Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti


XV asrda Yevropada reformatorlik g’oyalari (Anglikan, lyuteran, kalvinizm cherkovlari va h.k.)



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə23/72
tarix26.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197564
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respubl

XV asrda Yevropada reformatorlik g’oyalari (Anglikan, lyuteran, kalvinizm cherkovlari va h.k.) Lyuteranlik, baptizm, anglikanlik, kalvinizmlik protestantlikning ilk shakllari bo’lgan. Keyinchalik “so’nggi protestantlik” umumiy nomi bilan ma’lum bo’lgan bir qancha diniy oqimlar, tashkilotlar paydo bo’lgan.
Protestantizm tarixi Martin Lyuterdan (1483 — 1546) boshlanganligini qayd etish lozim. U XVI asrda Yevropada katoliklarga qarshi karatilgan Reformatsiya harakati bilan bog'liq juda ko'p mustakil cherkovlar va sektalarni o'z ichiga oladi. Protestantizm atamasi «protest» (norozilik) so'zidan kelib chiqqan. Bunday nomni olishiga sabab 1526 yilda Shpeyer reyxstagi nemis lyuterchi knyazlari talabi bilan har bir nemis knyazi o'zi va fuqarosi uchun xohlagan dinni tanlash huquqiga ega ekanligi to'g'risida qaror qabul kildi. Ammo 1529 yilda ikkinchi Shpeyer reyxstagi bu qarorni bekor qildi. Bunga qarshi imperiyaning barcha shaharlari va besh knyazlik norozilik (protest) e'lon qildi. Protestantizmning ilk shakllari: lyuteranchilik, kalvinizm, unitarizm, baptizm va anglikanlik edi. Keyinroq «so'nggi protestantizm» shakllari: baptistlar, metodistlar, kvakerlar, adventistlar, Iegova shohidlari, marmonlar yoki "Oxirat avliyolari", “Najot armiyasi”, "Xristian fani", pyatidesyatniklar va boshqa diniy oqimlar paydo bo'ldi. Bu oqimlarniig ko'pchiligi “diniy uyg'onish, ilk xristianlik va reformatsiya ideallariga qaytish shiori ostida tashkil topdi. Hozirgi vaktda protestantizm dunyoniig barcha qit`alarida keng tarqalgan. Protestantizmning jahon markazi AQShda, bu yerda baptist, adventist, Iegova shohidlari va boshqalarning qarorgohlari joylashgan. Hozirgi protestantizm integratsiya (birlashish)ga intilmokda. Protestantizm Xudoning borligi, uning uch qiyofada namoyon bo'lishi, jonning o'lmasligi, jannat va do'zax (katolitsizmdagi a'rofdan tashqari) haqidagi vahiy va boshqalar to'g'risidagi umumxristian tasavvurlarini e'tirof etadi. Biroq Lyuter qatolik cherkovi bilan aloqani uzib, protestant cherkovining asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga ko'ra inson Xudo bilan bevosita muloqot qilishi mumkin. Papaning diniy va dunyoviy hokimiyat, katolik dindorlarining imonni va vijdonni inson bilan Xudo o'rtasidagi vositachi sifatida nazorat qilishi haqidagi mulohazalariga Lyuterning qarshi chiqishi jamoatchilik tomonidan favkulodda diqqat bilan tinglandi. Protestantizmning mohiyatiga ko'ra ilohiy lutfu marhamat insonlarga cherkovning ishtirokisiz in'om etiladi. Shu o'rinda talabalarga lyuter ta'limoti haqida so'zlab berish maqsadga muvofiqdir. Lyuterning ta'kidlashicha, cherkovning haqiqiy xazinasi Muqaddas Injil va Xudoning marhamatidir. «Xayrli amallar xazinasi»ning mavjudligi kambag'allar uchun emas, boylar uchun foydalidir, bu xazinalarga papa marhamati bilan emas, o'z amallari bilan erishuvi mumkin. Bu xil vositalar bilan Xudoning mehrini qozonmoqni Lyuter sarob deb ataydi. Haqiqiy xristian Isoga ergashish istagi bilan yonmog'i zarur. Najot yo'li ruxsatnoma yorlig'ida emas, balki chin yurakdan nadomat chekmoq va tavba qilmoqdadir. 1517 yil 31 oktyabrda jamoatchilik hukmiga havola qilingan tezislar shundan iborat. Keyinchalik bu ko'p protestantlar bayrami bo'lib qoldi. Kalvinizmning yaratuvchisi diniy islohotning boshqa bir yirik arbobi Jan Kalvin (1509—1564) bo'lib chiqqan. Uning 1536 yilda nashr etilgan «Xristian dinidagi ko'rsatmalar» degan bosh asari protestatnizm ta'limoti sifatida shakllanganidan keyin yangi bir diniy yo'nalish — kalvinizmniig asosi bo'lib qoldi. Dastlabki islohot arboblaridan farqli o'laroq Kalvin uchun diqqat markazi Injil emas, Tavrot bo'lib keladi. Kalvin absolyut taqdir haqidagi ta'limotni ishlab chiqdi. Bu ta'limotga ko'ra, barcha odamlar xudoning biz uchun noma'lum bo'lgan irodasiga asosan mag'firat qilinganlar va mahkum etilganlar toifasiga bo'linadi. Inson va iymon, va hayrli ishlar bilan taqdirga yozilganini o'zgartira olmaydi, mag'firat qilinganlar najotga mahkum, mag'firatdan mahrum bo'lganlar esa abadiy azobga mahkum. Taqdir haqidagi ta'lim shunday asosga qurilganki, Iso ham bizning gunohlarimiz uchun azobu uqubatlarga giriftor qilingan edi. Protestant cherkoviniig kalvinistik yo'nalishdagi davomchilari (kalvinistlar yoki reformatorlar)
Shotlandiya, Gollandiya, Shimoliy Germaniya, Frantsiya, Angliyada katta obro' va ta'sirga ega edilar.
Anglikan cherkovi — Angliyaning davlat cherkovidir. 1534 yilda mahalliy katolik cherkovi Rim qiroli Genrix VIII ni cherkov boshlig'i deb z'lon qiladi, ya`ni cherkov qirol hokimiyatiga bo'ysundiriladi. XVI asr o'rtalariga kelib ibodatni ingliz tilida olib borish joriy etildi. postlar bekor qilindi, but va sanamlar olib tashlandi, ruhoniylar uylanmasligi majburiy bo'lmay qoldi. "Mo''tadil yo'l» ta'limoti, ya'ni Rim katolitsizmi va protestantizm orasidagi o'rtacha yo'l shakllandi. Anglikan diniy ta'limoti «Umumiy ibodatlar kitobi»da aks ettirilgandir. U cherkovning najotkorlik kuchi haqidagi katolik aqidalari hamda shaxsiy z'tiqod orqali najotga erishish haqidagi protestant ta'limotlarini o'zida jamlagan. Anglikan cherkovida katolitsizmdagi marosimlar shundayligicha qabul qilinib, undagi ierarxiya tuzumiga o'xshash tartib joriy etilgan.
Baptizm (yunoncha «suvga cho'ktirish» XVII asr boshlarida vujudga kelgan bo'lib, hozirgi kunda dunyoning 130 mamlakatida o'z tarafdorlariga ega. Protestant ta'limotining eng ko'p sonli davomchilari baptistlardir. Bu ta'limot tarafdorlari faqat o'spirinlarnigina cho'qintirishga olib boradilar. "Hech kim, jumladan, ota —onalar ham kishi uchun biror dinni tanlay olmaydilar. Kishi dinni ongli ravishda o'zi ixtiyor kilmog'i zarur", - degan qoida baptistlar va zabur xristianlarining asosiy qoidasidir. Ularda ibodat o'ta soddalashtirilgan bo'lib, diniy qo'shiq, ibodat va mav'izadan iborat. Zabur xristianlari to'rt rusumni saqlab qolishgan: cho'qintirish (o'spirinlar uchun), tanovul, nikoh, qo'l bilan silab qo'yish. Bu xristianlar uchun but extirom ramzi emas. Adventistlar harakati (lot. — “kelish”) Amerikada XIX asrning 30— yillari og'ir iqtisodiy buxron, umumiy ishsizlik davrida vujudga keldi. Asoschisi Vilyam Miller (1782 — 1849).

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin