Elektron darslik bu yuqori ilmiy, uslubiy texnik darajada yaratilgan, oddiy darslikni qisman o’zgartiradigan yoki to’ldiradigan o’quv elektron nashridir.
Elektron darslik audio va video yozuvli, grafikli va animatsiyali bo’lishi mumkin. Elektron darslik oddiy darslikka nisbatan kitobxonga ko’proq mavzini yoritib bera olishi shart.
Elektron katalog - elektron kutubxonaning asosiy elementi hisoblanadi. Elektron katalogi bo’lmagan elektron kutubxonani «elektron kolleksiya» deb atash mumkin. Elektron kutubxo-na fondi elektron shakldagi resurslardan iborat bo’lgani sababli, elektron resurslar tavsifmi tuzishga mo’ljallangan «Dublin yadrosi» metama’lumotlaridan foydalanilishi maqsadga muvofiq. Ma’lumki, an’anaviy kutubxona kataloglari kutubxona fondidan alohida joyda saqlanadi va katalog kitoblar fondini kitobxonga ochib berishga xizmat qiladi. Kitobxon katalogdan foydalanishi uchun kutubxona-ga borishi kerak1. Elektron kutubxona elektron katalogining har bir elektron kartochkasi elektron kutubxonadagi har bir hujjatga bog’langan bo’ladi va undan masofadan turib foydalanish mumkin.
Kutubxona ishida yig’ma katalog deb atalgan kataloglar-ning ahamiyati katta. Kataloglarning yuqorida ko’rib chiqilgan turlaridan farqli o’laroq, yig’ma kataloglar bir necha musta-qil kutubxonalarning fondlarini aks ettiradiki, bu kutubxonalar o’rtasida kitobxonlarga xizmat ko’rsatishda muayyan o’zaro yor-dam ko’rsatishni tashkil qilish maqsadga muvofiq1. Jumladan, bir shahar yoki tumandagi, bir viloyat yoki respublikadagi kutub-xonalarning fondlarini aks ettiruvchi territorial yig’ma kataloglar; bilimning bir tarmog’iga yoki bir ixtisosga doir kutubxonalarning fondlari uchun tarmoq yig’ma kataloglari, bir idora, muassasa yoki tashkilotga tegishli kutubxonalarning fondlari uchun rasmiy yig’ma kataloglar tuzilishi mumkin. Yig’ma kataloglar ba’zan bunday belgilarni o’zlarida birga aks ettirishlari mumkin, masa¬lan, bir shahar kutubxonalarining tibbiyotga doir adabiyoti uchun tuzilgan yig’ma kataloglar ayni vaqtda ham territorial, ham tar¬moq kataloglari bo’ladi.