Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə7/72
tarix26.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   72
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respubl

Totemizm. Totem so’zi – SHimoliy Amerikaning Ojibva qabilasi tilida “uning urug’i” ma’nosini anglatadi. Uning mohiyati “odamlarning hayvonot yoki o’simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari bor”, deb e’tiqod kilishidir. Urug’dosh guruhlar o’zlarining umumiy belgilari va totemlari bo’lgan hayvon va o’simlikdan kelib chiqqan deb bilar edilar. Totemlar va odamlar orasidagi aloqalar uzoq o’tmishga tegishli bo’lib, uni qadimgi rivoyatlar tasdiqlaydi. Masalan, Avstraliya aborigenlari orasida saqlanib qolgan afsonalardagi tasavvurlar bunga yaqqol misol bo’la oladi.
Totemizm ta’sirida paydo bo’lgan urf-odatlar, normalar asrlar davomida qat’iy ravishda qo’llanildi. Tabu – taqiqlash, ya’ni, totemni ozuqa sifatida iste’mol qilishni taqiqlash tizimi paydo bo’ldi. Faqatgina ba’zi diniy marosimlarda ruhoniylar yoki qabila boshliqlariga totemni yeyish ruxsat etilgan. Totemizm urug’chilik jamoasi ijtimoiy urug’ qabila jamoalarning eng birinchisi sanalib, diniy ko’rinishlarning tarixiy asosi bo’lib qoldi.
Totemizmning asosiy vazifalari – birlashtirish va tartibga solishdan iborat bo’lgan. Totemizm diniy shakllarning ilk davrga tegishlisi bo’lishiga qaramasdan, hozirda ham ba’zi xalqlarning urf-odatlarida, e’tiqodlarida uning qoldiqlari saqlanib qolgan. Masalan, Hindistonda sigir, Avstraliyada kenguru afsonaviy baxt keltiruvchi hayvon sifatida ulug’lanadi.
Fetishizm. Fetish so’zi frantsuzcha fetishe – but, sanam, tumor ma’nosidagi so’zni anglatadi. U tabiatdagi jonsiz narsalarga sig’inishdir. Fetish ham salbiy, ham ijobiy ta’sir etish kuchiga ega.
Fetishizm yog’och, loy va boshqa materiallardan yasalgan buyumlarning paydo bo’lishi bilan bir paytda shakllangan. Butlarda, tumorlarda jamoalar g’ayri tabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini ko’rdilar.
Ibtidoiy odamlarning dastlabki diniy taassurotlari umumiy majmuasining shakllanish jarayonida fetishizm yakunlovchi bosqich bo’lib qoldi. Dunyo haqidagi tasavvurlar vaqt o’tishi bilan takomillashib bordi va insoniyat hayotida uzoq vaqt mobaynida o’z ta’sirini o’tkazib keldi. Barcha dinlardagi haykallar, suratlar, tumor, ko’zmunchoq va turli ramzlar hozirgi davrda ham saqlanib qolgan.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin