Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti magistratura bo


Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə6/24
tarix12.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bobomurod dis

Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi. Dissertatsiya ishida ilmiy abstraktsiyalash, induksiya, deduksiya, qiyosiy tahlil, tarkibiy tahlil usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Qishloq sharoitida foydalanishga mo‘ljallangan mini biogaz qurilmasi konstruksiyasini ishlab chiqish imkonini berishi bilan izohlanadi.
Ish tuzilmasining tavsifi: Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 63 betdan iborat.
I BOB. QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI VA ULARNING TURLARI

    1. Energiya ishlab chiqarishning noan’anaviy usullari

Energetika jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi. U turli-tuman ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlarini bir necha barobar orttirishga imkon beradi. Insoniyat sivilizatsiyasining rivoji doimo ishlatilayotgan energiyaning hajmi va turlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Biroq, milliy va jahon iqtisodiyotining bugungi kundagi rivoji tobora energiya resurslarining haddan ortiq ko‘p ishlatilishi va unga bog‘liq holda ular hajmining kamayib borishiga sabab bo‘lmoqda. Bu o’z navbatida resurslar taqchilligi va ekologiya muommolarini keltirib chiqarmoqda. Bunday sharoitda insonlarda energiyadan oqilona foydalanish haqidagi tushunchalarni hosil qilish dolzarb ahamiyatga ega.6
Hozirgi vaqtda biz energiyani asosan elektr energiyasi ko‘rinishida iste’mol qilamiz va elektr energiyasi olishning turli usullaridan keng foydalanamiz. Quyidagi diagrammada elektr energiyasi olishning hozirgi kundagi an’anaviy, noan’anaviy va kelajakda ishlatilishi ko‘zda tutilgan usullari keltirilgan:

1.1-rasm. Energiya ishlab chiqarish turlari.
Diagrammada keltirilgan usullarning har biri o‘ziga xos afzalliklar va kamchiliklarga ega bo‘lib u yoki bu usulning ishlatilishi tabiiy resurslarning joylashuvi, energiyaga bo’lgan ehtiyoj va boshqa sabablarga ko‘ra aniqlanadi.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, 2030-yilga borib energiya iste’moli 90 foizga ortishi kutilmoqda. Bu havoga chiqariladigan CO2 “is gazi” miqdorining haddan ziyod ortishiga hamda ekologik ahvolning yanada yomonlashiga olib kelishi mumkin. Buning uchun 2030-yilga borib sarflanishi mo‘ljallanayotgan yoqilg‘ining qirq foizi Quyosh, shamol, oqar suv yordamida hamda biologik usulda hosil qilinadigan energiya kabi qayta tiklanuvchan issiqlik manbalaridan foydalanish hisobiga qoplanishi lozim. Shuning ushun hozirgi vaqtda energetika tizimiga muqobil energiya manbalarini joriy etish, keng qo‘llanish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Ayni vaqtda ular dunyoda energetika balansining 14 foizdan ko‘prog‘ini tashkil qilmoqda. Keyingi o‘n yil davomida muqobil energiya turlari Quyosh, shamol, geotermal va chiqindilar, kichik gidroelktr stansiyalar, okean to‘lqinlari energiyasidan foydalanish tobora ortishi kutilmoqda. O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalari (gidroenergiya, quyosh va shamol energiyasi, geotermal, biomassa) ning yalpi salohiyati 51 mlrd. t.n.e. (t.n.e. tonna neft ekvivalenti) atrofida ekanligi aniqlangan. Bu manbalarining texnik salohiyati 179,3 mln. t.n.e. ni tashkil etgani holda, hozirgi paytda uning 0,3 foizigina (0,6 mln. t.n.e.) o‘zlashtirilgan.


Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin