Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə22/72
tarix26.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197564
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   72
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respubl

Adabiyotlar
1. Muratov D., Alimova M., Karimov J. Dinshunoslik, darslik. – Toshkent, «Navro‘z» nashriyoti, 2019. – 264 b.
2. Raximdjanov D., Ernazarov O. Dinshunoslikka kirish. O’quv qo’llanma. – T.: «O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2018. – 304 b.
3. Isoqjonov R. Qiyosiy dinshunoslik. O‘quv qo‘llanma. – T.: OOO «Complex print», 2020. – 198 b.
4. Kamilov D. Dinshunoslik. O’quv qo’llanma. – T.: Lesson Press, 2021. –128 b.
5. Shermuxamedova N.A.Diniy fanatizm fenomeni//Inson falsafasi. – T.: Noshir, 2016. B.314-499.
6. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. T. 1. - Toshkent: O‘zbekiston.. 2017.
7. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: O‘zbekiston. 2017.
8. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O‘zbekiston. 2017.


5-Mavzu. XRISTIANLIK DINI
REJA:
1. Xristianlikning paydo bo‘lishi, aqidalari, asosiy yo‘nalishlari, taʼlimotlari va manbalari.
2. Katolitsizm va pravoslavlik dini yo‘nalishlarining o‘zaro farqli tomonlari.
3. XV asrda Yevropada reformatorlik g’oyalari (Anglikan, lyuteran, kalvinizm cherkovlari va h.k.)
4. O‘zbekistonda xristian dinining rivojlanishi tarixi va hozirgi zamon.


Tayanch tushunchalar: xoloskorlik, muqaddas uchlik, katolitsizm, pravoslavlik, protestantlik, lyuteranlik, baptizm, anglikanlik, kalvinizmlik.


Xristianlikning paydo bo‘lishi, aqidalari, asosiy yo‘nalishlari, taʼlimotlari va manbalari. Xristianlik jahon dinlaridan biri bo’lib, eramiz I-asrining 2-yarmida Rumo imperiyasining sharqiy viloyatlarida ko’p xudolik dinlari o’rniga qullar va mazlum elatlarning dini sifatida yakka xudolik (monoteistik) shakldagi tarzda shakllangan. Demak, u dastavval demokratik xususiyatga ega bo’lgan. SHuning uchun tez, oson tarqalgan. Davrlar o’tishi bilan uning bu xususiyati kamayib, xukmron tabaqalarning dini bo’lib qolgan.
Xristianlik Falastin va O’rta Yer dengizi yaxudiylari dinlari doirasida vujudga kelgan; o’nlab yillardan keyin esa boshqa, asosan geografik jixatdan qaralganda Rim imperiyasi bilan bog’liq yoki uning siyosiy va madaniy ta’sirida bo’lgan xalqlar orasida tarqalgan. Yangi va eng yangi tarix davrlarida u mustamlakachilik siyosati va missionerlik natijasida Yevropadan tashqariga ham tarqalgan.
Xristianlikning vujudga kelishida sharq dinlarining ham ta’siri bo’lgan. Jumladan, misrliklarning Osiris va Iliada, eronliklarning Mitra, yaxudiylikning Muso xaqidagi rivoyatlari, oxirat to’g’risida xikoya qiluvchi har xil uydirmalar ham xristianlik ta’limotiga kiritilgan.
Lekin shakllanayotgan xristian mafkurasi asosida birinchi galda iudaizm monoteizmining “Eski axd” kitobiga kirgan barcha “muqaddas g’oyalar”, ya’ni Yerni Xudo yaratganligi, o’simlik va xayvonot dunyosining vujudga kelishi, insonning yaratilishi, uning tili, axloqi, xuquqi, oxirat roxatlari xaqidagi g’oyalar katta rol o’ynagan. Xristos Muso (Moisey) bilan tenglashtirilgan turli rivoyatlar ham aynan ko’chirilgan.
1947 yili O’lik dengiz qirg’og’idagi Qumron yaqinida qadimgi qo’l yozmalar topilgan edi. Bular xukmron jamoaning diniy ta’limotlari - iudaizm va xristianlik o’rtasidagi oraliq bugunni tashkil qilganligini ko’rsatmoqda.
SHunday qilib, xristianlik Rim imperiyasida yashagan ko’pchilik elatlarning dinlari, rivoyatlari, urf-odatlari asosida tashkil topgan. Bu din dastlab qullar, ezilgan kambag’allarning talablarini, “xoloskorlik” g’oyalarini o’ziga singdirgan din sifatida vujudga kelgan. Keyinchalik uning ijtimoiy, diniy strukturasi o’zgarishi bilan xukmron tabaqalar qo’lida mazlum xalqlarni ekspluatatsiya qilishning g’oyaviy quroliga aylangan.
O’sha davrda jamiyatda yuzaga kelgan xukmron doiralar bilan mazlum xalqlar o’rtasidagi ziddiyatni yumshatishga xizmat qilishi mumkin bo’lgan xristianlikdagi diniy g’oyalarni xisobga olgan imperator Konstantin 324 yili bu dinni davlat dini deb e’lon qilgan. 325 yilda uning ko’rsatmasi bilan Nikey soborida xristianlarning 1 - yig’ini bo’lib o’tgan. Unda yepiskoplar va iloxiyotchilar xristianlikning asosiy aqidalarini tasdiqlab, cherkov tashkilotini takomillashgan xolga keltirganlar.
SHundan buyon, davrlar o’tishi bilan xristianlik butun Yevropa, SHimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya qit’alariga yoyilgan. Keyinchalik Markaziy Osiyo respublikalari xududlariga ham qisman yetib kelgan jaxon dinidir.
Xristianlikning muqaddas diniy yozuvi-Bibliyaning ikkinchi qismi-“Yangi ahd” bo’lib, u eramizning I-II asrlarida grek tilida yaratilgan. Bibliyaning xristianlik paydo bo’lmasdan birmuncha oldin yaratilgan 1-qismi “Eski ahd” deb atalib, u iudaizmning muqaddas yozuvi xisoblanadi. Bibliyaning ikkinchi qismi - “Yangi ahd” deb atalib, u xristianlikning muqaddas yozuvi deb xisoblanadi.
“Yangi ahd” 27 kitob (bob) dan tashkil topgan. Uning tarkibiga 4 ta “Injil” (Evangilie, ya’ni Xushxabar), xavoriylarning (Iso shogirdlari, xristianlikning dastlabki tartibotlari) amallari, 21 risola va Ioanning “Vaxiynomasi” kiritilgan.
Xristianlikning ta’limoti boshqa jaxon dinlari kabi mutlaq, abadiy, o’zgarmas karomatni, bilimni, benixoya qudratning egasi bo’lgan yakka xudo xaqidagi g’oyani o’zlashtirgan. Lekin ulardan (islom va iudaizmdan) farqi shundaki, u uch ko’rinishdagi yakka xudoni o’zida mujassamlashtirganlik aqidasini yaratgan. Uch ko’rinishdagi xudo xaqidagi ta’limotga binoan, xudoning ichki hayoti sababi o’z-o’zidan mavjud bo’lgan uchlikdagi uch asos yoki “muqaddas uchlik” bo’lgan - ota-xudo, o’g’il-xudo va muqaddas ruhning o’zaro munosabatidir. O’g’il Iso bayon qilingan tarjimai xoliga ko’ra ota-xudodan, muqaddas ruh ham ota-xudodan yaratilgan (provaslav yo’nalishi ta’limoti), (katolitsizmda esa ota-xudo va o’g’il-xudo ham xudodan tug’ilgan).
Xristianlik muqaddas ruh-ota xudo, bola xudo va muqaddas ruh-uch yuzli xudo to’g’risidagi ta’limoti, targ’iboti, tashkilotchiligi, jannat va do’zax, oxirat ya’ni dunyoning go’yo oxiri borligi, Isoning qayta tirilishi xaqidagi va boshqa aqidalarni o’z ichiga oladi.
Xristianlik davlat dini deb e’lon qilingandan so’ng, 325 yili imperator Konstantin boshchiligida Nikey shaxrida xristianlarning 1 jaxon yig’ilishi bo’lgan. Yig’ilish xristian dinining qonun-qoidalarini ishlab chiqqan va xudoni uch shaxsning (ota xudo, o’g’il xudo) ruh xudo, birlikda ifodalanishidir deb uqtirgan. 381 yili xristianlarning Konstantinopolda bo’lib o’tgan II jaxon yig’ilishida cho’qinish va tirilish xaqidagi yangi aqida qabul qilingan.
Ota xudo tabiat, odam va farishtalarni yaratgan, deb xisoblanadi. Iso o’g’il xudo xisoblangan. Xudoning gavdalanishi aqidasiga ko’ra, Iso xudoligicha qolgan xolda Mariyai ismli qizdan tug’ilgan odam ham bo’lib qolgan. Butga parchinlangan xudo Iso tortgan azoblari va o’limi bilan o’zini odamlarning gunoxlari uchun ota xudoga qurbon qilgan va shu bilan gunoxini yuvgan. Ushbu aqidaga ko’ra, go’yo Iso odamzodga gunoxlardan xalos bo’lish yo’lini ko’rsatib bergan. Isoning tirilishi aqidasi kelgusida hamma odamlar tirilishining garovi, deb e’lon qilingan. U tirilgandan so’ng osmonga-ota xudo xuzuriga chiqqanligi, ya’ni osmonga chiqib tushishi (islomda me’roj) aqidasi bu dunyodagi hayot oxiratdagi mangulikka nisbatan xech narsaga arzimaydi, deb uqtiradi.
Xristianlikda iymon kalimasi “yagona, muqaddas sobor va opostol cherkovi” ga ishonishni, cho’qintirish zarurligini tan olishni, qiyomatda o’liklarning tirilishiga, shundan so’ng savob egalariga mangu roxat-farog’at ko’rish, gunoxkorlarga doimiy azob-uqubat tortish davri kelishiga ishonishni buyuradi.
Diniy g’oyalar tarkib topishi bilan bir qatorda xristian ibodat marosimlari ham shakllanib borgan. Xristian marosimchiligining eng muhim elementlari sirli ibodat (tainstvolar) deb yuritiladi. Bular qatoriga cho’qintirish (suvga sho’ng’itib olish), miropomazanie (cho’qintirilgan kimsaga xushbo’y qatron-miropa surtilgach, “muqaddas ruh” ning xuzur-xalovati unga o’tar emish); yevharistiya yoki prichishenie (non va vinoni Isoning tanasi va qoni deb tasavvur etgan xolda iste’mol qilish), tavba qilish (dindorning ruhoniy vositasida xudodan kechirim so’rashi va o’z gunoxlarini unga aytib berishi), nikox, ruhoniylikka fotixa berish, soborlashtirish, ya’ni bemorni muqaddaslashtirilgan zaytun moyi - yelega bo’yash kabilar kiradi.
Xristianlikning bosh ibodati liturgiya (obednya, messa) bo’lib, u har xil afsungarliklar, muzika chalish, ashula aytish, “muqaddas” yozuvlarni o’qish, qad bukib ta’zim bajo keltirish, sham va chiroqlarni yondirish, xushbo’y narsalarni chekish bilan qo’shib olib boriladigan diniy amallardan iborat.
“Muqaddas uchlik” ning har birini, Bibi Maryamni ulug’lash “xudoga xush kelgan avliyolarga”, xudo yarlaqaganlarga ham sig’inishni keltirib chiqargan. Xristianlikda butga cho’qinish ham muhim o’rinni egallaydi. Unda pasxa (Isoning tirilishi), tariqa (yoki pyatidesyatnitsa), rojdestvo (Isoning tug’ilishi) va boshqa bayramlarga katta o’rin berilgan.
Xristianlik shakllanib turli mamlakatlarga yoyilishi, ijtimoiy hayotda yuzaga kelgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy siljishlarga ham duch kela boshlagan. Boshqa jaxon dinlari kabi unda ham turli yo’nalishlar, mazxablar, sektalarga bo’linish jarayoni sodir bo’lgan.
Eng birinchi ajralish xristianlikda IV-V asrlarda ro’y bergan, ya’ni Isoi masixni talqin qilishda farqlanadigan ikkita diniy-aqidaviy yo’nalishlar-monofizilar va nestorianlar yuzaga kelgan.
Ko’pchilik xristianlar Isoi masixni ham xudo, ham odam tabiatiga ega deb bilsa, Konstantinopolь arximandrati Yevtaxiya ta’limotining tarafdorlari bo’lgan monofizilar u faqatgina xudo mohiyatining birligidan iborat deb xisoblaganlar. Konstantinopolь patriarxi Nestor qarashlari tarafdori bo’lgan nestorianlar esa u xudo insonlar hayoti kabi yashashi uchun vujudga kelgan odamdir, deb targ’ib qildilar.
1054 yilga kelib xristianlikning pravoslav va katolik cherkoviga bo’linishi rasman tan olingan. Bu bo’linish Rim imperiyasining SHarqiy va G’arbiy qismlari orasidagi feodal munosabatlarning tafovutlarini o’zida aks ettirgan; Rim papasi bilan Konstantinopolь patriarxi o’rtasidagi jami xristian cherkovlari ustidan yakka xokimlik o’rnatish uchun shiddatli kurashlar bilan bog’liq bo’lgan. Xristianlikning aloxida va mustaqil g’arbiy tarmog’i Rim katolik cherkovi, ya’ni umumiy, jaxon Rim cherkovi deb atala boshlagan. Dunyoviy xokimiyatga tobe bo’lgan SHarqiy xristianlik grek-kefilik (grekcha-butun dunyo) yoki izchil, sobitqadam (ortodoksal) xristianlik deb atala boshlangan. Pravoslavie va katolitsizm oralarida umumiylik ham, bir-biridan farqlanadigan jixatlari ham bor.
XVI asrdagi reformatsiya jarayonida feodalizm va kapitalizmga qarshi keng quloch yozgan harakatlar Yevropadagi burjua revolyutsiyalarining eng birinchi ifodalari edi. Katolitsizmdan bir necha Yevropa cherkovlari ajralib chiqishi natijasida xristianlikda protestantlik harakatlari vujudga kelgan. Buning doirasida lyuteranlik, baptizm, anglikanlik va kalьvinizm cherkovlari shakllangan. Har bir cherkovning asosiy marosimlari jixatidan o’zlariga xos bo’lgan tomonlarga ega bo’lishi bilan bir qatorda, bular ham o’z navbatida bir necha yo’nalishlar, mazxablar va oqimlarga bo’lindi.
Hozirgi zamon xristianligida turli yo’nalish va oqimlar orasidagi kelishmovchiliklarning kamaytirilishi bugungi kun uchun xosdir. Bunga 1948 yilda tashkil topgan Jaxon cherkovlari kengashining faoliyatlari va ekumenik xristianlar ko’maklashmoqda.
Xristianlikning SHarqiy tarmog’i bo’lmish pravoslaviyaning rivojlanishi jarayonida 15 mustaqil (avtokefal) cherkovlari: Konstantinopolь, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus, Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Albaniya, Polьsha, CHexoslovakiya, Amerika cherkovlari shakllangan.
O’zining ahamiyatiga ko’ra pravoslav dunyosida beshinchi bo’lgan, lekin muxlislari soni jixatidan birinchi bo’lgan rus pravoslav cherkovi X-XI asrlarda vujudga kelgan. Uning paydo bo’lishi endigina shakllanayotgan feodal munosabatlarni himoya qilish uchun, yangi g’oyaga muxtoj bo’lgan Kiev davlatining ijtimoiy-siyosiy extiyojlarini qondirish uchun kerak edi. Rusning xristianlashuvi darrov amalga oshgan ijtimoiy jarayon bo’lmay, bir necha asr davom etgan ziddiyatli tarixiy xodisa edi.
Pravoslavlarning Markaziy Osiyo axolisi orasiga kirib kelishi XVI-XIX asrlarga to’g’ri keladi. Avval savdo-sotiq, keyin bu mintaqa xalqlarini mustamlakaga aylantirishdan iborat bo’lgan harbiy harakatlar jarayonida u kirib kelgan. 1870 yili Pokrovsk monastiri qoshida missionerlik jamiyati tashkil qilingan. Jamiyat a’zolari maxalliy millatlarga mansub axoli orasida, garchi jiddiy natijalarga ega bo’lmagan bo’lsa ham, xristianlik bilan bog’liq katta targ’ibot ishlarini olib borganlar. SHu maqsadda 1844 yili “Karomat ko’rsatuvchi Nikolayning hayot yo’li” nomli risolani qirg’iz tiliga tarjima qildilar va chop etdilar, maxsus diniy maktablar ochildi. 1872 yili Rus pravoslav cherkoviga qarashli Turkiston (keyinchalik Toshkent, O’rta Osiyo) yeparxial boshqarmalari ochildi.
Toshkent va O’rta Osiyo yeparxial boshqarmasi (unga 22 diniy jamoa bo’ysunadi) ham mustaqil jumxuriyatlarda vijdon erkinligi talablariga rioya qiladigan tadbirlar o’tkazmoqda, xalqlar o’rtasida osoyishtalik qaror toptirish uchun harakat qilmoqda.
Katolitsizm va pravoslavlik dini yo‘nalishlarining o‘zaro farqli tomonlari. Pravoslaviening ijtimoiy, siyosiy qarashlarini va dindorlarning diniy onglari bilan bog’liq hamma o’zgarishlar ularning dunyoqarash mavqelarini majburan o’zgartirishlariga olib bormaydi. Zero, rusga xristianlik kirib kelishining ming yilligini tantanali tarzda bayram qilinishining o’zi jamoatchilikning keng doiralari orasida muayyan taassurot qoldirdi.
Bu xristianlikda eng ko’p tarqalgan yo’nalishdir. U Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bo’lib, taxminan 800 mln. kishini tashkil qiladi.
Katolitsizm ta’limotida jannat va do’zaxlar oralig’idagi dunyo, gunoxkorlarning ruhi, joni xaqidagi, Isoi masixni benixoya xurmatlash, uning tanasi va jonini ko’klarga ko’tarish soxalaridagi diniy aqidalar mavjud.
Katolitsizmda Bibliyani sharxlash xuquqi faqatgina ruhoniylarga beriladi; chunki ular uylanmaslik xaqidagi diniy talabga amal qiladilar. Diniy ibodatlar dabdabali va saxnalashtirilgan ko’rinishga ega; diniy o’qish, duo, iltijolar lotin tilida olib boriladi. Pravoslaviedagi kabi katolitsizmda ham farishta, ilohiy kuch, chirimaydigan marxum jasadlariga sig’inish odatlari saqlanib qolgan.
Katolitsizm boshqa yo’nalishlardan farqli o’laroq markazlashgan tizimga ega. Vatikan ana shunday markaz sifatida (maydoni 44 gektar) 1924 yildan boshlab Papa Piy XI ning Mussolini xukumati bilan tuzgan bitimiga muvofiq mustaqil teokratik davlat xisoblanadi. Rim Papasi cherkovning yakka rahbari bo’lib, u Isoi masixning yerdagi noibi xisoblanadi. 1870 yili e’tiqod va axloq masalalarida uning benuqsonligi xaqidagi aqida qabul qilindi. 1978 yilda sobiq Polsha kardinali Korol Voytila 264-Rim papasi etib tayinlandi va u hozirga qadar Ioann Pavel II nomi bilan bu vazifani bajarmoqda.
Son jixatdan unchalik katta bo’lmagan katolik jamoalari Markaziy Osiyoning ayrim xududlarida ham mavjud. Toshkentda 1990 yilda katolik markazi tuzilgan, uning qoshida jumxuriyatimizning boshqa xududlaridan ro’yxatdan o’tgan katolik diniy jamoalari ham o’z faoliyatlarini olib bormoqdalar.
Bu ham xristianlikdagi yana bir yo’nalish bo’lib, katolitsizm va pravoslaviedan farqli o’laroq, diniy qarashlar jixatidan ham, cherkovlar orasidagi munosabatlar jixatidan ham bir xil bo’lmagan yo’nalishlarni faqatgina kelib chiqishi jixatidan bir-birlari bilan, XVI asrdagi yangilanish harakati bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina diniy jamoalar, cherkovlar, mazxablarni yuzaga keltirilgan.
Protestantlik umumxristianlik asoslari va qarashlarini e’tirof etish bilan bir qatorda, u gunoxdan xalos bo’lishning yangi usullarini ilgari surdi. Isoi masixning kishilar gunoxini yuvishga qaratilgan o’zini-o’zi qurbon qilishiga ishonch, dinga ishonuvchi barcha kishilarning ruhoniy bo’lishi mumkinligiga ishonch, Bibliyaning oliy nufuziga ishonch orqali xalos bo’lish ana shular jumlasiga kiradi. SHunday qilib protestantlik xudojo’ylikning asosiy talabini dinda odamning tashqi ko’rinishidan ichki hayotiga olib o’tdi va uni ixtiyoriy diniy ishonch bilan bog’ladi. Protesttantchilik Bibliyaga sig’inishning o’ziga xos shaklini qaror toptirdi. Bu bilan protestant isloxotchilari dastlabki xristianlikning oliy maqsadlarini, yuksak orzularini qayta tiklash, uni keyingi davr cherkovlari “buzishlardan” xalos qilishga intildilar.
Protestantlik diniy marosimlarning ko’pchiligini bekor qilgan (faqatgina lyuteranlikda non va vino bilan cho’qintirishlar saqlanib qolgan). O’lganlarga bag’ishlab duo o’qish, aziz-avliyolarga sig’inish, ular sharafiga turli-tuman bayramlar o’tkazish, muqaddas murdalarga, sanamlarga topinishlar bekor qilingan. Ibodat uylari ortiqcha bezaklardan, mexrob, sanam, xaykallardan xoli qilingan; monostirlar va monaxlikdan ham voz kechilgan, ruhoniylarning uylanmaslik sharti bekor qilingan. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni sharxlash har bir xudojo’yning eng muhim burchi bo’lib qoldi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin