KIRISH …………………………………………...…………….…. 3
I BOB QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI VA ULARNING TURLARI ..…………………………………..…....…8 1.1 Energiya ishlab chiqarishning noan’anaviy usullari ……………...….8
1.2 Noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari ………….….15
1.3 O‘zbekistonda muqobil energiyadan foydalanish samaradorligi .…..22
I bob boʻyicha xulosa ……………………………………..….….….29
II BOB QISHLOQ SHAROITIDA FOYDALANISHGA MO‘LJALLANGAN MINI BIOGAZ QURILMASI KONSTRUKSIYASINI ISHLAB CHIQISH ……………….…....30 2.1 Biogaz qurilmasi va uning konstruksiyasi …………………...…..….30
2.2 Biogaz orqali aholining turmush tarzini yaxshilash ……….……......35
2.3 Biogaz qurilmasida samaradorlikni oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish ...……………………………………...40
II bob boʻyicha xulosa ………………………………..…...……..….45
III BOB QISHLOQ SHAROITIDA FOYDALANISHGA MO‘LJALLANGAN MINI BIOGAZ QURILMASI USTIDA OLIB BORILGAN TAJRIBA-SINOV ISHLARI …………...….46 3.1 Qishloq sharoitida foydalanishga mo‘ljallangan mini biogaz qurilmasini yasash va bunda foydalanilgan jixozlar ……….…….....46
3.2 Qishloq sharoitida foydalanishga mo‘ljallangan mini biogaz qurilmasini yig‘ish jarayoni ...…………………………..…….….….50
3.3 Namunaning ishlash prinsipi, harorat va iqlim ta’sirlari natijalari ….54
III bob boʻyicha xulosa ……………………………...….….…….….58
XULOSA VA TAKLIFLAR ………………………………...….…59 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………….60 ILOVALAR …………………………………………..…..…..…....64
KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Bugungi kunda dunyo aholisining energiyaga bo‘lgan extiyoji kundan – kunga ortib bormoqda. Buning asosiy sababi dunyo axolisining keskin ravishda ortib borishidir. Shu jumladan O‘zbekistonda xam energiyaga bo‘lgan extiyoj ortmoqda. Yurtimizda bugungi kunda energiya extiyojini to‘la qondirish maqsadida, ekologik toza energiya manbalaridan foydalanish dasturlari ishlab chiqilgan. O‘zbekiston qayta tiklanadigan energiya resurslaridan foydalanish imkoniyalari katta bo‘lgan mamlakatlar sirasiga kiradi. Ayniqsa, mamlakatda Quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyatlari kattaligi bilan ajralib turadi.1 Hukumat 2031 – yilga qadar jami energiyaning 20 % dan ortig‘ini qayta tiklanadigan energiya resurslari, jumladan, quyosh energiyasi yordamida ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.2 O‘zbekistonda alternativ energiya manbalari, jumladan, birinchi navbatda quyosh energiyasidan foydalanish yuzasidan uzoq yillik yetarli tajriba mavjud. Respublika Fanlar akademiyasi qoshida Markaziy Osiyoda analogi bo‘lmagan ilmiy – tadqiqot markazi “Fizika – Quyosh” birlashmasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu markazning tadqiqot natijalari dunyo olimlari tomonidan tan olingan. Qizilqum regioni O‘zbekistonning Quyoshli hududlaridan biri hisoblanadi. Hududimizda quyoshli kunlarning uzoq davom etishini hisobga olsak, yoz kunlari uning energiyasidan 15 – 16 soatgacha foydalanish imkoniyati bor. Qizilqum hududining aksariyat aholi punktlari va cho‘ponlar o‘tovlarining elektr energiyasi markaziy tarmog‘idan ancha uzoqda joylashganligini hisobga olsak, bu joylarni energiya bilan ta’minlashda, quyosh elementlaridan foydalanish iqtisodiy samarador ekanligini anglash mumkin. Bizda quyoshli kunlar bir yilda 3000 soatdan ortiq. Shu vaqt ichida 1 m2 joyga 1200-2000 kVt soatni tashkil qiluvchi energiya tushadi. Qizilqum regionida 1 m2 joyga 1600-2000 kVt soatni tashkil qiluvchi quyosh energiyasi tushadi. Bu esa regionda quyosh energiyasidan elektr energiyasi va issiqlik energiyasi olish imkoniyati yuqoriligini bildiradi. O‘zbekistonda quyosh enyergetikasini rivojlantirish borasidagi davlat dasturi asosida Karmana tumanida 100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektrik stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, quvvati 1 MVt bo‘lgan fotoelektrik stansiyaning Zarafshon shahri atrofida qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu stansiya akkumulyasiya tizimisiz, energiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchilarga yetkazib beradi.3 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil, 26-maydagi PQ-3012-son “2017-2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi, 2018-yil, 28-apreldagi PQ-3687-son “Qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish oid qoʻshimcha chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2019-yil, 22-avgustdagi PQ-4422-son “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.4