar, ota-onalar) uchun ham kitob fondi jamlangan. Barcha kitoblar fondi uchun topografik katalog tuzilgan. Bo‘lim xodimlari kutubxonaning xizmat ko‘rsatish bo‘limlaridagi kitoblarni muntazam yangilab, to‘ldirib boradilar. Bo‘limlarning kitob zahiralarini qanday saqlanayotganligini nazorat qiladilar. Bo‘limlar fondida yo‘q bo‘lgan nashrlarni kutubxonaning kitob saqlash bo‘limidan yetkazib beradilar. Muntazam ravishda kitob fondini gigiyena qoidalari asosida saqlashga harakat qiladilar. Xonalar shamollatilib, kimyoviy dorilar bilan ishlov beriladi.