Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti


O‘zbekistonda xristian dinining rivojlanishi tarixi va hozirgi zamon



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə24/72
tarix26.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197564
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respubl

O‘zbekistonda xristian dinining rivojlanishi tarixi va hozirgi zamon. Hozirgi kunda mamlakatimizda bir necha xristianlik oqimlari faoliyat olib borayotganligiga, uchinchi savolni yoritishda talabalar diqqatini xristianlikning ham zardushtiylik, buddizm kabi O'rta Osiyo xalqlari tarixida o'ziga xos o'rni bor ekanligiga tortish lozim. Bu din O'rta Osiyoga, xususan, O'zbekistonga ikki yo'l bilan kirib kelgan: Bunga, bir tomondan, xristianlikka da'vat etuvchi missionerlarning targ'ibotchilik faoliyati, ikkinchi tomondan, O'rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi va xristian diniga e'tiqod qiluvchi aholining bu xududga ko'plab ko'chib kelishi sabab bo'ldi. Bu din missionerlari O'rta Osiyoning turli viloyatlariga milodning III asrlarida kirib kelganlar. Macalan, 280 yilda Taroz (Merke) cherkovlari qurilib bo'lgan. Samarqandda(310 yildan), Marvda (334 yildan), Xirotda (430 yildan). Xorazmda va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida yepiskoplik va missiyalar tug'ilgan. Keyinchalik Samarqandda, Marvda (430 yillar), Xirotda (658 yillar) yepiskoplikdan iborat diniy-hududiy jamoalar, birlashmalar tashkil bo'lgan. Xurosonliklar va sug'diyonaliklar zardushtiylar, monaviylar, buddistlar bilan bir qatorda xristianlar ham bo'lganlar. Ular Sosoniylar va qoraxitoylarga qarashli yerlarda yashaganlar. Markaziy Osiyo hududida islomning tarqalishi davrlarida islom bilan xristianlik o'rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar keskinlasha boshladi. Biroq X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo'lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda ham (973—1056) Marvda pravoslav mitropoliyasi bo'lgan. XIX asrning 70—yillari O'rta Osiyo mintaqasiga pravoslaviya bilan bir qatorda boshqa oqimlarning tarafdorlari ham kirib kela boshladilar. Ular ortidan turli sektalarga mansub dindorlar, masalan, baptistlar, adventistlar, katoliklar va boshqalar ham paydo bo'ldi. 1879 yil 27 martda Rossiya imperatorining maxsus qonuni e'lon qilingach, bu jarayon yanada faollashdi. Rossiya armiyasi tomonidan Birinchi jahon urushida asr olingan nemis, polyak, eston, shved, litvalik, latish va boshqa g'arbiy yevropalik askarlarning Turkiston o'lkasiga surgun qilinishi ular e'tiqod kiladigan din yoki oqimning kirib kelishiga sabab bo'ldi. Bu, o'z navbatida, yevropalik asirlar orasida diniy jamoalar tuzish hamda cherkovlar paydo bo'lishiga olib keldi.
Xorijliklarning bunday faoliyati asrimizning taxminan 20—30 —yillariga qadar davom etdi. XX asr boshlariga kelib Turkiston general — gubernatorligida 6,03 million musulmonga 391 ming pravoslav yoki 5340 masjidga 306 cherkov to'g'ri kelgan. Bundan tashqari, e'tiqod jihatidan 10,1 ming pravoslav oqimiga mansub staroobryadchilar, 8.2 ming lyuteranlar, 7.8 ming katoliklar, 26 ming yaxudiy diniga va 17,1 mingga yaqin boshqa oqimlarga mansub dindorlar bo'lganlar.
Pravoslav yo'nalishi O'zbekistan hududiga Rossiya orqali kirib kelgan. 1871 yil 4 mayda Rossiya imperatori tomonidan Toshkentda Turkiston (hozirgi vaqtda O'rta Osiyo va Toshkent) yeparxiyasini ochishga qaror kilindi. 1880 yillarga kelib rus pravoslav cherkovi (RPCH) o'zining yangi ibodatxonalari sonini ko'paytirishga harakat qildi. Ularning aksariyati Sirdaryo va Farg'ona viloyatlarida kurildi.(1916 yil 16 dekabrda imperator buyrug'i bilan Turkiston kafedral sobori Verniydan (hozirgi Almati) Toshkent shahriga ko'chirildi.) Cherkovlar soni 1930 yillarga qadar O'zbekiston hududida O'rta Osiyo mintaqasining boshqa hududlariga nisbatan ko'p edi. 1920-1940 yillarda O'rta Osiyo va Kozog'istonda xristian diniga mansub turli etnik guruhlar ko'payib bordi. 1990 yil 20 iyuldan O'rta Osiyo va Toshkent yeparxiyasi yepiskop sifatida faoliyat olib bormoqda. Uning tasarrufiga O'zbekistondan tashqari Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi rus pravoslav
cherkovlari kiradi. Rus pravoslav cherkovining O'rta Osiyo va Toshkent yeparxiyasi O'zbekistonning 11 ta hududiy tuzilmasida o'zining ibodatxonalari va markaziy boshqaruv organi hamda diniy o'quv yurtiga ega. Xristianlikning O'zbekistonda tarqalgan oqimlaridan biri katolitsizmdir. Ayrim ma'lumotlarga ko'ra, XIX asr oxirlarida Toshkentda 2300 ga yaqin katoliklar bo'lgan. O'sha vaqtda rim qatoliklari jamoalariga Yustin Pranaytis rahbarlik qilgan. Toshkentda birinchi katolik cherkovi 1912 yilda qurila boshlanib, 1917 yilda bitkazilgan. Hozirgi kunda bu bino tarixiy obida sifatida kayta ta'mirlandi. Vatikan davlati O'zbekistonning mustaqilligini 1992 yil 1 fevralda tan olib, shu yilning 17 oktyabr` kuni diplomatik aloqalar o'rnatdi. 1994 yil 31 oktyabr` kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov Vatikan davlatining rasmiy elchisi Marian Olesdan Ioann - Pavel II ning ishonch yorlig'ini qabul qildi. Shundan so'ng Vatikanning Toshkentdagi elchixonasi rasman o'z ishini boshladi. M. Olesning qarorgohi Kozog'istonning sobiq poytaxti Almatida bo'lganligi sababli, Toshkentdagi elchixona rahbarligini hozirgi vaqtga qadar K. Kukulka bajarib kelmoqda.



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin