31
III BOB. KONDENSATOR QURILMALARNI TARMOQQA
ULASH VA ULARDAN FOYDALANISH
Kondensator qurilmalarni kommutatsiyalash uchun xuddi shunday
boshqa zanjirlardagi elektr jihozlardagi kabi apparatlar qo‘llaniladi.
Ishga tushirish qarshilikli o‘chirgichlar qo‘llanishi mumkin.
O‘chirgich va boshqa apparatura (ajratgich, tok transformatori va
bosh.), va yana KQ tok uzatish qismi (batareyalarni shinalash
va shinalar
yoki kabel, uni yig‘ma shinalarga biriktiruvchi) yuqori garmonikalarga
va kondensatorlarning asosiy o‘ta yuklanishiga hisoblab tanlanishi zarur.
Chunki kondensatorlar tok bo‘yicha o‘ta yuklanishi 30%
gacha ruxsat
etiladi, demak kondensator qurilmalarning tok uzatuvchi qismlari va
apparaturalar 1,3∙In.kb davomli tok oqishiga ruxsat berilishi kerak.
3.1-rasm. Kondensator batareyalarni uchburchak ulanish
sxemasi
Kondensator qurilmalarning o‘tish jarayonlarida o‘chirgichlarning
kontaktlari ishonchli ishlashi uchun o‘chirgichlar nominal toki
kondensator batareyalarning 150% toki o’tish miqdorini tanlash tavsiya
qilinadi. KQ zanjirida yuklamani o‘chirgichlar QT(qisqa tutashuv toki)
toklarini o‘chiradiganlari, faqat boshqa apparatning yig‘masida
qo‘lanilishi mumkin. Ishlatib kelinayotgan VNP-17
turdagi yuklamani
o‘chirgichlar kondensator qurilmalar quvvati 400 kVAr gacha
bo‘lganlari uchun yaroqlidir.
EQUQ 110kV gacha bo‘lgan elektr qurilmalarda
kichik toklarni
(kuch transformatorlarning salt ishlash,
qisqa kabel liniyalari, suzish
32
toklarini)
ajratgichlarda
o‘chirishga
ruxsat
beradi.Yuqorida
ko’rsatilganlar kondensator qurilmalarga ta’lluqli emas. Sig‘imli
zanjirlarni o‘chirishda sodir boi’ladigan o‘ta
kuchlanish va qayta yoy
hosil bo’lishi mumkinligi kondensator qurilmalarini (kichik quvvatlarni
ham) ajratgichlar yordamida o‘chirilish imkonini bermaydi.
Kondensator batareyalarini ulash sxemalaridan,
unga ulangan
tarmoq va batareyalar ishini himoya qilishga bog‘liq bo‘ladi. Uch fazali
kondensatorlar ularning ichki ulanish (uchburchak yoki yulduz)
sxemalariga bog‘liq bo‘lmagan holda batareyalarga doimo paralelli
ulanadi. Bir fazali kondensatorlar uchfazali batareyaning har bir fazasiga
yoki paralel, yoki paralelli ketma-ket ulanadi.
Dostları ilə paylaş: