Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti


O‘zbekistonda buddaviylik dinining tarixiy ildizlari (Qaratepa, Fayoztepa, Dalvarzintepa) va hozirgi zamon



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə21/72
tarix26.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197564
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respubl

O‘zbekistonda buddaviylik dinining tarixiy ildizlari (Qaratepa, Fayoztepa, Dalvarzintepa) va hozirgi zamon. Hozirgi Termizdagi Koratepa, Fayoztepa, Sayram, Quva va boshqa joylarda topilayottan budda haykalchalari yoki ularning parchalari, Ayritomdagi ayvon peshtoqi parchasidagi buddist musiqachilarning tasviri va boshqa osori atiqalar, saroy va ibodatxonalar O'rta Osiyodagi buddizm haqida xabar beruvchi manbalardir. Bu dinga tegishli yozma manbalar qadimgi turkiy yozuvda, uyg'ur bitiklarida va boshqa yozuvlarda saqlanib qolgan. O'rta Osiyoning janubida Sarvastivada maktabining ilk ko'rinishi-Vaybxashika maktabining ta'limoti yoyilgan. U buddizmning Xinayana oqimiga tegishli. Ammo Vaybxashika ta'limoti ba'zi jihatlari bilan Maxayana doirasidagi maktablarga yaqin turadi. Bunda, ayniqsa, Maxayana doirasiga kiruvchi Sarvastivadaning Vinaya maktabi muhim ahamiyatga ega. Manbalarning habar berishicha, Xo'tanda Vaybxashika maktabi vakillari Maxayanani yoyish uchun zamin tayyorlaganlar.
O'rta Osiyoda buddizmning boshqa maktabi ham yoyilgan. Koratepadan topilgan sopol buyumlardagi kharoshtxi yozuvlari bu yerdagi Maxasangxika ta'limotini aks ettiradi. Maxasangxika maktabi O'rta Osiyoda buddizmning tarqalishida muhim rol o'ynagan. Qoratepa boshqa qismida braxma yozuvidagi bitiklar esa O'rta Osiyoga keyinchalik Kanishka davrida kirib kelgan Sarvastivada
buddist maktabi ta'limotining yoyilganligidan xabar beradi. Mil av. III — I asrlarda buddizm Xindiston xududidan chiqib janubi — sharqiy yo'nalish bo'yicha asosan Xinayana ta'limoti shaklida yoyilgan. Lekin milodning boshlarida shimolga, shimoli —g'arbga hamda shimoli-sharqqa Maxayana tarzida harakat qildi. Buning sababi bir necha asrlar mobaynida Shimoliy Hindiston, Markaziy Osiyo hududlarining yagona Kushon saltanati bayrog'i ostida birlashtirilishi bo'ldi. Aynan Markaziy Osiyo orqali buddizm Uzoq Sharqqa kirib bordi va u yerda ikkinchi hayotini boshladi. O'rta Osiyoda buddizmga tegishli tarixiy obidalarning ko'pligi jihatidan Fayoztepa eng yirik yodgorlik hisoblanadi. U yerdan chiqqan diniy bitiklar, haykallar bilan birga topilgan ibodatxonaning hududi ancha katta joyni egallaydi. 1926 yilda A.S. Strelkov tomonidan aniqlangan Eski Termiz sharqidagi Zurmala minorasi O'rta Osiyo hududidagi birinchi ochilgan, katta ahamiyatga molik bo'lgan buddizm inshootidir. Eski Termizdan topilgan Kopatepa buddist majmuasi milodning I asri Kushon saltanatiniig gullagan davriga to'g'ri keladi. Koratepadagi har bir inshoot yer usti va g'or ichida joylashgan ibodatxona, saroy, bir monax (zohid) uchun moslashtirilgan hujralardan iborat. Dalvarzintepa majmuasi 1967 - 1968 yillarda qazib ochilgan bo'lib, Termiz yaqinidagi Surxon vohasining o'rta qismida joylashgan mazkur kompleks G.A. Pugachenkova va B.A. Turg'unov boshchiligidagi O'zbekiston san'atshunoslik akademiyasi tomonidai ochildi. Dalvarzintepada topilgan buddizm majmuasi bu din ta'limoti Kushon saltanatiniig shimoliy viloyatlariga I asrda yoyilganligini ko'rsatadi. Janubiy O'zbekistonda joylashgan Baqtriya Toharistonning shimoliy qismida 60—yillarning ikkinchi yarmidan 80—yillargacha buddizm inshootlarining yettitasi aniqlanib o'rganildi. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan Janubiy Tojikistondagi Ajinatepa, Kofirqal'adagi kichik ibodatxona, Qal'ai Kofirnigon ibodatxonasi, Ayritom majmuasi, Turkmanistondagi Marvdan 30 km uzoqlikda joylashgan Gyaurkal'a majmuasi, Quvadagi ibodatxona va boshqa buddizmga tegishli yodgorliklar ushbu dinning mazkur mintaqadagi tarixi haqida xabar beradi.
Markaziy Osiyoda bir necha yuz mingdan iborat koreys millatiga mansub kishilar yashaydi. Ularning oilaviy-maishiy an’analari, milliy udumlarining ayrim tarkibiy qismlari maxayana (shimoliy) ko’rinishdagi buddiylik ta’sirida shakllangan. Hozirgi vaqtda bu mintaqada, ayniqsa O’zbekistonda koreys buddistlarni xristianlik ta’siriga olishga qaratilgan harakatlar avj olmoqda.
Savollar
1. Ilk buddizm ta'limoti nimalardan iborat?
2. Buddizm amaliyotida meditatsiya qanday o'rin tutadi ?
3. Xinayana va Maxayana orasidagi asosiy farqlar nimalardan iborat?
4. Buddizm o'zga sivilizatsiyalar ichiga qanday kirib borgan?
5. Lamaizm qaysi davrda vujudga keldi?



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin