18
Lekin bu, reaktiv quvvatni kompensatsiyalash uchun yuqorida
keltirilgan SD lardan foydalanmaydi degani emas. Keltirilgan 6/10 kV
SD larda reaktiv quvvatni ishlab chiqarishga sarflanadigan harajatlar,
kondensator batareyalarnikiga nisbatan kam ekan agar ularda o‘rnatilgan
quvvatning 70-80 % ga yaqinidan foydalanilsa, 0,38 kV SD uchun 40-6
%.(ularning ishlash rejimi, SD turi, tarmoq sxemalari) ayrim shartlarni
hisobga olganda reaktiv quvvatni kompensatsyalashni bajarilishi uchun
SD lardan foydalanish darajasini tanlash kerak.
Kondensator batareyalarning sinxron dvigatellar bilan birga
ishlatilish sharoitlarida ularning rostlanish qonunlari moslashtirilishi
kerak. Chunki kondensator batareyalar solishtirma isrofi, sinxron
dvigatellarnikiga nisbatan kam, u holda reativ quvvatni rostlash ketma-
ketligi shunday o‘rnatilishi kerakki, yig‘ma reaktiv quvvatni
generatsiyalash kamaytirilishi zarur bo‘lganda birinchi urinda SD
reaktiv quvvati pasaysin. Uning bunday pasayishi ruxsat etilgan
chegaragacha kondensator batareyalarning quvvat rostlagichi ishlab
ketishi kerak.
Bunday
ketma-ketlikda
ishlash
kondensator
batareyalar
rostlagichida SD lar rostlagichiga nisbatan katta vaqtni saqlab rostlagich
o‘rnatilib bo‘limlarni o‘chirish va kam o‘rnatish bilan erishiladi.
Kondensator batareyalar bo‘limlari quvvatiga mos keladigan,
ichki ko‘lamini rostlash, bundan tashqari uning yordamida SD
rostlagichida reaktiv tok bo‘yicha kichik mintaqada sezmaslik o‘rnatish
amalga oshirish imkonini beradi. Shu sababli tugunda SD bo‘lganida
loyihalash topshrig‘i yechilishida arzonroq kondensator batareyani
tanlash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: