Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti magistratura bo


-rasm. Energiya ishlab chiqarishning an’anaviy va noan’anaviy usullari



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə7/24
tarix12.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bobomurod dis

1.2-rasm. Energiya ishlab chiqarishning an’anaviy va noan’anaviy usullari.
Qayta tiklanadigan energiya manbalari texnik salohiyatini ishga solish amalga oshirilganda edi, atmosferaga 447,5 mln.t. СО2 gazini tashlashning ham oldi olingan bo‘lardi. Mamlakatdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari yalpi salohiyatining 99,97 foizini, texnik salohiyatining esa 98,6 foizini Quyosh energiyasi tashkil etadi. Respublikamizning turli mintaqalarida Quyosh yil davomida 2413 dan to 3100 soatgacha nur sochib turadi va har bir kv.m sirtiga 1718 dan 2722 MJ gacha ekologik toza energiya tushadi. Bu esa muqobil Quyosh energiya manbalaridan keng foydalanish mamlakatmizning ustuvor maqsadlari hamda energetika havfsizligi vazifalariga muvofiq keladi va energetika sohasining jadal rivojlanishini taminlaydi.7
Respublikamiz Quyosh energiyasidan xalq xo‘jaligining turli jabhalarida foydalanish uchun qulay tabiiy sharoitda joylashgan. Yurtimiz iqlim sharoitida har yili bir kvadrat metr yer sathiga bir million yetti yuz ming kilovatt-soat miqdorida quyosh energiyasi tushadi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining "Fizika-Quyosh" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi selektiv qoplamalar va quyosh issiqlik qurilmalari laboratoriyasida bunday vazifalar echimini topishga xizmat qiladigan noan’anaviy, qayta tiklanuvchan va ekologik toza quyosh energiyasidan issiqlik manbai sifatida foydalanuvchi qurilmalar majmuasi yaratildi. O‘zbekiston energetiklarining bu borada qo‘lga kiritgan yutuqlari Quyosh energiyasidan issiqlik ta’minoti tizimlarida keng foydalanish imkonini beradi. Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan 65 million tonna shartli yoqilg‘ining uchdan bir qismi aholining issiqlik energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplash uchun sarflanadi. Agar uning 25 foizi Quyosh energiyasi hisobiga qoplansa, talab qilinadigan an’anaviy yoqilg‘i miqdori sezilarli kamayadi, atrof- muhitga yetkazilayotgan zararning oldi olinadi.
Quyosh energiyasini issiqlik energiyasiga aylantiruvchi qurilma Quyosh kollektori deb ataladi. Iste’molchilarning issiqlik energiyasi yoki issiq suvga bo`lgan ehtiyojini istalgan vaqtda qondirish uchun yana qo‘shimcha issiqlik energiyasi akkumulyatorlari talab etiladi. Hozirgi paytda olimlarimiz shunday qurilmalarning keng ko`lamda foydalanishga mo‘ljallangan nusxalarini ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq etish borasida izlanmoqda.
Quyosh energiyasidan amalda foydalanishning yana bir muhim yo‘nalishi uni fotoelektrik batareyalar yordamida elektr energiyasiga aylantirish va markazlashgan elektr tarmoqlari yetib bormagan joylardagi iste’molchilarni ta’minlashdir. Bu borada jahonning rivojlangan mamlakatlarida samarali usullar yaratilgan.
Quyoshdan olinadigan elektr energiyasi narxini yanada pasaytirishning istiqbolli yo‘llaridan biri termodinamik usuldir. Bunda dastlab Quyosh energiyasi harorati 300-350 daraja bo‘lgan issiqlik energiyasiga aylantiriladi, keyin undan an’anaviy bug‘-kuch qurilmalari yordamida elektr energiyasi hosil qilinadi.
Bu usulda ishlab chiqilgan har bir kilovatt-soat elektr energiyasining narxi O‘zbekiston iqlimi sharoitida 0,1 AQSh dollarigacha pasayishi mumkin. Tabiiyki, markaziy elektr tarmoqlaridan uzoqda joylashgan kam quvvatli energiya talab qiluvchi iste`molchilarni an’anaviy usulda elektr energiyasi bilan ta’minlash iqtisodiy jihatdan murakkab jarayon. Ilmiy izlanishlar natijasida yaratilgan yangi qurilma bunday muammoni bartaraf etishda nihoyatda qo‘l keladi. Hozir respublikamizning tog‘oldi va cho‘l hududlarida shunday qurilmalardan bir nechtasi ishlab turibdi.8
Respublikamizda yana qayta tiklanuvchan energiya manbalarini rivojlantirish uchun gidroenergetika salohiyatidan foydalanish borasida ma’lum ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz tomonidan mavjud GES larni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga oid investitsiya loyihalarini amalga oshirishga tayyorlash bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Quyi Bo‘zsuv GES lar kaskadidagi 14-GES va Farhod GES ni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilmoqda. Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni bajarish natijasida 2015-yilga kelib energetika tizimlarining barqaror ishlashini ta'minlash va energetikani yanada rivojlantirish, yiliga 1 mlrd. m3 dan ziyod hajmda tabiiy gazni tejashga erishish, elektr energiyasi hosil qilishga ketadigan energiya solishtirma sarfini 13% ga, atmosferaga chiqarib yuboriladigan zararli chiqindilar hajmini 10% ga kamaytirish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 01.03.2013 yil PQ-4512- sonli farmoni va “Xalqaro Quyosh energiyasi institutini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 01.03.2013 yil PQ-1929-sonli qarorini bajarish doirasida “Fizika-quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bazasida Quyosh energiyasi instituti tashkil qilindi. “O‘zbekenergo” DAK ushbu institutning ta’sischilaridan biri hisoblanadi. Kompaniya tomonidan Quyosh energiyasidan foydalanish maqsadida respublikaning qator viloyatlaridagi “Muruvvat uylari”, “Mehribonlik uylari” va qishloq vrachlik punktlarida gelio qurilmalar o‘rnatildi. Bundan tashqari, Samarqand viloyatida Osiyo taraqqiyot banki kredit resurslarini jalb qilgan holda quvvati 100 MVt bo‘lgan Quyosh stansiyasini qurish nazarda tutilmoqda. Shuningdek, 2013yilda “Navoiy” EIIZda quvvati 50 MVt bo‘lgan fotoelektr quyosh panellari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonaning 1-bosqichi tashkil etiladi. Kelajakda bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari 100 MVt gacha oshiriladi.




Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin