Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti magistratura bo


-rasm. Quyosh radiatsiyasidan elektr energiyasi olish



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə8/24
tarix12.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128865
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bobomurod dis

1.3-rasm. Quyosh radiatsiyasidan elektr energiyasi olish.
Shu munosabat bilan “O‘zbekenergo” DAKda yoqilg‘i-energetika balansiga qayta tiklanuvchan energiya manbalarini kiritish borasida ishlar olib borilmoqda. Qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan katta sanoat miqyosida foydalanish respublikada elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishdagi tabiiy gaz iste’molini kamaytirish va shuning natijasida atrof-muhitga zararli moddalarni chiqarib tashlash hajmini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi.
O‘zbekiston hududida qayta tiklanuvchan energiya manbalari turlarining yalpi va texnik salohiyatini baholash borasida o‘tkazilgan tahlillar quyidagi xulosalarni chiqarishga asos bo‘ladi: qator qayta tiklanuvchan energiya manbalari turlari respublikaning barcha hududida yetarli ekanligi, uning ekologik xavfsizligi, energiya resursi jihatidan qondirarli ekanligi, milliy energiya resurslaridan foydalanish strategiyasini ham yaqin istiqbolga, ham uzoq istiqbolga mo‘ljallab tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurligini ko‘rsatadi. Markazlashtirishdan asoslangan texnik-iqtisodiy chegaralarda chiqarilgan energiya ta’minotiga o‘tish yo‘li bilan turli qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan keng miqyosda foydalanishga o’tish qishloq joylarida, ayniqsa, borish qiyin bo’lgan olis joylardagi obyektlarning energiya ta’minotini yaxshilash borasidagi qator muammolarni hal etishga imkon beradi.
O‘zbekistonda shu vaqtgacha olinayotgan elektr energiyaning 70% ga yaqini neft, gaz, ko'mir, torf yoqish hisobiga olinadi. Ularning tabiatdagi zaxirasi 200-300 yilga arang yetadi, xolos. Shuning uchun O‘zbekistonda kelajak enegiyalaridan foydalanishni takomillashtirish kerak. Energiya manbasining qaysi biridan foydalanishdan qat’iy nazar, u atrof-muhitga, tirik jonzotlarga zarar keltirmasligi kerak.
Yer osti geotermal - issiq suvlaridan issiqlik energiyasining manbai sifatida foydalanish atrof – muhitni toza bo‘lishida juda katta ahamiyatga ega. Taxminan 50 ta yer osti suv havzalaridan har kuni kamida 15 mln m3 issiqlik bug‘i va suv olish mumkin. Bu esa bir yilda olinadigan 100-150 mln tonna ko'mir demakdir. Uning 3 km chuqurligidan 8 1017 kJ geotermal energiya olish mumkin.
Har yili quyoshdan yerga kelayotgan energiya, yer qa’ridagi turli manbalarni issiqligidan 10 barobar ko‘proqdir. O'rta Osiyoning cho‘l hududining 1/10 qismiga tushadigan quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyati bo‘lsa, u hamdo‘stlik mamlakatlari elektrostansiyalar quvvatidan 30 barobar ko‘p bo'lgan bo‘lar edi.
O`zbekistonda quyoshli kunlar bir yilda 2200-3000 soatga yetadi. Shu vaqt ichida Quyosh energiyasi 1 m2 joyga 1200-1700 kVt soatni tashkil etadi. Quyosh nuridan foydalanish uchun, har yili 200 000 m2 Quyosh kollektorlari tayyorlanadi va ular yordamida suvlar, uylar isitiladi. Bizga ma’lumki, Quyosh - eng katta termoyadro reaktori, u har sekundiga 4 mln tonna vodorodni yutadi va uni geliyga aylantirib, cheksiz miqdorda energiya ajratadi.


    1. Yüklə 1,23 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin