2.1.Ozodlik va milliy davlatchilikning tiklanishi uchun kurashlar “Turkiston Muxtoriyatining o`ziga xos xususiyati va tarixiy ahamiyati shundaki, o`lkaning ko`p asrlik tarixi mobaynida ilk bor demokratiyaga asoslangan milliy demokratik davlat tuzildi”.1.
Shahar Dumasiga saylovlar yakunlari Turkiston aholisining musulmon qismi faollashuvi darajasini va siyosiy ongi o`sayotganini ko`rsatdi.Bunday sharoitda o`z taqdirini o`zi belgilash jarayoni rivojlana boshladi.Buni Turkistondagi siyosiy vaziyatni bayon etgan turkshunos G.Safarov shunday qayd etadi…”1917-yil sentabrida ishchi va soldat ommasi sifatidagi rus milliy imtiyozli kamchilikning inqilobiy intilishlari o`rtasidagi qarama-qarshilik yuzaga qalqib chiqdi.Birlariga eski shahar va qishloq o`rniga bo`lsa ham, non va ozodlik kerak edi”. 1917-yil yoziga kelib fevraldan keyingi rivojlanish jarayoni yangi bosqichga kirdi. Umummilliy bo`hronning yetilishi uning o`ziga xos belgisi edi.Muvaqqat hukumatning yarim yillik faoliyati mamlakat xo`jaligini vayronagarchilikka olib keldi.Turkiston o`lkasini og`ir iqtisodiy inqiroz qamrab oldi.Oziq – ovqat yetishmovchigi xalq boshiga tushgan eng og`ir kulfatlardan biri bo`ldi.Bu muvaqqat hukumatning biron-bir yo`l bilan xalq ahvolini yaxshilashga noqobilligidan guvohlik yubordi.Ocharchilik tufayli o`lim hollari tobora ortayotgani haqidagi tashvishli ma`lumotlar turli joylardan kela boshladi. “Hurriyat”, “Kengash” gazetalarida e`lon qilingan xabarlar bundan guvohlik beradi.
Kuchayib borayotgan ocharchilik va ishsizlik davom etayotgan imperialistik urush, ortib borayotgan milliy zulm va ezib ishlatish mehnatkash omma noroziligiga sabab bo`lgan omillardan biri bo`ldi.Bularning barchasi ham markazdagi, ham joylardagi inqiroz bilan bog`liq edi.Shu bois hokimiyat haqidagi masala birinchi o`ringa chiqdi.
Muxtoriyatning bundan keyingi taqdiri deb hisoblanadi, milliy demokratlar, ayni hokimiyat masalasiga bog`liq.
Toshkentning yevropaliklar yashaydigan qismida bolsheviklarning ta`siri kuchli edi. Ishchi va soldat deputatlar sovetining 30-avgustda bo`lib o`tgan kengaytirilgan yig`ilishida Kornilov isyoni haqidagi masala muhokama qilinayotganda toshkentlik bolsheviklar butun hokimiyatning sovetlarga berilishini talab qilishdi.Toshkent ishchi va soldat deputatlari soveti qat`iy aynan inqilobiy xalq hokimiyatini hat tomonlama qo`llab-quvvatlashni qat`iylik bilan bildirdi. 1917-yil 8-sentabrda Toshsovet ikkinchi zarbaga uchradi.Bu hol Toshsovet a`zosi X.L.Vaynshteyn taklif etgan qarori muhokama qilinayotgan Turksovet o`lka va Sirdaryo viloyat sovetlarining birlashgan majlisida yuz berdi.Toshkentdagi yirik korxonalar bosh temir yo`lustaxonalari harbiy qismlarda bolsheviklarning keng targ`iboti ta`sirida ular tomonidan hokimiyatni sovetlarga berish va inqilobiy qo`mitalarni tashkil etish haqidagi qarorlar qabul qilindi. (“Rabochiy delo”.1917.10-sentabr.).
O`lka hokimiyatini tashkil etish haqidagi masalani qo`ydi. Unda quyidagi mazmunda qaror qabul qilindi: ikkinchi turkiston o`lka umummusulmonlar syezdi soldat va ishchi deputatlari sovetlariga hokimiyatni berishga qarshi chiqdilar. Hokimiyat mamlakatning barcha kuchlariga tayanmog`i ya`ni umumxalqniki bo`lmog`i lozim.
(“Kengash” 1917-yil 12-sentabr.) Mahalliy matbuot sahifalarida muhokama qilingan milliy masalalarda muxtoriyatchilar o`z munosabatlarining asosiy harakatlari haqida qat`iy fikrlarini bildirdilar. II Musulmon syezdi komissarlar haqida fikr yuritar ekan, rais etib saylangan Ubaydulla Xo`jayev Rossiyada chiqadigan “Yedinstvo”
Gazetasiga intervyu berib, shuni ta`kidladiki, “Xalqlarning o`z taqdirini o`zi belgilash erkinligi haqidagi ulug` inqilobiy shior u kafolatlangan barcha erkin hayotni o`z ichiga oladi. (“Yedinstvo”. 1957-yil. 7-sentabr”).
Turkistonliklar ayniqsa toshkentlik ishci – soldatlar bolshevistik targ`ibot ta`sirida tobora radikallashib bordilar. 12-sentabrda Aleksandr bog`ida birinchi va ikkinchi Sibir polklari, soldatlari, temiryo`lchi ishchilar va boshqalar ishtirok etgan namoyish bo`ldi.
Oziq-ovqat muammolatini muhokama qilishdan boshlangan namoyish bolsheviklar ta`sirida siyosiy xususiyat kasb etdi.
Namoyish RSDRP(b) IV syezdining iqtisodiy negizi asosida ishlab chiqilgan bolshevistik qarorini qabul qildi. Uni bajarilashining asosiy shart-sharoiti sifatida barcha hokimiyatning ishchi – soldat va xristian deputatlariga olg`a surildi. Toshkent ijroqo`mi tomonidan amalga oshirilgan mahalliy to`ntarish natijasida muvaqqat hukumatning o`lka vakillari hokimiyatini ag`darib tashlashga urinishlar bo`ldi. Bu bilan Toshkent bolsheviklari Turkistonni fuqarolar urushi ostida qoldirdi. O`lkaning ko`pchilik ishchi va soldat deputatlari sovetlari boshchiligidagi bolsheviklar tomonidan hokimiyatning egallab olinishini qoraladilar. Jumladan, Farg`ona viloyati soveti ishchi xristian soldatlarga barcha rus va musulmon aholisiga o`zining “Muvqqat inqilobiy qo`mita” deb atovchi o`zboshimcha tashkilotining hech qanday farmoyishini tan olmaslik, shuningdek, o`ziga qo`shinlar qo`mondoni lavozimini noqonuniy o`zlashtirib olgan Perfilyevning barcha buyrug`lari ko`rsatmalari bajarilmasin deya murojaat etdi.
Inqilobiy qo`mitalar Toshsovetga qarshi Namangan, Qo`qon, Samarqand va boshqa shaharlar sovetlari ham bunday norozilik qarorlarini chiqardi. O`lkamussho`ro “Sho`roi Ulamo”, “Turk federalistlari” partiyasi va boshqa milliy tashkilotlar sentabr voqealarining dastlabki kunlaridanoq inqilobiy qo`mitaning hokimiyatni egallab olishini qoraladilar va uning hatti-harakatlarini musulmon manfaatlari va huquqlarini inkor etish sifatida baholadilar.Keskin o`zgargan siyosiy sharoitlarda Toshkentda 13-sentabr kuni Turkiston o`lka tashkilotlarining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda fikr almashinuvidan so`ng Turkiston o`lka tashkilotlari soldat, ishchi, xristian, qirg`iz va umummusulmon deputatlari sovetlarini qo`shish va birlashtirish haqida bir ovozdan qaror qabul qilindi. Olkamussho`rodan birlashgan qo`mita qatoriga Ubaydulla Xo`jayev va Mustafo Cho`qayevlar kiritildi. Biroq, demokratik kuchlarning bu birlashmasi birgalikda uzoq harakat qila olmadi, chunki, Toshkentda harbiy holat joriy qilingandan so`ng sovetlar boshqa shaharlarga ko`chirildi. Jumladan, ishchi va soldat deputatlari o`lka soveti 14-sentabrda Skobel shahriga ko`chib o`tdi. O`lkamussho`roning ko`pchilik a`zolari keyinchalik, Qo`qonga ko`chob o`tishdi.Sentabr voqealari Turkistondagi siyosiy jarayonlarning keyingi yo`liga chuqur ta`sir ko`rsatdi. “Sentabr isyonidan keyin butun Turkiston bo;ylab yuzaga kelgan boshboshdoqlik va umumiy hokimiyat inqirozi sharoitida musulmonlar o`zlarining Erkparvarlik intilishlarini amaliy bajarish imkoniyatini ko`rdilar.
Muxtoriyatchilik harakati o`z rivojlanishida yangi bosqichga kirdi. “Sho`roi Ulamo” va “Xaloyiq” jamiyatlari tashabbusi bilan Toshkentda 17-20-sentabrda Turkistonlik va qozoq musulmonlari syezdi bo`lib o`tdi.Unda 500dan ziyod delegatlar ishtirok etdi.Qurultoyda “Sho`roi Ulamochilar” yo`lboshchisi Sherali Lapin kirish nutqi so`zladi. U kun tartibini o`qib eshittirdi va ishchi hay`at saylashni taklif etdi.Syezdning kun tartibi quyidagi masalalarni qamrab oladi.
1 Turkiston o`lkasining bo`lg`usi siyosiy qurilishi.
2 Oziq – ovqat masalasi.
3 Yer va suvdan foydalanish.
4 Sud.
5 Maktab masalasi.
6 Masjidlarni boshqarish.
7 Vaqf masalasi.
8 Zemstvo haqida.
9 Xotin – qizlar masalasi.
10 Musulmon siyosiy partiyalarini tashkil etish.
11 Musulmon o`lka sho`rolarni tashkil etish.
12 Musulmon aholisini o`lkani ma`muriy boshqarishga jalb etish.
13 Ta`sis masalasi haqida va boshqa masalalar.
Syezdning butun ishi birlashtirish, o`lka miqyosida birlik o`rnatishga intilish,ta`sis majlisi saylovlariga tayyorgarlik o`ta g`oyaviy qarashlardan qat`iy nazar, Rossiyalik musulmonlardan munosib kishilarni ko`rsatish ruhida o`tdi.Turkiston va qozog`iston musulmonlariga siyosiy rahbarlik uchun “Sho`roi Islimiya”, “Turon” va boshqa tashkilotlar o`rniga yagona “ittifoqi muslimin” partiyasini tashkil qilish haqida qaror qabul qilindi.
Hokimiyatning ijroiya organi sifatidagi respublika hukumati o`z faoliyatini alohida kotibiyat orqali amalga oshiradigan bo`ldi.Kotibiyatning hatti-harakatlarida esa Turkiston federal parlamenti oldidagi ma`suliyati ko`zda tutildi.Syezd harakatlarida Turkiston federatsiyasi pul bosib chiqarish, bojxona, federativ bank,tinch paytda federatsiyaning chet el davlatlari bilan chegaralarni qo`riqlashuchun o`zining militsiya va qo`shiniga ega bo`lish ko`zda tutildi. Urush paytida tashqi chegaralarni qo`riqlash uchun o`zining militsiya va qo`shiniga ega bo`lish ko`zda tutildi.Urush paytida tashqi chegaralarni qo`riqlash Rossiya respublikasi hukumati tomonidan amalga oshirilardi. Bu holatda Turkiston federatsiyasi qo`shini komanda munosabatida Rossiya respublikasi ixtiyoriga to`liq o`tadigan bo`ldi. Sotsial – demokratlarning radikallashgan guruhlari rus ishchi va soldatlarini qo`llab-quvvatlashga tayanib hokimiyatni har qanday vositalar bilan egallab olishga o`z da`volarini to`xtatmadi.Bolsheviklarning hokimiyatni radikallashgan sovetlarga berishga qat`iy intilish nafaqat mahalliy aholi Turkiston yevropalik jamoasini demokratik kuchlar orasida salbiy munosabat uyg`otdi. Bu hol 1917-yil 10-sentabrdan 10-oktabrgacha bo`lib o`tgan turkiston ishchi va soldat deputatlarining II-favqulodda syezdi ishlagan kunlarda ayniqsa, aniq ko`zga tashlandi.Oktabr to`ntarishi Rossiya davlati va Turkiston tarixida yangi sahifani ochdi.Ma`lumki, 1917-yil 25-oktabrda Petrogradda qurolli qo`zg`olon amalga oshirildi.O`sha kuni kech soat 5 da Toshsovetijroqo`mning yashirin majlisida o`lkada qurolli chiqish rejasi muhokama etildi. 28-oktabrda ertalab soat 6da yangragan bosh temir yo`l ustaxonalari gudogi Toshkentda oktabr to`ntarishi boshlanganidan darak berdi. Shundan so`ng butun hokimiyat Toshsovetga o`tdi. 1-noyabrda Toshsovet temiryo`l liniyasi orqali quyidagi telegrammani yubordi: “Sovet butun hokimiyatni qabul qildi.hokimiyatni o`z qo`lingizga olingiz! “ Petrogradda bolshevistik qo`zg`olonning g`alabasi va sovet hokimiyatining hujjat va dekretlari Turkiston siyosiy hayotida murakkab jarayonlarga sabab bo`ldi. Bu paytga kelib uch asosiy yo`l ajralib chiqdi.
Birinchisi, mahalliy aholining keng qatlamlari manfaatlarini o`z ichiga olgan bo`lib, milliy o`z taqdirini o`zi belgilashga oid huquqini ta`minlashda o`z ifodasini topdi.
Ikkinchi, siyosiy yo`l Rossiya tarkibida cheklangan muxtor huquqlarni beruvchi demokratik jarayonlarni kengaytirishga qaratilgan edi.
Uchinchisi, lenincha yo`l –yagona sovet imperiyasi makonida xayoliy kommunistik jamiyatni barpo etishga yo`naltirilgan bo`lib, biroq dastlabki paytda lenioncha rahbariyat o`zining asl maqsadlarini, turli vositalar yordamida niqoblashga intilgan edi.
Bolshevistik markaziy rahbariyat davlatchulik siyosatini davom ettirdi.Bu hol mahalliy kommunistlarning ochiqdan-ochiq harakatlari tufayli yanada chuqurlashdi.Petrograd va Toshkentda bolsheviklarni Hokimiyatni egallash haqidagi xabari joylarda turlicha qabul qilindi.Toshkentga qarama-qarshi mazmundagi telegrammalar kela boshladi.Ularning ba`zilari ushbu voqeani ma`qulladi, boshqalari esa salbiy munosabat bildirdi.Musulmon yo`lboshchilarining munosabatini milliy matbuot sahifalarida e`lon qilingan sahifalarda bilish mumkin.Jumladan, “Hurriyat” gazetasi oktabr to`ntarishining dastlabki kunlaridayoq mamlakatdagi siyosiy vaziyat haqida xabarlar berdi ayni toshkentda yuzaga kelgan vaziyatdan tashvishga tushgan o`lka demokratik tashkilotlari 2-noyabrda muvaqqat o`lka hukumatini tashkil etish masalasiga bag`ishlangan birlashgan majlisini o`tkazdi. Majlis a`zolarining bir qismi qamalgan, bir qismi qochib yashiringan. Turkiston muvaqqat qo`mitasi bilan birgalikda darhol 9 kishidan iborat Turkiston qo`mitasini tashkil etish fikriga keldi. Ulardan 3 vakil ishchi va soldat deputatlari, o`lka sovetidan 1 vakil, musulmon deputatlari o`lka sho`rosidan 1 vakil, qirg`iz deputatlari o`lka sovetidan 1 vakil, eserlar partiyasi Mkdan 1 vakil , sotsial demokratlar partiyasi o`lka byurosidan saylandi.Qo`mitada 21 kishidan iborat kengaytirilgan demokratik kengash tashkil etildi.Undan atigi 2o`rin o`lka musulmonlariga ajratildi.7-noyabrda barcha demokratik tashkilotlar hamda soldat, ishchi, xristian, qirg`iz va musulmon deputatlari sovetlari sotsialistik partiyalar o`lka syezdi chaqirilajagini bildirib o`lkaning barcha shaharlariga telegramma orqali xabar yubordi.
Uchinchi o`lka sovetlar syezdi arafasida bir qator muhim voqealar ro`y berdi. 12-noyabrda Toshkentda o`lkaning turli shaharlaridan kelgan musulmon delegatlari ishtirok etgan o`z-o`zini boshqaruv vakillari syezdi o`z ishini boshladi.
Shu kuni Rossiyaga ta`sis majlisiga saylovlar boshlandi.Ular 75 saylov okruglarida bir necha hafta davom etdi. Yosh senzi harbiy xizmatchilar uchun 18 yoshni va fuqarolar uchun 20 yoshni taklif etdi.Mulkiy, o`troqlik, savodxonlik va boshqa senzlar ko`zda tutilmadi, xotin-qizlarga teng saylov huquqi berildi.Shuni ta`kidlash lozimki, saylovlar Rossiyaning hamma rayonlarida sovet hokimiyati o`rnatilmagan bir sharoitda olib borildi. 12-15-noyabrda o`tkazilgan
“Turli musulmonlar guruhlarining birlashgan majlisi” o`sha kunlardagi sezilarli voqealardan bo`ldi. Mazkur majlisda ko`zda tutilganidan ko`p ishtirokchilar qatnashgani uchun unga III-o`lka musulmonlar syezdi maqomini berish zarur deb topildi.Milliy musulmon tashkilotlarining Yo`lboshchilari o`lka aholisining ko`p millatli tarkibini hisobga olishga doimo demokratik tamoyillarga rioya qilish fikrini uqtirdilar.
Toshkentda 15-noyabrda ishchi, soldat va krestyanlarning deputatlari sovetining III-o`lka syezdi o`z ishini boshladi. Davlat hokimiyati tuzilishi haqidagi masala uning diqqat markazida bo`ldi.Syezd qizg`in bahslar uyg`otdi, unda yetakchi siyosiy birlashmalarning o`lka kelajagi haqida fikrlari tugal oydinlashdi.
Turkiston mahalliy aholisining o`z taqdirini o`zi belgilash huquqini ta`minlashga bo`lgan siyosiy irodasi, sovet hokimiyatiga qarshi keskin noroziligiga IV-favqulodda Turkiston o`lkasi musulmonlari syezdi qarorlarida o`z aksini topdi. U 1917-yil 26-noyabrda Qo`qonda o`z ishini boshladi.Syezdda yetilgan nomalar ancha oldin yuborildi.Biroq ular pochta telegraf xizmatchilarining cho`zilgan ish tashlashi (zabastovkasi) tufayli joylarda kechikib olindi.
Musulmonlar qurultoyi ochilishi arafasida 25 noyabr kech soat 7da “Sho`roi Islomiya”ning Qo`qondagi qarorgohida majlis bo`lib o`tdi.
Unda mandat komissiyasi va hay`atining taxminiy tarkibi masalalari ko`rib chiqildi.
Syezd tomonidan Turkiston Muxtoriyati e`lon qilinib, davlat tuzilmalari shakllana boshlagani ulkan ahamiyatli voqea bo`ldi. Umummusulmon syezdi tomonidan Turkiston Muxtoriyatining tashkil etilishi o`lka bo`ylab katta shov-shuvlarga sabab bo`ldi. 1-dekabrda Namangan uezdida 10 mingga yaqin kishi ishtirok etgan namoyish bo`lib o`tdi. “Yashasin Muxtoriyat va uning hukumati! ” deb yozilgan bayroqlar o`quvchilar qo`lida hilpirar edi.(“Ulug` Turkiston.”1917, 13-dekabr).
Milliy davlatchilikning qaror topishini jo`shqin muborakbod etib, matbuotda taniqli ma`rifatparvarlar, diniy,jamoat va siyosat arboblariga birin-ketin chiqishlarqilib, muxtoriyatni tabrikladilar. Ular orasida Behbudiy, Mirmuhsin Shermuhammad o`g`li, Abduhamid Cho`lpon, Hamza, Kabir Bakirov, Islom Shoahmedov va boshqalar bor edi.
Turkiston xalqining muxtoriyat uchun olib borgam kurashida
1917-yil 17-dekabrda bo`lib o`tgan voqealar tubdan burilish nuqrasi bo`ldi.Shu kuni inqilobdan so`ng Turkiston zaminida ilk marotaba xalq qoni to`kildi.Turkiston Muxtoriyatining muvaqqat hukumatni mabludi sharif bayrami kuni, ya`ni 13-dekabrni “Turkiston muxtoriyatinig milliy Jamg`armasiga pul yig`ish kuni deb e`lon qildi hamda bu mablag` mustaqillik va ozodlikni mustahkamlashga xizmat qilishni boshladi.
Bayram arafasida Toshsovetga eski shahar aholisi nomidan miting va namoyish o`tkazish uchun ariza tushdi.Toshsovet qaroriga ko`ra, miting va namoyish Toshkentning eski shahar qismida o`tkazilishi ma`qullanib, yangi shaharga o`tkazishga ruxsat berilmadi. “Nasha gazeta”ning axborotiga ko`ra, Toshsovet aholisining keng ommaviy rus aksilinqilobchi to`dalarning nayranglariga uchib, Ko`r-ko`rona ravishda jabrdiyda bo`lib qolmasligining oldini olgan (Nasha gazeta”1917,15-dekabr)
Bolsheviklarning ikkiyuzlamachilik siyosati Turkistonda muxtoriyat uchun milliy harakatning rahbariga yaxshi ma`lum edi.
Shu jihatdan U.Xo`jayevning IV-musulmon syezdi ish kunlaridagi nutqi diqqatga sazovordir. U bolshevistik hokimiyat tomonidan milliy masalaning hal etilishi istiqbollariga baho berib, shuni haqqoniy ta`kidlagan ediki, “Rossiyada haqiqiy hukumat yo`q.Rossiya hududida yashovchi barcha millatlar bolsheviklar bilan kurashga otlangan. Butun Rossiya ta`sis majlisini chaqirich haqidagi vazifalar faqat quruq gap ekanini ko`rsatar edi. Faqat Turkiston muxtoriyatini mustahkamlash bilangina, ko`zlangan ozodlikka erishish mumkin edi.Shu jihatdan olganda eng asosiysi , xalq ommasi demokratik siyosat partiya va harakatlarni faol qo`llab-quvvatlashni ta`minlash, shuningdek, Xalqdan ishonch mandatini olish yo`li bilan shakllanayotgan davlat tuzilmasini qonuniylashtirishda ko`rindi.Musulmon, ishchi, soldat va deputatlarning I-favqulodda syezdi shu talablarga javob berishi kerak edi.
Bu syezd 1917-yil 25-dekabrda Qo`qonda ochildi.Unda Turkistonda hokimiyat va boshqaruv shaklini belgilash ko`zda tutildi.
Ma`lumotlarga ko`ra syezdda 200ga yaqin vakil qatnashdi: 93 kishi Farg`ona viloyatidan, 40 kishi Samarqanddan, Buxorodan 4 kishi va hokazo..Syezd qatnashchilari 13-dekabrda halok bo`lganlar xotirasi uchun Qur`on tilovat qildilar.Shundan so`ng delegatlar hay`at tarkibini saylashga kirishdi.Uning tarkibiga jumladan, Abdulla Avloniy va Sanjar Asfandiyorov kiritildi.Bir necha kunlik bahslardan so`ng,syezd 1917-yil noyabr oyida umummusulmonlar syezdida tuzilgan muvaqqat hukumatni qo`llab-quvvatlash, uning tarkibidagi musulmon, ishci, soldat va krestyan deputatlari syezdida saylangan vakillarni kiritishga qaror qildi.Shuni ta`kidlash lozimki, o`sha kunlarda syezdda V.I.Lenin huzuriga maxsus vakillar yuborish masalasi ham muhokama etildi.Zotan, sovet hokimiyatining rahbari shaxsan o`zi turkistonliklarga muxtoriyat qanday bo`lishini tushuntirib beradi deb umid qilindi.Biroq, syezd oxir – oqibatda Petrograddagi xalq komissarlar sovetiga telegramma yo`llaydigan bo`ldi.
Toshkentdagi sovet hokimiyati vakillari Qo`qondagi voqealarni diqqt bilan kuzatibgina qolmay, balki uning rivojiga o`z ta`sirini o`tkazishga boshlaydi.O`lka syezdi shuni ham ta`kidlaydiki, Turkiston musulmonlarining IV favqulodda syezdi, burjuaziya syezdi bo`ldi degan bolsheviklar tomonidan aytilgan gaplar haqiqatga to`g`ri kelmaydi. Zotan, 27-noyabrdagi syezd, u musulmonlar syezdi bo`lib, unda butun aholi vakillari qatnashdi. “Milliy sho`ro” ya`ni butunRossiya musulmonlari ijroqo`mi muxtoriyatchilarning shakllangan milliy demokratik davlat rahbariyat sifatida tan olish, haqidagi talablarni qo`llab-quvvatladi.Farg`ona ulamolari “Hadis”dan musulmon ummati birligi to`g`risidagi aytilgan so`zlarni misol keltirib Toshkentliklarni Qo`qonda tashkil topgan muxtoriyardan ayrilmaslikka ittifoq va birlikka chaqirdilar. Shularni fikr qilish mumkinki, bu kelishmovchiliklar Turkiston Muxtoiyati bundan keyingi taqdiriga muayyan darajadagi salbiy ta`sir ko`rsatdi.O`sha kunlarda musulmonlarning ko`p ming kishilik mitingi haqida hikoya qilib, u qabul qilgan qarorda yig`ilgan o`zboshimcha muvaqqat hukumat hokimiyatni tan olmaydilar deb bayon etilganini tasdiqlaydi. (“Nasha gazeta”, 1917-yil, 18-yanvar)