3. Elektron darslik, elektron katalo, elektron kotiblar va hususiyatlari
Kitobxonlarga masofadan xizmat ko’rsatish deganda adabiyotlarni, hujjatlarni, turli axborot manbaalarini elektron pochta yordamida kitobxonlarga yetqazib berish tushuniladi. Bazida kitobxonlarda kutubxonaga borib undan foydalanish imkoniyati bo’lmaydi. Shunday vaqtlarda AKMning masofadan ko’rsatiladigan xizmatlari ayni muddaodir.
Kutubxona xizmatlari axborot va masofaviy xizmatlari tarzida bo’lishi mumkin:
• Axborot kutubxona xizmati ariza beruvchilarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan, kutubxona organining faoliyati to’g’risidagi axborotni e’lon qilish va boshqacha tarzda tarqatish yo’li bilan ko’rsatiladigan elektron kutubxona xizmatidir.
• Masofaviy kutubxona xizmati ariza beruvchiga ariza beruvchi va elektron kutubxona xizmati ko’rsatuvchi kutubxona organi o’rtasida ikki tomonlama elektron hamkorlik yo’li bilan ko’rsatiladigan elektron kutubxona xizmatidir.
Kutubxonalardagi kutubxona xizmatlari Yagona interaktiv kutubxona xizmatlari portali orqali ko’rsatilmasada, har bir muassasa o’z web sayotida bu xizmatlarni tashkil qilmoqda. Bunda foydalanuvchi masofadan turib kutubxona fondi va kataloglari bilan tanishishi hamda buyurtmalar berishi mumkin. Bundan tashqari kutubxonalar o’zaro almashinuvi va yig’ma kataloglar tayyorlash jarayonida qatnashishi uchun ham bu xizmatdan foydalanadilar.
Masofaviy xizmat olish uchun foydalanuvchi (kitobxon yoki tashkilot nomidan murojaat qiluvchi shaxs) kutubxona web-sayotiga tashrif buyurib, undagi interaktiv xizmat olish shaklini to’ldiradi (16.1-rasm). To’ldirilgan shakldagi murojaat ikki yo’nalish bo’ylab yuboriladi. Birinchisi, kutubxonada joriy etilgan axborot tizimi. Bu tizim avtomatik ravishda murojaatni qabul qilib, ma’lumotlar bazasidan (odatda, elektron katalogga va u orqali to’liq matn bazalariga) murojaatda so’ralgan ma’lumotlarni qidiradi. Ikkinchisi, axborot tizimidan olinmaydigan xizmatlar uchun bo’lib, web-sayotdan kelgan murojaatni kutubxona xodimi qabul qilib oladi va qo’lda bajaradi. Har ikki holatda ham (birinchi holatda avtomatik ravishda, ikkinchi holatda esa qo’lda) murojaatga tayyorlangan javob web-sayotdagi foydalanuvchi kabinetiga yuboriladi. Foydalanuvchi shu kabinetdan o’zining murojaatiga berilgan javobni oladi.