Ilmiy uslubiyot va maktab axborot resurs markazlari mutaxassislari malakasini oshirish bo‘limi Ilmiy uslubiyot va maktab axborot resurs markazlari mutaxassislari malakasini oshirish bo‘limi kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishda yangi shakl va usullarni qo‘llanishni yo‘lga qo‘yish, kutubxona xizmatini yangi texnologiyalar asosida olib borish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatadi.
Bolalar va maktab o‘quvchilarining o‘qishiga raxbarlik qiluvchilar, pedagog o‘qituvchilar, maktab kutubxonachilari va ARM mutaxasisslari uchun dolzarb mavzular, unutilmas sanalar, yozuvchilarning yubileylariga bag‘ishlangan uslubiy qo‘llanmalar tayyorlaydi va viloyat ARMlariga yuboradi.
Ilmiy uslubiyot bo‘limi xodimlari doimo boshqa kutubxonalarning ilg‘or ish tajribalarini, axborot texnalogiyalarni yangi yo‘nalishlarini o‘rganadi va boshqa kutubxonalarga tadbiq qiladi. Kutubxonachilarning kasb maxoratini oshirish maqsadida axborot resurs markazlari rahbarlari, mutaxasisslari bilan muntazam ravishda seminar o‘tkazib boradi.
Malaka oshirish instituti, madaniyat instituti va madaniyat kolleji talabalari uchun ilmiy-uslubiy maslaxatlar beriladi va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishni tashkil qiladi.
Bolalar kutubxonalarida yosh kitobxonlar bilan ishlashni yaxshilash, yoshlar o‘rtasida kitobga bo‘lgan qiziqishni kuchayotirish maqsadida “Eng faol kitobxon”, “Eng yaxshi kitobxon oila” ko‘rik-tanlovlarini tayyorlaydi va o‘tkazib boradi.
Har yili “XXI - asrda bolalar kitobxonligi” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazishni tashkil qiladi. Konfirensiya ma'lumotlarini jamlab to‘plam chiqaradi.
Bo‘lim xodimlari shahar va viloyat ARMlari, maktab kutubxonalarini ish faoliyatini o‘rganish maqsadida xizmat safarlariga chiqadilar va uslubiy, amaliy yordam ko‘rsatadilar.
Jahon axborot resurslari va yangi texnologiya bo‘limi: Kutubxona faoliyatiga yangi texnologiyalarni joriy etish va kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishning yangi usullarini yaratish maqsadida kutubxonada 2001 yilda bu bo‘lim tashkil etildi.
Bo‘limning bugungi ish uslubi va faoliyati O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-381-sonli qarorini bajarishga qaratilgan. Shu maqsadda bolalar va o‘smirlarni o‘qishga jalb qilishning turli shakllarini joriy qilish, jumladan, elektron kutubxona, Internetga integratsiyalash, kitob va video madaniyat sintezini shakllantirish va boyitishdan iborat. Bolalarning axborotni qabul qilishdagi xususiyatlarini hisobga olgan holda yangi axborot va kompyuter ko‘nikmalarini “o‘qish, eshitish, ko‘rish” shaklida yetkazishga qaratilgan.
Shu maqsadda, bolalar kutubxonalariga Yaponiya hukumati tomonidan madaniyatni rivojlantirish va kelajak avlodni tarbiyalashga ko‘maklashashish maqsadida beg‘araz granti asosida 28,6 million iyen hisobida audiovizual jihozlar ajratildi. Bu kutubxona ishini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Bu audiovizual jihozlardan ko‘zi ojiz va harakati cheklangan bolalar va o‘smirlar xam foydalanishlari mumkin. Shuningdek kutubxonada bu jihozlardan lingafon xonasi tashkil etilib: DVD, naushniklar va yassi ekranlar qo‘yilgan. Ular yordamida bolalar Jahon klassik va milliy musiqali asarlarlarni eshitishlari yoki axborot texnologiyalari yordamida til o‘rganishlari, maktabgacha bo‘lgan bolalar o‘qishlarini tashkil etish mumkin.
Bundan tashqari o‘quv zalida bu texnikaning asosiy qismi joylashtirilgan - bu yerda videoproyektor, elektrifitsialangan ekran, DVD, videomagnitafon, audiokuchayotirgich va mikrafonlar qo‘yilgan. Bu uskunalar yordamida xalqaro konferensiyalar, seminar-treninglar, taqdimotlar, olimlar, yozuvchilar, madaniyat xodimlari, san'atkorlar va boshqa insonlar bilan uchrashuvlarni zamonaviy va yuksak miqyosda o‘tkazish imkoniyatini beradi.
Bo‘limlarda Pentium - 4 kompyuterlari bilan ta'minlangan. Barcha kompyuterlar ADSL texnologiyasi orqali internet tarmog‘iga ulangan. Bu kitobxonlar uchun ko‘proq axborotlar olish imkonini bermoqda. Bo‘lim xodimlari bolalarga kompyuterdan foydalanish qoidalarini o‘rgatadilar. Bo‘limda “Kompyuter kutubxonasi” tashkil qilingan. “Kompyuter kutubxonasi” turli fan sohalari bo‘yicha referatlar va tematik uy vazifalarini bajarishga yordam beradi. Bu yerda axborot texnologiyalariga oid yuzdan ortiq jurnallar, kompyuter savodxonligiga oid ilmiy-ommabop nashrlar darsliklar va qo‘llanmalar jamlangan.
Axborot texnologiyalari keng rivojlangan hozirgi kunda, internet tarmog‘ida Respublika bolalar kutubxonasi jamoasi tomonidan o‘zbek tilidagi Kitob.uz sayoti tashkil etildi.